Mavzu: Vengriya Respublikasi (1989 yil oxiridan)
Vengriya – Markaziy Yevropaning janubi- sharqiy qismida joylashgan. Maydoni
93 ming km
2
. Uning territoriyasida Yevropaning turli davlatlarini bir biri bilan
bog’lovchi muhim tranzit yo’llar kesishadi. Dunay suv yo’li Vengriya respublikasini
Yevropaning 8 ta mamlakati bilan bog’laydi va Qora dengizga chiqish imkoniyatini
beradi. Vengriya respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar: Germaniya,
Fransiya, Italiyaga yaqinligi va ular bilan temir va avtoyo’llar orqali bog’langanligi
iqtisodiy jihatdan qulaylik bo’lsa, dengiz bilan tutashmaganligi noqulaylikdir.
Aholisi – 10,6 mln (1987y), 10,1mln (2003y,2006y)kishi. Tug’ilish koeffisienti
10‰ , o’lim 13‰ . 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i
16%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 15%. O’rtacha umr 68-76 yosh. YAMD 11990$
(2001) .Aholisining 96% ini vengrlar, qolganini serblar, xoravatlar, nemislar,
slovaklar, ruminlar tashkil etadi. Aholining tabiiy o’sishi juda pasayib ketgan.
Germaniya, Italiya, Daniya kabi demografik tanglik kuzatilmoqda. Bu holat mehnat
resurslariga ta’sir qiladi. Vengriya respublikasida urbanizasiya jarayonining asosiy
hususiyati unda Budapesht shahri rolining juda katta ekanligidir. Faqat poytaxtdagina
milliondan ortiq (1,8 mln – 1996y) aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlarda 250
minggacha aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlar: Debresin, Mishpols, Seged va
Pech.
II-jahon urushiga qadar mamlakatni Xorti Diktaturasi boshqargan. 1945 yil
aprelda Vengriyada xalq demokratik tuzimi o’rnatildi. 1949-yildan Vengriya Xalq
Respublikasi deb, 1989-yildan Vengriya Respublikasi deb e’lon qilindi. Vengriya
Xalq Respublikasi – Varshava shartnomasining qatnashchisi va O’IYOK ning a’zosi
bo’lgan. Vengriya 19ta oblastdan iborat. Davlat majlisi – Vengriya respublikasi
davlat hokimiyatining oliy organidir.
Asosiy siyosiy partiyalar:
Vengriya kommunistik partiyasi 1918 yil tashkil topdi va 1948-yil Vengriya
sosialistik ishchi partiyasiga aylangan. Davlat boshlig’i prezident.XGMT da
Vengriyani o’rni avvalo mashinasozlik va ximiya sanoati bilan belgilanadi.
85
Mashinasozlik ko’p miqdorda malakali mehnat resurslarini talab qiluvchi murakkab
buyumlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Vengriyada ishlab chiqarishning joylashuvidagi asosiy hususiyat barcha
sanoatning urushga qadar ½ qismini, hozirgshi vaqtda 1/3 qismini Budapeshtda
to’plangshanligidir. Budapeshtda hozirda 0,5 mln dan ortiq aholi sanoatda bant.
Vengriya tabiiy resurslarga kambag’al. Ko’mir, ayniqsa toshko’mir, neft, tabiiy
gaz juda oz miqdorda qazib olinadi. Temir rudasi deyarli yo’q. Gidroenergiya
resurslari ham kam.
Faqat boksit zapasi katta. Vengriya respublikasi neftni “Do’stlik - 2” orqali MDH
dan, tabiiy gazni “Soyuz” gaz quvuri orqali MDH dan va Ruminiyadan, toshko’mirni
MDH, Chexiya va Polshadan, temir rudasini MDH dan (temir yo’l va Dunay orqali),
elektr energiyasini “Mir” MDH dan oladi.1990 yillari sosialistik tuzimning emirilishi
va sobiq SSSR ning parchalanishi oqibatida Vengriya respublikasi sanoati bir qator
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Vengriya respublikasining yirik boksit –
alyuminiy sanoati bor. Mamlakatda alyuminiy ishlab chiqarish jarayonining barcha 4
bosqichi rivojlangan. Bu bosqichlar boksit qazib chiqarish , glinyozm ishlab
chiqarish, alyuminiy eritish va undan buyumlar yasash. Lekin alyuminiy eritishga
elektr energiyaisni etishmasligi va tannarxning yuqoriligi to’sqinlik qilmoqda. Bu
sanoat korxonalari mamlakatning g’arbiy qismida joylashgan.
Qora metallurgiya sanoati deyarli butunlay chet el xom-ashyosi va yoqilg’isi
hisobiga ishlaydi. Mashinasozlik Vengriya sanoatining asosiy tarmog’i bo’lib, u ikki
yo’nalishda ixtisoslashmoqda.
1-yo’nalish – transportmashinasozligi bo’lib, bu tarmoq korxonalari : elektrovozlar,
yo’lovchi vagonlari, metal kesuvchi stanoklar, daryo kemalari (Meteor), dizel
poezdlar, avtobuslar chiqaradi.
2-yo’nalish – elektrotexnika, elektronika va proborsozlikdir. Vengriya 1986 yil 13,4
ming avtobus, 417 ming televizor, 388 ming xolodelnik ishlab chiqargan.
Ximiya sanoati qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, organik ximiya mahsulotlari
ishlab chiqarishga va farmasevtikaga ixtisoslashmoqda. “Geoden Rixter”.
Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat
bo’lib, mamlakat maydonining 55 % i haydaladigan erlardir. Qishloq xo’jaligida
asosiy tarmoq dehqonchilik bo’lib, asosan donli ekinlar avvalo makkajo’xori va
bug’doy yetishtirishga ixtisoslashgan. 1986-yil mamlakat 7,2 mln t. makka, 5,8 mln t.
bug’doy yetishtirgan.
Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar ko’p ekiladi. Chorvachilikda
cho’chqa (8,7 mln) va qoramol (1,7 mln) asosiy o’rinda turadi. Aholi jon boshiga
don (1,4 t.) va go’sht (165 kg.) yetishtirish jixatidan dunyoda oldingi o’rinlarda
turadi.
Transporti. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 7,8 ming km, shundan 1,9 ming
km elektrlashtirilgan. Ichki va xalqaro yuk tashishda temir yo’llar transporti asosiy
o’rinda turadi (yuklarning 54 % ini tashiydi). Avtotransport salmog’i oshib
bormoqda. Vengriya respublikasi transporti uchun Budapeshtdan turli tomonga radial
yo’nalishda ketgan yo’llar xarakterlidir. Dunay Vengriya respublikasini taxminan
teng ikki qismga bo’lib turadi. G’arbiy qismi Dunantul, bu erda sanoat ko’proq,
sharqiy qismi Alfyold asosan don etishtirishga ixtisoslashgan.
86
Asosiy eksporti boksit, glinozyom, stanoklar, yo’lovchi vagonlari, dizel
dvigatellari,
avtobuslar,
elektrolampalar,
farmasevtika
tovarlari,
sabzavot
konservalari.
Asosiy importi elektr energiyasi, koks, temir rudasi, engil avtomobillar, sun’iy
o’g’itlar, yog’och – taxta, paxta.
Vengriya jahonning 150 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib boradi. Pul
birligi – ferint.
Dostları ilə paylaş: |