79
yoshdan yuqori bo’lganlar salmog’i 19%.O’rtacha umr 77-83 yosh.YAMD 24530
dollar (2001y.).
Italiya Evropadagi aholisi eng zich mamlakatlardan biri (1km
2
ga 193
kishi).Urbanizasiya jarayoni jadal o’smoqda, hozirda urbanizasiya darajasi 68% ni
tashkil etadi.Shahar aholisining asosiy qismi Shimoliy Italiyada yashaydi.
Yirik shaharlari: Milan-1,3, Rim-2,6, Neapol-1,0, Turin, Palermo, Genuya
(1995y).
Italiya dunyodagi 1-respublika bo’lib, 20 oblastdan tashkil topgan.Italiya-
parlamentar respublika.Davlat boshlig’i prezident bo’lib, uning vakolat muddati
7yil.Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat.
Italiya
ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Shveysariya kapitalining ta’siri
kuchli.
Xo’jalikning joylashuvidagi xarakterli xususiyat Shimoliy Italiya bilan Janubiy
Italiya o’rtasida keskin territorial farqning mavjudligidir.Shimoliy Italiya iqtisodiy
jihatdan yuqori darajada rivojlangan.Janubiy Italiya-mamlakat hududining 40%i,
aholisining 35%ini egallasada, uning faqat 18%igina sanoatda banddir.Bu erda aholi
jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM mamlakat Shimoliga nisbatan 2 marta kam.Aholi
juda siyrak.Davlat Janub iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan regional siyosat olib
bormoqda.
Italiya 1957 yildan EIHga va 1949 yildan NATOga a’zo.Siyosiy partiyalari:
1.Xristian demokratik partiyasi (XDP) (1943y).
2.Italiya Respublikachilar partiyasi (IRP) 1832yil tashkil topgan.
3.Italiya sosial-demokratik partiyasi (ISDP) 1947 yil tashkil topgan.
4.Italiya liberallar partiyasi 1845 yil tashkil topgan.
5.Italiya kommunistik partiyasi 1921 yil tashkil topgan.
Italiya foydali qazilmalarning asosiy turlari-ko’mir, neft, temir rudasi bilan yomon
ta’minlangan.Tabiiy gaz, boksit, qo’rg’oshin,
oltingugurt, simob, rux, marmar
zapaslari bor.Italiya Yevropa mamlakatlari ichida gidro va geotermal energiya
resurslarining ko’pligi jihatidan ajralib turadi.
Mamlakat energetikasi chet el neft, koks, ko’mir, tabiiy gaziga tayanadi.Elektr
energiyasi ishlab chiqarishda IESlar 1-o’rinni egallasada, Alp tog’
etaklarida
GESlarning salmog’i katta.Markaziy Italiyada geotermik elektr stansiyalari bor.
Mamlakat ishlab chiqarish va eksportida mashinasozlik muhim rol
ь
o’ynaydi.Transport mashinasozligi ayniqsa, avtomobillar (“Fiat”), motorollyorlar,
velosipedlar, kemalar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan.Mashinasozlik
zavodlarining ¾ qismi Shimoliy Italiyada joylashgan.
Qora metallurgiya sanoati asosan chet el xom-ashyosiga asoslanganligi tufayli eng
yirik kombinatlar port shaharlarda (Toranto, Genuya, Neapol) joylashgan.Jahonda
10-o’rinda (27mln.).
Eng yirik mashinasozlik zavodlari Milan va Turinda joylashgan.
Neftni qayta ishlash va neft
ь
-ximiya sanoati markazlari asosan port shaharlarda va
SHimoliy Italiyada joylashgan.
1986 yil Italiya: 1830 ming avtomobil
ь
, jumladan 1650000
engil avtomobil
ь
ishlab chiqargan.1995 yil 1241000 ishlab chiqargan, dunyoda 8-o’rinda.2,3 mln.t.
neft va 14 mlrd. m
3
gaz qazib oldi.
80
Qishloq xo’jaligi.Tabiiy sharoiti mo’’tadil mintaqaning barcha ekinlarini va
subtropik ekinlarni yetishtirish uchun qulay.Padan pastekisligi (Shimoliy Italiya)
unumdor tuproqlarga ega.Janubiy Italiyada esa yerlar toshloq, kam unum,
qurg’oqchil.
Italiya qishloq xo’jaligi Fransiya qishloq xo’jaligidan
intensivligi va rivojlanish
jihatidan undan keyin turadi.Italiya zaytun va uzumning yalpi xosili jihatidan
dunyoda 1-o’rinda, sitrus mevalarining yalpi hosili jihatidan Evropada (Ispaniyadan
keyin) 2-o’rinda turadi.
Asosiy texnika ekinlari-qand lavlagi va nasha.Chorvachilik sust rivojlangan.Tog’li
rayonlarda qo’y, echki, xachir boqiladi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda avtomobil
ь
transporti asosiy rol
ь
o’ynaydi, avtoparki 22,8 mln. avtomashinadan iborat.
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 30,4 ming km bo’lib, temir yo’l transporti 2-
o’rinda turadi.Temir yo’llarning elektrlashtirilganlik darajasi jihatidan Italiya
dunyoda oldingi o’rinda turadi.
Dengiz transporti mamlakatning tashqi savdoga etakchi rol
ь
o’ynaydi.Tashqi
savdoga tegishli barcha yuklarning 9/10 qismi dengizda tashiladi.
Shimoliy
Italiyadagi
eng
muhim
region
Milan,
Turin,
Genuya
uchburchagidir.Bulardan tashqari Venesiya va Rim mavjud.Janubiy
Italiyaning eng
muhim sanoat va madaniyat markazi-Neapol.
Asosiy importi: neft, ko’mir, kokos, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari.
Eksporti:
mashinalar
(avtomobillar),
motosikllar,
qurol-yarog’,
kimyo
mahsulotlari, xolodilniklar, kir yuvish va idora (yozuv) mashinalari, poyabzal,
sabzavot, mevalar, sitrus mevalari, vino.
Tashqi savdo aloqalari: “Umumiy bozor” mamlakatlari, Shveysariya va AQSHga
ko’p to’g’ri keladi.
Xalqaro turizm rivojlangan, yiliga 30 mln. turist kelib ketadi.1989
yil Italiya
turizm bo’yicha 4-o’rinni egalladi.Shu yili 26 mln.turist kelib ketdi.
Pul birligi-italyan lirasi.
Dostları ilə paylaş: