67
Jahonda eng yirik dengiz portlari: Rotterdam (bir yo’la 310ta yirik kemani qabul
qiladi, yiliga yuk oboroti 225 mln.t.), Nyu-York, Kobe (Yaponiya), Tiba (Yaponiya),
Iokogama (Yaponiya), Nagoya (Yaponiya), Singapur.
Xalqaro dengiz kanallari-jahon dengiz yo’llarining eng muhim chorrahalari
hisoblanadi.Masalan: Suvaysh kanali (1869 yil ochilgan).Uzunligi 161 km, eni 120-
150 m, chuqurligi 16m,shlyuzsiz, 150ming t.gacha kemalarni o’tkazadi, sutkasiga
60ta,yiliga 20ming kema o’tadi, yo’l vaqti 15 soat.Yuk aylanmsi 340mln.t. Evropa
bilan Osiyo portlari orasidagi masofani 9ming km ga,2,5-3 marta qisqartiradi.
Suvaysh kanali qazilishi 10 yil davom etgan.Faqat qo’l kuchi bilan va kanal
qazilishida 120000 odam o’lgan.Shuning uchun kanal qazuvchilar xotirasiga
monument qo’yilgan.
Panama kanali 1914 yil 15 avgustda ochilgan.Kengligi 91,5-150m, chuqurligi
12,5, uzunligi 81,6km.Yiliga 12-15ming kema o’tadi.Yuk oboroti 100mln.t. 1903 yil
Panama Gatun bo’yini AQSHga beradi. 1977 yil AQSH-Panama shartnomasiga
muvofiq kanal Panamaga 31.X11.1999yil qaytarilishi kerak edi.Lekin...
Kill kanali 1887 yil Germaniyada strategik maqsadda qazilgan.Shimoliy va Boltiq
orasidagi masofani 430 km ga qisqartiradi.Uzunligi 95 km,kengligi 102m, chuqurligi
11m, yillik yuk oboroti 50mln.t.
Jahon dengiz bo’g’ozlari: Bobilmandab, Katta Belt, Bosfor, Gibraltar (sutkasiga
200ta kema o’tadi), Dardanel, Zond, Kara Darvozasi, Kattegat, Koreya, La-Mansh
(sutkasiga 500 kema o’tadi), Laperuza, Magellan, Malakka, Pa-De-Kale, Skagerrak,
Tayvan, Tatar, Torres, Sugaru, Florida, Eresun.Faqat mazkur bo’g’ozlar yirik dengiz
kemalari uchun “torlik” va “sayozlik” qilib kelmoqda.Masalan: La-Mansh
bo’g’ozining kafolatli chuqurligi 30-35m, Bosforniki 27m, Malakkaniki 25m.
Eng yirik paromlar: Boku-Krasnovodsk (300km), Pusan-Simonoseki (222km),
Fransiya-Buyuk Britaniya va h.k.
Dostları ilə paylaş: