99
Guruziya og’ir sanoati cho’yan, prokat vaquvurlar ishlab chiqaradi.
Kimyo sanoati koks chiqindisi va tabiiy gazni qayta ishlab, azotli o’g’itlar ishlab
chiqaradi.
Guruziyada agrosanoat majmuasi yaxshi rivojlangan, asosan choy, meva
konservalari, vino, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi. Choy sanoati MDH da
ishlab chiqariladigan choyning 95% ni beradi. Guruziya –
MDH dagi sitrus
mevalar eksport qiluvchi asosiy mamlakat.
Qishloq xo’jaligi. Aholisining asosiy qismi Kolxida pasttekisligida subtropik
dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanadi. Asosiy subtropik
ekinlar (choy va sitrus ekinlar) va uzum, tamaki, mevalar, xurmo, qand lavlagi,
efir moyli o’simliklar etishtiradi. Bulardan tashqari lavr va tung daraxtlari ko’
o’sadi. Kolxida botqoqliklarida evkalipt va bambuk o’sadi (evkalipt –
nasos
daraxt).
Guruziyaning sharqiy qismi qurg’oqchil bo’lganligi sababli bug’doy ekiladi va
qo’ychilik rivojlangan. Alazaniy vodiysida uzumning eng yaxshi navlari
etishtiriladi. Chorvachiligidagi etakchi tarmoqlardan biri ipakchilik. Ipakchilik
mamlakatning
g’arbiy
qismida
rivojlangan
(Krosnov
botanika
bog’i,
okeanologiya).
Guruziyadagi iyrik sanoat markazlari – Tbilisi, Rustavi, Kutaisi, Botumi, Suxumi.
Guruziya – MDH dagi turizm eng rivojlangan davlat hisoblanadi.
Qora dengiz
sohillarida bir qator kurort shaharlar mavjud: Botumi, Poti, Suxumi, Gaagra,
Yangi Afon, Pitsunda.
Botumi porti orqali nef’t quvurida keltirilgan Ozarbayjon nef’ti, Poti porti orqali
marganes sotiladi.
Eksporti: marganes, choy, sitrus, tamaki, vino, lavr bargi, meva – chevalar, oziq-
ovqat sanoati jihozlari, elektr energiyasi.
Importi: po’lat, temir, g’alla, nef’t, gaz, paxta, avtomobillar pokrishkalari.
Pul birligi – lari.
Dostları ilə paylaş: