Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Jahon quruqlik transporti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Jahon quruqlik transporti. 
Jahonda temir yo’lga dastlab 1825 yili Angliyada asos solingan.Temir yo’lga 
Rossiyada 1837 yil,O’zbekistonda esa 1890 yil asos solingan.Temir yo’l qurish 1970 
yillargacha jahonda juda tez o’sdi.Hozirda temir yo’lni yuk va yo’lovchi tashishdagi 
salmog’i kamaygan bo’lsa-da, u quruqlik transportining muhim tarmog’idir.Jahon 
temir yo’l turi XX asrning boshida asosan shakllangan bo’lib,hozirda uning umumiy 
uzunligi 1,3mln.km atrofida (1250ming km). 
Temir yo’l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday bo’lishiga qaramay 
hamma vaqt ishlayveradi.Uning tezligi katta,ayniqsa yuk tashish tannarxi past.Temir 
yo’llarning elektrlashtirilishi,poezdlarning qatnov tezligi,og’irligi,temir yo’llarning 
yuk o’tkazish qobiliyati,ya’ni ularning ish unumini,ekologik muammoni oshiradi. 
Elektrlashtirilgan temir yo’llarning uzunligi jihatdan jahondagi yetakchi davlatlar: 
1.AQSH 4. Fransiya
2.Rossiya 5. Italiya
3. Germaniya
Temir yo’llar maydoni yirik mamlakatlarda boshqa transport turlariga qaraganda 
katta iqtisodiy foyda keltiradi.FTI sababli poezdlarning qatnov tezligi Fransiya va 
Yaponiyada.Fransiyada 1955 yil soatiga (331km),1981 yil 380km.1990 yil atrofida 
515km tezlikda yuradi.Parij-Bordo 350km.s. 
Jahonda tashiladigan jami yukning 16%i,yo’lovchining 11%i temir yo’l 
transportida 
tashiladi.Lekin 
ayrim 
davlatlarda 
bu 
ko’rsatkich 


63 
boshqacharoq.Masalan:Rossiyada 
jami 
tashiladigan 
yukning 
55%i,AQSHda 
30,3%i,Fransiyada 10,6%i,Yaponiyada 0,2%i temir yo’llarida tashiladi.Jami 
yo’lovchining esa Rossiyada 33,2%i, Yaponiyada 33,9%i,Fransiyada 9%i,AQSHda 
0,2%i temir yo’llarda tashiladi. 
Temir yo’llarda yuk tashish tannarxi bir xil emas.Agar temir yo’llar tekislikdan 
o’tgan bo’lsa,yuklar ko’p va uzoq masofaga tashilsa va temir yo’llar elektrlashtirilgan 
bo’lsa bunday yo’llarda yuk tashish tannarxi arzonga tushadi.Aksincha 
elektrlashtirilmagan,relefi murakkab va oz yuk qisqa masofaga tashilsa,tannarxi 
yuqori bo’ladi. 
Temir 
yo’llar 
bir 
yo’lli 
va 
ikki 
yo’lli,bir 
izli 
va 
ikki 
izli 
bo’ladi.Masalan:O’zbekiston temir yo’llarining barchasi bir yo’lli. YAponiyada bir 
izli temir yo’llar ko’p. 
Temir yo’llar: iqtisodiy,turistik,siyosiy va harbiy strategik ahamiyatga ega. 
Temir yo’l paromlari va tonellari temir yo’llarda yuk va yo’lovchi tashishni bir 
necha marta tezlashtiradi, vaqt,yoqig’i va ehtiyot qismlarni tejaydi.Masalan: Boku-
Krasnovodsk. Harbiy - Gruzin yo’li.Jahonda 140 mamlakatda temir yo’li bo’lsa-
da,ularning ichida “birinchi oltilik” davlatlari hissasiga temir yo’llar umumiy 
uzunligining yarmi to’g’ri keladi.Ular: AQSH (265000km),MDH (145000km), 
Kanada,Hindiston, Xitoy, Avstraliya. 
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi (100km
2
joyga 10km) bo’yicha Horijiy Evropa 
davlatlari ajralib turadi.Ayni vaqtda temir yo’l tarmoqlari juda siyrak yoki mutlaqo 
yo’q (30davlat asosan Yaqin Sharq va G’arbiy Afrikada) davlatlar ham mavjud. 
Temir 
yo’l 
tarmoqlarining 
zichligiga 
ko’ra 
jahonda 
Germaniya,Shveysariya,Chexiya ajralib turadi.AQSH va Buyuk Britaniyada temir 
yo’llar qisqarmoqda. 
Avtomobil transporti-XX asr transporti hisoblanadi.Bu transport istalgan tomonga 
bora oladigan eng qulay transportdir.U yuklarni yo’lda tushirib ortmay bevosita 
iste’molchiga to’g’ri etkazib bera oladi. 
Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarini magistral transport 
bilan bog’laydi.Shahar atrofida va qisqa masofaga yuk tashishda eng afzal transport 
hisoblanadi.Shuningdek tog’ oldi va tog’li rayonlar uchun katta ahamiyatga ega. 
Avtomobil yo’llarining uzunligi tobora ortib bormoqda va hozirda 25 mln.km ga 
yaqinlashdi.Uning taxminan yarmi 5 mamlakat: AQSH, MDH, Hind, Xitoy, 
Yaponiyaga to’g’ri keladi.Avtoyo’llar texnik holati,mavqei avtomobil qatnoviga 
iqtisodiy,siyosiy va harbiy ahamiyatga ko’ra dunyo ahamiyatiga molik,davlat 
ahamiyatiga, viloyat (shtat,prov.) ahamiyatiga,rayon va mahalliy ahamiyatga ega 
yo’llarga bo’linadi.Temir-beton,asfalt,tosh,grunt yo’llar. 
Avtomobillashtirish AQSHda yuksak darajaga etgan bu mamlakatda har 1000 
kishiga 600 avtomobil to’g’ri keladi.Horijiy Yevropa davlatlarida esa 1000 kishiga 
300-400 avtomobil to’g’ri keladi.Avtoyo’llarning uzunligi MDHda 1346000km 
bo’lib,shundan 927000km qattiq qoplamalidir. 
Jahon avtoparklarining 50%i AQSH hissasiga to’g’ri keladi.Shuningdek AQSHda 
barcha yukning 25,4% yo’lovchilarning 88,2%i avtotransportda tashiladi.AQSH 
avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 2-o’rinda,import bo’yicha 1-o’rinda 
turadi. 


64 
Jahon avtoyo’llari,avtoparklar va avtotransportda yuk tashishning 90%i 
rivojlangan davlatlarga to’g’ri keladi.Ya’ni jahonda tashiladigan jami yukning 
8%i,yo’lovchining 80%i avtotransportda tashiladi.Lekin bu ko’rsatkich turli 
davlatlarda turlicha.Masalan: tashiladigan jami yukning AQSHda 25,4%i, Fransiyada 
21,2%i, Yaponiyada 7,4%i, Rossiyada 1,5%i, yo’lovchining esa AQSHda 88,2%i, 
Fransiyada 84,2%i, Yaponiyada 56,9%i, Rossiyada 33%i avtotransportga to’g’ri 
keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin