83
Mamlakat janub va janubi-sharqdan Alp, shimoli-g’arbdan esa Yura tog’lari bilan
o’ralgan.
Mamlakat hududida Jeneva, Nevshatel, Syurix va Boden (chegarada) kabi
hushmanzara ko’llar joylashgan. Hududining asosiy qismini tog’lar egallagan.
Shveysariya tabiiy resurslarga kambag’al bo’lib, na yonuvchi foydali qazilmalar
na rudali foydali qazilmalar uchraydi. Lekin mamlakat
gidroenergiya resurslariga
boy. GES lar asosan Alp tog’ etaklariga, ya’ni janubga qurilgan. Shveysariya 1921 yil
1-avgustda 3 kantonni konfederasiyaga birlashishidan tashkil topgan.
Shveysariya 1818 yil konstitusiya qabul qilgan. 1874 yil konstitusiyaga
o’zgarishlar kiritilgan bo’lib, shundan buyon o’sha konstitusiyaga amal qilib
kelinmoqda.
1815 yili Vena kongressida, 1919 yilgi Versal shartnomasida tasdiqlangan doimiy
betaraflik statusi Shveysariyaning tashqi siyosatidir.
Bu status 3 prinsepga: urushlarda qatnashmaslik, chet ellar bilan harbiy shartnoma
tuzmaslik, o’z hududini uzil - kesil kengaytirmaslikka asoslanadi. Shunga ko’ra
Shveysariya BMT ga, EIH ga, NATO ga a’zo emas.
Shveysariya – federativ parlamentli respublika. 23 kantondan iborat.
Har bir
kantonni o’zining konstitusiyasi, parlamenti va hukumati bor. Biroq federal
konstitusiya kantonlar huquqlarini cheklab qo’ygan.
Konfederasiya prezidenti
parlament tomonidan 1 yilga saylanadi.
Asosiy siyosiy partiyalari:
1.
Shveysariya radikal – demokratik partiyasi.
2.
Shveysariya Demokratik – xristian partiyasi
3.
Shveysariya Sosial – demokratik partiyasi
4.
Shveysariya xalq partiyasi
5.
Shveysariya liberal partiyasi
6.
Shveysariya mehnat partiyasi.
Shveysariya – rivojlangan mamlakat. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy
daromad jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Dunyoning asosiy moliyaviy va
bank markazlaridan biri (chet el valyutalar zapasi jihatidan dunyoda 4-o’rinda turadi).
Shveysariya sanoati chet el xom ashyolariga juda qaram. Toshko’mir va temir
rudasini asosan Germaniya va Fransiyadan oladi. Italiyadan rangli metallar oladi.
Lekin yuqori sifatli qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Asosiy sanoat tarmoqlari:
metal ishlash, stanoksozlik (dunyoda eksport qilinadigan
stanokning 10% ini Shveysariya beradi), to’qimachilik mashina-uskunalari (18%
ini), elektr mashinasozligi, soatsozlik.
Mamlakat yiliga 5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 37 % ini
AES lar, qolganini GES lar beradi.
Shveysariya
Horijiy
Yevropadagi
elektr-energiyasi
eksport
qiluvchi
mamlakatlardan biri. Soatsozlik ayniqsa rivojlangan bo’lib, mashxur “Omega”
firmasi ko’plab soat eksport qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi milliy mahsulotining 5 %
ini beradi, Aholisining faqat 5% i qishloq xo’jaligida bant. Qishloq xo’jaligida
yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib,
asosan qoramol, ot, qo’y, cho’chqa va parranda
boqiladi. Bulardan tashqari sabzavot, meva, uzum, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi.
Daromatning muhim sohasi chet el turizmidir. Yiliga mamlakat aholisidan ko’p
turist (7,5-8 mln) kelib ketadi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 5 ming km.
84
Avtoyo’llarning uzunligi 62 ming km. Avtotransport etakchi o’rin tutadi. Dunyodagi
eng uzun (17 km) avtoyo’l tonneli Shveysariyaning Sen – Gotard dovonida ochilgan.
Tashqi savdo oboroti asosan: EIH mamlakatlari avvalo Germaniya, Italiya,
shuningdek, AQSH ga to’g’ri keladi. Asosiy importi: neft va neft mahsulotlari, xom
– ashyo, oziq – ovqat, mashina va uskunalar. Asosiy eksporti: kapital, (Shveysariya
kapitali nazorat ostida bo’lgan korxonalarda 3,5 mln ishchi ishlaydi. Bu
Shveysariyaning o’zidagidan ko’p, bu milliy daromatning asosiy manbaidir).
Iqtisodiy faol aholining 22 % i chet elliklardir. Kapitaldan tashqari Shveysariya
chetga to’qimachilik
jihozlari, soatlar, elektr energiyasi metal kesuvchi stanoklar
(metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha Shveysariya dunyoda birinchi
o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi).
Pul birligi – shveysar franki.
Dostları ilə paylaş: