Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi


partiyalari: 
1.
Liberal partiya (1873-yil tashkil topdi). 
2.
Kanada kommunistik partiyais (1921 yil).
Kanada yuqori darajada rivojlangan industrial-agrar davlat. Kanadaning 
“Ettilik” ga kirishiga AQSH monopoliyalari va Buyuk Britaniyaning ta’siri kuchli. 
Rivojlangan davlatlar ichida chet el kapitalining ko’p kirib kelishi jihatidan 1-o’rinda 
AQSH turadi. Sarmoyasining 72,1 % ini AQSH kapitali tashkil etadi. 
Kanada mineral xom-ashyo ishlab chiqarish va eksport qilishda ham eng katta 
mamlakatlardan hisoblanadi (xom-ashyoning 80 % i eksport qilinadi). Sanoatining 
asosiy tarmoqlari: o’rmon, sellyuloza-qog’oz, qora va rangli metallurgiya, neftni 
qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati (bug’doy, go’sht), mashinasozlik. 


125 
Kanad energetikasining asosini neft va tabiiy gaz tashkil etadi, GES va AES lar 
ham bor. Kanada neft markazi – Edmonton.
Rangli metallurgiya sanoati asoan chetdan keltirilgan va o’zida ishlab chiqarilgan 
boksitga asoslangan. Eritilgan alyuminiy asosan AQSH ga eksport qilinadi. 2001 yil 
Kanada 540 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqardi. 14 mln t. po’lat eritildi, 56 
mln t. ko’mir qazib olindi, 91mln m

neft, 72 mlrd m

tabiiy gaz qazib olindi. 
Yog’ochsozlik va sellyuloza-qog’oz sanoati eng rivojlangan bo’lib, Kanada 1986-
yil 9,2 mln t. qog’oz ishlab chiqarda. Bu sanoatning rivojlanishiga boy xom-ashyo 
bazasi, arzon suv yo’llari va elektr-energiyasi, shuningdek, jahon bozorida 
ehtiyojning yuqoriligi sabab bo’lgan. Ishlab chiqarilgan qog’oz va yog’och-taxtaning 
deyarli hammasi eksport qilinadi.
Kanada mashinasozlik sanoatida asosiy tarmoqlar transport mashinasozligi va 
qishloq xo’jaligi mashinasozligidir. Ayniqsa avtomobillar, kemalar, teplovozlar. 
Kanada 1986-yil 1846000 avtomobil, shu jumladan 1550000 (1995-yil) engil 
avtomobil ishlab chiqarildi (dunyoda 9- o’rin). 
Aholi jon boshiga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini eksport qilish, mehnat unumdorligini va qishloq xo’jaligini 
mexanizasiyalash sohasida Kanada dunyoda etakchi o’rinlarda turadi. Ayniqsa donli 
ekinlar etishtirish muhim o’rin tutadi. Masalan, 1987-yil Kanadada 55,8 mln t. don 
etishtiriladi. Donli ekinlar asosan janubda va Ko’lbo’yi va Dasht rayonlarida ekiladi. 
Kanadaning bug’doy poytaxti – Vinnipeg. 
Mamlakat maydoni kattaligi sababli temir yo’llar transporti asosiy hisoblanadi. 
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 70,5 ming km. temir yo’llar asosan g’arb va 
sharqni, ichki rayonlarni portlar bilan, AQSH bilan bog’laydi. Avtomobil yo’larning 
uzunligi 887 ming km.
Ichki suv tansporti ayniqsa dengiz transporti va havo transporti rivojlangan. 
Eksportning 2/3 qismi xom-ashyolar: bug’doy, o’rmon, o’rmon sanoati mahsulotlari, 
go’sht, sut mahsulotlari, metallar. Kanada tashqi savdosining 75 % i AQSH ga to’g’ri 
keladi. Importining asosiy qismini ¾ ini tayyor buyumlar: mashina va jihozlar. Pul 
birlig – kanada dollari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin