68
Amazonka, Missisipi, Ob, Yenisey, Kongo kabi daryolarning transport
imkoniyatlari yirik temir yo’l transporti imkoniyatlaridan ham ortiq.Biroq bu
imkoniyat va sharoitdan foydalanish iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga
bog’liq.Shuning uchun dunyoda ichki suv yo’llarida yuk tashishda AQSH, Rossiya,
Kanada, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Xitoy ajralib turadi.Ayni paytda Osiy,
Afrika, Lotin Amerikasining juda katta daryo shahobchalariga jahon ichki suv
yo’llarida tashiladigan yukning 5%i to’g’ri keladi.
Ichki suv yo’llarning uzunligiga ko’ra 1/10qismi sun’iy suv yo’llariga to’g’ri
keladi.Ularning eng kattalari AQSH, Xitoy, Rossiyada joylashgan.
Ko’l kema qatnovining eng asosiy rayoni AQSH va Kanadadagi Buyuk ko’llar
bo’lib, bu ko’llar San-Lavrentiy chuqurlatma kanali orqali okeanga tutash.Bu yo’l
orqali dengiz kemalari quruqlik ichkarisiga 4000 km ga kira oladi.
MDHdagi asosiy daryo yo’li Volga-Kama havzasi bo’lib, undan tashqari Dnepr,
Don va Sibir daryolari katta ahamiyatga ega.Ko’llaridan Ladoga (II-jahon urushi
yillarida sobiq Leningrad shahri uchun 900 kunlik blokadada “hayot yo’li” bo’lgan),
Onega, Kaspiy dengiz ko’li, Balxash, Baykal muhim o’rin tutadi.O’zbekistonda
asosan Amudaryo, Sirdaryoda esa qisman suv transporti mavjud bo’lib, boshqa
transport tarmoqlarining taraqqiy etishi munosabati bilan suv transportining
ahamiyati tobora pasayib bormoqda.
Orol dengizida kema qatnovi 1980 yillargacha mavjud bo’lib, keyingi yillarda
to’xtab qolgan.
Dostları ilə paylaş: