Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari.
Bu regionga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida
joylashgan 11ta davlat kiradi. Ular II-jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya
va Gollandiyaning mustamlakasi bo’lgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o’z
mustaqilligini qo’lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002 yil 20-may kuni Sharqiy Timor
mustaqil deb e’lon qilindi.
Region xududi 4,4 mln km
2
bo’lib, er shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini
egallagan. Maydoniga ko’ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km
2
), boshqa
davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km
2
dan (Myanma) katta emas.
Maydoning kattaligiga ko’ra eng mittisi Singapur (0,6 ming yoki 620 km
2
) bo’lib,
uning maydoni Moskva shahari maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur
maydonining uzunligi 42 km, eni 22 km. Singapurdan tashqari Bruney (6000 km
2
),
Sharqiy Timor (15 ming km
2
) kabi kichik davlatlar ham joylashgan.
Indoneziya rspublikasi 13700 dan ortiq orollardan tashkil topgan. Iqtisodiy
geografik o’rnining qklayligi avvalo regionning barcha mamlakatlarini (Laosdan
tashqari) dengiz bo’yida joylashganligi;
− region mamlakatlarining bir-biriga qo’shni joylashganligi
118
− muhim dengiz yo’lari bo’yida joylashganligi
Masalan Singapur ham Sharqiy, ham G’arbiy darvoza.
Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimiy jihatidan ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda
joylashganligi uchun yog’in-sochin mo’l. Shuning uchun o’simliklarga ayniqsa
o’rmonlarga boy. Indoneziya va Filippin orollari birinchi darajali seysmik mintaqaga
kirganligi uchun tez-tez kuchli zilzilalar bo’lib turadi (masalan, 2004 yil 26-
dekabrdagi sunamida 300 ming odam o’ldi) va harakatdagi vulqonlar ko’p (Apo,
Karakatau, Slamet, Kerinchi).
Janubi-Sharqiy Osiyo foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa, qalayi, neft-gaz,
volfram, nikel, xrom kabilarga. Masalan: dunyoda xrom qazib olish bo’yicha Filippin
5-o’rinda, nikel qazib olish bo’yicha Indoneziya 5-o’rinda, Filippin 7-o’rinda, mis
qazib olish bo’yicha Filippin 8-o’rinda turadi. Malakka yarim oroli erning qalayi
belbog’i nomini olgan bo’lib, bu erda er sharidagi eng yirik qalayi zapasi joylashgan.
Bruney sultonligi OPEK ga a’zo, Indoneziya esa kuzatuvchi.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining boshqarilish shakli va davlat tuzumi xilma-
xil. Masalan: V
ь
etnam, Laos,M
ь
yanma, Indoneziya, Filippin, Singapur kabi davlatlar
respublika, Bruney, Malayziya, Kambodja, Tailand kabi davlatlar monarxiya shaklida
boshqariladi. M
ь
yanma va Malayziya federativ davlat tuzilishiga ega.
Aholisi. Janubi-Sharqiy Osiyoda 544 mln kishidan (2003y) ortiq aholi yashaydi.
2006-yilda 565 mln kishiga etdi. Tug’ilish koeffisienti 22 ‰, o’lim 7‰ . 1 ayolga 2,7
bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan
o’tganlar 5 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 66-70 yosh. YAMD –3390 $. Janubi-
Sharqiy Osiyo davlatlari aholisi er shari aholisining 8,5 % ini tashkil etadi. Aholisi
soniga ko’ra Indoneziya (220 mln), Filippin (82 mln), V
ь
etnam (81 mln), Tailand (63
mln) , M
ь
yanma (50 mln) kabi davlatlar etakchi (2003). Aholisi soni eng kam
bo’lgan davlatlar: Bruney (0,4 mln), Sharqiy Timor (0,8 mln) kabilardir.
Region aholisi yiliga 9-10 mln kishiga ko’paymoqda. Eng yuqori tabiiy ko’payish
V
ь
etnam, Laos, Kambodja, Filippinga to’g’ri keladi. Aholi ko’payishi shu holatda
ketsa, 2025 yilga borib dunyodagi eng seraholi 11 davlat qatoriga Filippin va
V
ь
etnam ham kiradi. Tug’ilish ko’rsatkichi eng yuqori davlatlar: Laos (36‰),
Kampuchiya (28‰), Filippin .
Tug’ilish ko’rsatkichi eng past bo’lgan davlatlar; Cingapur (11‰), Tayland
(13‰).
Janubi-Sharqiy Osiyoda tug’ilish koeffisenti 22‰ ni tashkil etadi.
Yoshlar salmog’i eng yuqori (43-44 %) bo’lgan mamlakatlar: Kambodja, Laos,
Sharqiy Timor; eng kam bo’lgan davlatlar: Singapur, Tailand (21-23%). Janubi-
Sharqiy Osiyo davlatlari aholisining o’rtacha zichligi 1km
2
122 kishi bo’lgani
holatda, Vetnam, Tailand, Filippinda 200 kishidan ortiq, Laos,Kambodja,Bruneyda
35-40 kishi. Yava yarimorolida 2000 kishi va Singapurda 6653 kishini tashkil etadi.
Ko’pchilik davlatlari ko’p millatlidir. Masalan: Indoneziyada 150 dan ortiq,
Vetnamda 50 dan ortiq, Myanma va Tailandda30 dan ortiq xalq yashaydi.
Urbanizasiya darajasi Singapurda 100%, qolgan barcha davlatlarda 40 % ga etmaydi.
Millioner shaharlari jami 15 ta bo’lib, ular ichida eng yirigi Jakarta (9 mln). Hindi-
Xitoy aholisi asosan buddizmga, Malaya arxipelagi aholisi islom diniga e’tiqod
qiladi. Dunyoda musulmonlar soni eng ko’p bo’lgan davlat Indoneziya.
119
Xo’jaligi XX asrning 70 yillariga qadar Janubi-Sharqiy Osiyo jahonning eng
qoloq o’lkalaridan bo’lib kelgan. Shu yillardan keyin ichki iqtisodiy rivojlanish,
tabiiy resurslar (tog’-kon) va chet el investisiyalari omillari ta’sirida region
mamlakatlarida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshladi.
Hozirda region mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
1.Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo’lbarslari” davlatlari: Singapur, Tailand va
Malayziya. Bu mamlakatlarda Yapon kapitali ta’sirida va mahalliy ishbilarmonlar
faoliyati tufayli “iqtisodiy mo’jiza” lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi
eng yirik savdo markazi, moliyaviy markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni
qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika) larga aylanib bormoqda. Malayziyada
kondensionerlar, elektro va radio texnikalar, avtomashinalar va boshqa rezina
buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya sanoati; Tailandda tabiiy
kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, engil sanoat
rivojlanib bormoqda.
2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi.
Indoneziya yiliga 65 mln t.dan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m
3
dan ortiq tabiiy
gaz qazib oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft – kimyo,
tikuvchilik va to’qimachilik, qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o’rmon sanoatlari.
Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta, Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaxarlarida
joylashgan.
Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo’lib, u erda qazib
olinayotgan neft (yiliga 8-10 mln t) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m
3
) hom holatida
eksportga chiqariladi.
3. Industrlashtirish yo’lidan borayotgan davlatlar. Bu guruhda Vetnam aloxida
ajralib turadi. Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-
ovqat sanoatlari rivojlanib borayotgan bo’lsada, xo’jalikda oziq-ovqat va engil sanoat
etakchidir. Yirik sanoat markazlari Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada
asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to’qimachilik, oziq-ovqat va rangli metallurgiya
sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon shahrida joylashgan.
Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy) engil va oziq-
ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu
shaharlari.
4.Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar: Laos va Kambodja. Ularda asosan
xunarmandchilik, zargarlik va qo’lda buyumlar yasash (savat, shlyapa). Bruney va
Sharqiy Timorda zamonaviy sanoat yo’q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq-ovqat sanoati
muhim o’rin tutadi. Dunyo bo’yicha kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport
qilishda mazkur region etakchi bo’lib, bu sohada Indoneziya, Malayziya, Tailand
davlatlari etakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya, Vetnamda ; qand-shakar
sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand ; kofe sanoati Indoneziyada ; brouler xo’jaligi
(akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi. Janubi-Sharqiy Osiyo qishloq xo’jaligi asosiy o’rnida oziq-
ovqat ekinlari turadi. Bunga sabab oziq-ovqat muammosini bu regionda xaligacha hal
qilinmaganligidir. Regionning musson iqlimli joylarida, Mekong, Irovadi va Xongxa
daryo vodiylarida sholikorlik rivojlangan. Bu erlarda yil bo’yi sholi etishtiriladi va 2-
3 marta hosil yig’ib olinadi. Indoneziyada jami ekin maydonining 2/3 qismiga,
120
Filippinda 90% iga sholi ekiladi. Mekong va Xongxa daryolarining deltalari
Vetnamning “sholi savatchasi” (karzinasi) nomini olgan. Regiondagi asosiy sholi
etishtiruvchi davlatlar:
Indoneziya (yiliga 45 mln t. dunyoda 3- o’rin).
Tailand (yiliga 21 mln t. 4-o’rin)
Vetnam (yiliga 19 mln t. 6- o’rin)
Myanma (yiliga 15 mln t.)
Filippin (yiliga 8 mln t.)
Shakarqamish etishtirish bo’yicha dunyoda indoneziya 7- o’rinda turadi.
Mamlakatda yiliga 25 mln t dan ortiq shakarqamish etishtiriladi. Dunyo bo’yicha
etishtiriladigan tabiiy kauchukning 85 % ini Janubi- Shraqiy Osiyo davlatlari, avvalo
Indoneziya, Tailand, Malayziya uchligi beradi.
Myanma, Tailand, Laos chegarasida dunyodagi eng mashhur “oltin burchak”
joylashgan.
Asosan Indoneziyada qisman Vetnamda kofe etishtirish rivojlangan. Region
qishloq xo’jaligida yuqoridagilardan tashqarichoy, kakao, paxta, eryonhoq, tamaki,
kokos va moyli palma etishtirish rivojlangan. Janubi-Shraqiy Osiyoda chorvachilik
sust rivojlangan bo’lib, bu tarmoqdan faqat parrandachilik (broyler) yaxshi
rivojlangan. Janubi-Sharqiy Osiyo dunyo bo’yicha YAIM 2,2 % ini beradi.
Transporti. Temir yo’l transporti eng rivojlangan davlatlar: Indoneziya (7 ming
km
) va Myanma (5 ming km). avtomobil transporti va yo’llarining uzunligi ortib
uning ahamiyati oshib bormoqda. indoneziya va Filippinda dengiz transporti
rivojlangan. Regiondagi eng yirik dengiz porti Singapur (yiliga 115 -120 mln t yuk
o’tkazadi) va Bangkok (60 mln t.) portlaridir. Xoshimin,Jakarta, Surabaya portlari
kichikroq. Havo transporti xalqaro aloqalarda muhim o’rin tutadi. Eng katta aeroporti
Changi (Sing). Keyingi o’rinlarda Bangkok va Jakarta aeroportlari turadi. Janubi-
Sharqiy osiyo tabiiy va tarixiy rekreasion resurslarga boyligi uchun keyingi paytlarda
xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari rivojlanib bormoqda.
Asosiy eksporti: neft-gaz, qalayi, volfram, nikel, mis, alyuminiy, xrom,
radiotexnika, rezina buyumlar, elektrotexnika, kondisionerlar, sholi, kauchuk,kofe,
kokos yong’og’i va yog’i, broyler, tropik mevalar, tamaki.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, kapital, bug’doy, sanoat mahsulotlari. Pul
birligi: rupiya (Indoneziya), peso (Filippin), rentit (Malayziya), dollar (Singapur va
Bruney), bat (Tailand), dong (Vetnam), riel (Kambodja), kip (Laos), kyat (Myanma).
Dostları ilə paylaş: |