Mavzu:Yaponiya xo’jaligiga umumiy iqtisodiy geografik ta’rif.
Yaponlar o’z mamlakatini qadimdan Nippon yoki Nixon deb atashadi.Bu
so’zlarning ma’nosi “quyosh” yoki “asos” demakdir.Yaponiyani ko’pchilik
“Quyosh chiqadigan mamlakat” deb atashadi.Ramziy belgi sifatida davlat
bayrog’iga
quyosh
tasviri
tushirilgan.Yuqoridagi
holatlarning
barchasi
Yaponiyaning tabiiy geografik o’rniga mos tushadi.180
0
5-soat farq.Yaponiya-
Osiyoning sharqida asosan materik orollarida joylashgan davlat bo’lib, u 4 ta yirik
orol (Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku) va to’rt mingta mayda orollardan
tashkil topgan.Yaponiya orollari 3,5 ming km ga cho’zilgan bo’lib, 20
0
25
1
va
45
0
33
1
shimoliy kenglik, 122
0
56
1
va 153
0
59
1
sharqiy uzunlikda joylashgan.Yapon
orollarini shimoldan Oxota dengizi, janubdan Fillipin dengizi, janubi-g’arbdan
Sharqiy Xitoy dengizi, g’arbdan Yapon dengizi va Koreya bo’g’ozi, sharqdan
Tinch okeani o’rab turadi.
Yaponiya Evrosiyo va Tinch okeani litosfera plitalarida to’qnashgan joyda
joylashganligi uchun birinchi darajali seysmik va vulkanik mintaqa
hisoblanadi.Yaponiya hududida tez-tez zilzila bo’lishidan tashqari 188 ga yaqin
vulqonlar joylashgan, ulardan 40 tasi harakatdagi vulqonlardir.Yaponiya
sohillarida tez-tez sunami va tayfunlar bo’lib turadi, musson yomg’irlari
kuzatiladi.
Mamlakat maydoni 372,2 ming km
2
bo’lib, u maydoniga ko’ra AQSHning
Kaliforniya shtatiga teng yoki O’zbekiston Respublikasi maydonidan 77 ming km
2
ga kichik.
Yaponiyaning iqtisodiy geografik o’rni avvalo orollarda joylashganligi va
materikka yaqinligi bilan belgilanadi.Bu avvalo Yaponiyani Rossiya Fedarasiyasi,
XXR va “Osiyo yo’lbarsi” davlatlariga yaqinligi bilan izohlanadi.Ayni paytda
102
Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionining markazidir.Bu holatlar mamlakatni
xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Yaponiya xukumati bilan Rossiya xukumati orasida Shikotan oroli majorasi
mavjud.
Yaponiya hududini 3/4 qismini tog’lar va qir-adirlar egallagan.Eng katta
pastekisligi Toxio qo’ltig’i bo’yidagi Konto pastekisligidir.Tog’lar Saxalin oroli
va Kuril orollaridagi tog’larning davomi bo’lib, ular shimol va shimoli-sharqdan,
janub va janubi-g’arbga cho’zilgan.Eng baland cho’qqisi Fudziyama vulqoni
(3776m.) hisoblanadi.Pastekisliklar asosan sohillarda joylashgan bo’lib, ular
mamlakat hududini 15%ini tashkil etadi.
Yaponiyani shimol qismi (Xokkaydo oroli, Xonsyu orolini shimoli) mo’’tadil,
janubiy qismi (Xonsyu orolining janubi, Kyusyu, Sikoku, Ryukyu) subtropik
iqlim mintaqasida joylashgan.Barcha hududi musson iqlim tipiga ega.Yillik
yog’in miqdori 1000 mm dan (Xokkaydo orolining sharqida) 3800 mm gacha
(markaziy Xonsyu tizmalarida).Qor butun Yaponiya hududida yog’adi, qor
qoplami qalinligi mamlakat shimoli-g’arbida 4,5 m gacha etadi.Daryo tarmoqlari
zich, lekin qisqa tog’ daryolaridir.Eng yirik daryolari-Sinano, Tone, Kitakami,
Isikari.
Yaponiya o’rmon resurslariga boy mamlakatlardan hisoblanadi.Hududining
2/3 qismidan ko’prog’ini o’rmonlar egallagan.O’rmonlarini 1/3 qismini sun’iy
o’rmonlar tashkil etadi.Igna bargli o’rmonlar jami o’rmonlarning 1/2 qismini
egallagan.Yaponiya florasida 2750 o’simlik turi uchraydi, shundan 168 tasi daraxt
o’simliklaridir.Faunasidagi endem turlarga: yapon maxakasi, qiziltumshuq
maymun, ayiq, quyon, olmaxon, yapon xoldor bug’usi, ko’rshapalak, ko’pgina
qushlar kiradi.Ryukyu oroli sut emizuvchilarga kambag’al.Yaponiya hududida sut
emizuvchilarning 270 turi, qushlarning 800 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi,
dengiz sohillarida esa baliqlarning 600 turi, molyuskalarning 1000dan ortiq turi
uchraydi.
Yaponiya mineral resurslarga kambag’al.Mamlakat hududida toshko’mir, mis,
oltingugurt, marganes, neft, tabiiy gaz, oltin kabi foydali qazilmalar
uchraydi.Lekin ular mamlakat extiyojini qondirmaydi.Yoki ularni qazib olish
chetdan import qilishga nisbatan qimmatga tushadi.Shuning uchun Yaponiya
importining 49% ini yoqilg’ilar, 13 % ini ruda va boshqa xom-ashyolar tashkil
etadi.Shu bilan birga Yaponiya boy dengiz, geotermal, gidroenergiya va agroiqlim
resurslariga ega.
Keyingi
vaqtdarda
Yaponiya
rekrasion
resurslarga
katta
e’tibor
qaratmoqda.Hozirda mamlakatda milliy bog’lar soni 25 taga etadi, 1973 yil
birinchi suv osti parki tashkil qilingan.
Yaponiya aholi soniga ko’ra dunyoda 10-o’rinda turadi, 2003 yilda uning
aholisi 127,5 mln. kishiga yetdi.Aholisining tabiiy ko’payishi jihatidan Yaponiya
“demografik tanglik” tipidagi davlat hisoblanadi.2001 yil ma’lumotiga ko’ra
mamlakatda tug’ilish koeffisenti 9%
0
, o’lim koeffisenti 8%
0
ni tashkil etadi.Agar
tug’ilish va o’lim orasidagi nisbat shu holatda ketsa, Rossiya va Fransiya
demograflarining ma’lumotlariga ko’ra Yaponiya aholisining soni 2025 yil 121
mln. kishi bo’lishi prognoz qilinmoqda.2001 yil ma’lumotiga ko’ra davlatda har
103
bir ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar soni dunyo bo’yicha
umumiy aholini 30 % ini, O’zbekistonda 38 % ni, Yaponiyada esa 15 % ni tashkil
yetadi.64 yoshdan yuqorilar esa dunyo bo’yicha
7 % ni, O’zbekistonda 4 % ni, Yaponiyada esa 17 % ni tashkil etadi.O’rtacha umr
ko’rish dunyo bo’yicha erkaklarda 65 yoshni, ayollarda 69 yoshni (O’zbekistonda
esa 68-73 yosh) tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich Yaponiyada dunyo bo’yicha
eng yuqorini, ya’ni erkaklarda 77 yoshni, ayollarda 84 yoshni, o’rtacha esa 81
yoshni tashkil etadi.Yaponiya bolalar o’limi ko’rsatkichi eng past bo’lgan sog’lom
odamlar millati mamlakatidir.Dunyo bo’yicha bolalar o’limi ko’rsatkichi 1000
chaqaloqqa 56 kishini tashkil etgani holatida, bu ko’rsatkich Angolada 198
kishini, O’zbekistonda 20 kishini, Yaponiyada 3 kishini tashkil etadi.Bunda davlat
demografik siyosati katta rol o’ynaydi, ya’ni oilani rejalashtirish va kechroq
turmushga chiqishni targ’ib qilinishi.
Yaponiya aholisining milliy tarkibiga ko’ra tipik bir millatli (99% yapon)
davlatdir.Yapon xalqining etnogenezi xaligacha to’liq aniqlanmagan.Yapon
orollarida ilgari odam yashamagan, neolit davrida Indoneziya orollaridan ko’chib
kelgan aynlar va qit’adan kelgan koreyslar aralashib murakkab etnik gruppani
vujudga keltirgan.Mamlakatda yaponlardan tashqari koreyslar, xuasyalar va aynlar
yashaydi.
Yapon tili juda o’ziga xos bo’lib, jahondagi til oilalaridan birontasiga
kirmaydi.Yapon yozuvi tizimi ham ancha murakkab bo’lib, unda ieroglif hamda
bo’g’inli harflar ishlatilinadi.
Yaponiyada ikki asosiy din mavjud bo’lib, ya’ni sintoizm (milliy din) va
buddizm (jahon dini) odatda dindorlar har ikki dinga e’tiqod qiladilar.
Yaponiya-yuksak madaniyat va yoppasiga savodxon mamlakatdir.Savadxonlik
darajasini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin.Yaponiyadagi universitetlar
soni butun G’arbiy Evropadagidan ko’p, ilmiy hodimlar soni esa Buyuk Britaniya,
Fransiya va GFR ni qo’shib hisoblaganda ham ko’p.Mamlakatda qadimgi
madaniyat, badiiy va turmush an’analari yapon turmush tarzini ajralmas qismi
bo’lib saqlanib qolgan.Masalan: ikebana, bonsoy, kalligrafiya, jonli manzaralar
chizish, choy tantanasi, kimono ayollar kiyimi, sumo kurashi, dzyudo, yaponcha
dasturxon yasatish, sakuraning gullashini tomosha qilish, zarang o’rmonida sayr,
bahorgi va kuzgi tengkunlik bayramlari va x.k.Yaponiyada yiliga 40 dan ortiq
turli-tuman festivallar o’tkaziladi.Ulardan eng mashhuri “oq orolda”gi qor
festivalidir.
Yaponiya aholisining o’rtacha zichligi 1km
2
ga 337 kishini (2003y.) tashkil
etadi.Aholisining asosiy qismi mamlakat hududini 10 % ida yashaydi.Aholi eng
zich yashaydigan erlar Xonsyu orolining janubidagi Tinch okeani sohillari va
Ichki yapon dengizi sohillariga to’g’ri keladi.
Ilgari Yaponiyada aholi soni 30000 dan ortiq bo’lgan aholi punktlari shahar
maqomini olgan bo’lsa, hozirda 50000.Urbanizasiya darajasi 76 % ni tashkil etadi.
Mamlakatda 200 dan ortiq yirik shaharlar bo’lib, ulardan 11 tasi millioner
shaharlardir.Ular quyidagilar: Tokio (8mln.), Iokogama (3,3mln.), Osaka
(2,6mln.), Nagoya (2,1mln.), Sapporo (1,7mln.), Kobe (1,4mln.), Kioto (1,4mln.),
104
Fukuoka (1,3mln.), Kavasaki (1,2mln.), Xirosima (1,1mln.), Kitakyusyu
(1,02mln.).
Tokio shahridan-Kobe shahrigacha 600 km masofada Tokaydo megapolisi
joylashgan.Bu megapolis “katta uchlik” dan tashkil topgan bo’lib, ular
quyidagilardir:
1.Tokio aglomerasiyasi o’z ichiga Tokio, Iokogama, Kavasaki, Tiba shaharlarini
olgan bo’lib, ularda jami 27 mln. aholi yashaydi.
2.Xansin aglomerasiyasi o’z ichiga Osaka, Kobe, Kioto shag’arlarini olgan bo’lib,
ularda jami 15 mln. aholi yashaydi.
3.Tyune aglomerasiyasi Nagoya shahri va uni atrofini o’z ichiga olgan bo’lib,
unda 10,2 mln. aholi yashaydi.
Tokaydo megapolisida aholi zichligi 1km
2
ga 800-1000 kishiga yetadi.Bu
megapolis va uning atrofida (70000 km
2
), Yaponiya aholisining 56 % i (70 mln.)
yashaydi.
Umuman
Tinch
okean
iva
Ichki
Yapon
dengizi
sohillaridagi
urbanizasiyalashgan xudud mamlakat maydonini 1/3 qismini egallagan bo’lib,
unda jami aholininng ¾ qismi yashaydi.
Yaponiyada yerlar juda qimmatli va taqchil resurs bo’lganligi sababli “osmon
o’par binolar” va “yer osti” uylar qurishga yerishilinmoqda. Shuningdek,
Yaponiya dengiz xisobiga o’z xududini kengaytirayotgan tipik davlat xisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq
xo’jaligi va baliq ovlashda band edi. Hozirda esa bu tarmoqlarda iqtisodiy faol
aholining 20% i, faqat qishloq xo’jaligining o’zida 5 % aholi band. Sanoat
tarmoqlaridaesa 33% dan ortiq aholi band. Endilikda nomoddiy sohalarda
ishlovchi xodimlar ya’ni: xizmatchilar, ilmiy xodimlar, ishbilarmonlar soni tez
ortib bormoqda. Yaponiyada aholini hayot darajasi juda yuqori ya’ni jon boshiga
IYAM 25000$.
Yaponiyada hozirga kelib ayollar sonini erkaklar soniga nisbatan ortishi
kuzatilinmoqda.
4. Yaponiya – BMT,ASEAN va Xalqaro Valyuta Fondi (MVF) tashkilotlariga
a’zo. Davlat tuzumiga ko’ra – konstitusion monarxiya bo’lib, amaldagi
konstitusiya 1947 yil qabul qilingan. Davlat boshlig’i imperator (Axikito, 1989
yildan) faqat davlat “ramzi” deb tan olinadi. Xokimiyat boshlig’i rpimer-ministr
(bosh vazir) ga berilgan. Yaponiya hududi siyosiy-ma’muriy jihatidan 47 ta
prefekturaga bo’linadi. Tokio, Kioto, Osaka shaharlari, Xokkaydo va Okinava
orollari alohida prefektura maqomiga ega.
Davlat tili-yapon tili, boshqa til – ayn tili.
Asosiy siyosiy partiyalari:
1.
Liberal – demokratik partiya (LDP)1955 yil tuzilgan.
2.
Yaponiya Demokratik partiyasi (YADP) 1960 yil tuzilgan.
3.
“Sakigake” partiyasi 1964 yil tuzilgan.
4.
“Komeyto” (Sof siyosat partiyasi) 1964 yil tarkib topgan.
5.
Yaponiya kommunistik partiyasi (YAKP)1922 yil asos solingan.
105
5.Yaponlarning eng qadimgi madaniyati noolit davriga oid (eramizdan avvalgi)VI-
Iming yilliklarda umumiy “dzemon” nomi bilan ma’lum.
Yaponiya xo’jaligi asosan XX asrda juda tez rivojlandi va rivojlanishi jihatidan
xozirda jahon xo’jaligida yuqori o’rinlarga chiqib oldi. Bunday tez iqtisodiy o’sishga
bir qator sabablar bor. Ular :
–
II – jahon urushi yillarida eskirgan va ishdan chiqqan zavod jihozlari butunlay
yangilandi va FTI ning eng yangi yutuqlari bilan ishlangan jihozlar bilan
almashtirildi.
–
Chetdan ko’plab patent va lisenziyalar avvalo AQSH va GFR dan sotib olindi va
mahalliy sharoitga moslashtirildi.
–
Ishchilar qattiq ekspluatasiya qilindi.
–
Korxonalarni qayta tiklashga va yangisini qurishga ketadigan xarajatlarni asosiy
qismini davlat o’z zimmasiga oldi. Monopoliyalarga kreditni ko’paytirdi va
soliqni engillashtirdi.
–
Xarbiylarga ketadigan xarajatlar kamaytirildi (demilitarizasiya) fanga, ilmiy-
tadqiqot ishlariga fantalab ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi.
Yaponiya xo’jaligi juda qisqa muddatda fan, texnika, ta’lim, sanoat va savdoda
juda katta yutuqlarga erishdi,ya’ni “iqtisodiy mo’jiza” yuz berdi. Yaponiya jahon
miqyosidagi juda katta sarmoyachi davlatga aylandi. Yaponiya “iqtisodiy
mo’jiza” sining asosiy manbayi mutaxassislar xulosasiga ko’ra, yapon millatining
yuqori darajadagi mehnatsevarligi va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat,
ishga mas’uliyat xissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko’rsatkichlardir, shuningdek,
Yaponiyaning harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishidir.
Yaponiya sanoati dastlab (1950yillardan boshlab) evolyusion yo’ldan
(tadrijiy) rivojlandi. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik,
ximiya, neft-ximiya, qurilish sanoati kabi “tayanch” tarmoqlar import yoqilg’i va
xom-ashyo asosida butunlay yangidan barpo qilindi. Ular FTI ning eng yangi
yutuqlari asosida rivoj topdi.
XX asrning 70-80-yillaridan boshlab sanoatda inqilobiy yo’l ustun turdi.
Endilikda mamlakat yoqilg’i va xom-ashyo importiga bog’liq bo’lgan, energiya
va metalni ko’p ishlatadigan ishlab chiqarishni tobora cheklab, fanni ko’p talab
qiladigan eng yangi tarmoqlarga ko’p e’tibor berilmoqda. Yaponiyada
elektrotexnika, robot texnikasi, biotexnologiya kabi sohalar etakchi mavqeini
egallamoqda.
Ilgari Yaponiyaning ramzi Fudziyama, sakura, samuraylar hisoblangan
bo’lsa, endilikda bunday ramz eng katta AES lar, metallurgiya kombinatlari,
supertankerlar, ko’priklar, tunnellar, tezkor temir yo’llar, zamonaviy avtomobillar
hisoblanadi. 1970 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Yaponiyada YAIM yiliga
o’rtacha 5 % danga o’sib keldi. Yaponiya fanga sarflanadigan mablag’
salmog’iga ko’ra jahonda rivojlangan davlatlar orasida 1-o’ringa chiqdi. 1$=110$
2000 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM qiymati bo’yicha dunyoda 2-
o’rinni egalladi, yaeni 38200 AQSH dollari. Yalpi milliy daromad ko’rsatkichi
bo’yicha 2000 yil Yaponiya dunyoda Evropa Ittifoqi, Xitoy va AQSH dan keyin
4- o’rinni egalladi.YAMD shu yili 5 trln.AQSH dollarini tashkil etdi.
Dunyo tashqi savdosi taqsimotini 9 % i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi.
106
Yaponiya xo’jaligining juda muhim xususiyati uning xalqaro iqtisodiy
aloqalari nixoyatda kuchli ekanligidir. Birinchidan, mamlakat yoqilg’i va xom-
ashyoni 90 % ini chetdan keltiradi, ikkinchidan mamlakat iqtisodiyotida tayyor
mahsulotni eksport qilish ustun. Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionidagi barcha
mamlakatlarning savdo bo’yicha bosh shergidir. Hatto AQSH passiv savdo
balansiga ega, Yaponiya esa aktiv savdo balansiga ega.
6.
Yaponiya sanoatidagi etakchi tarmoqlar:
Yoqilg’i – energetika sanoati. Yaponiyada neft va tabiiy gaz qazib olinsada u
ehtiyojni qondirmaydi. Yaponiya dunyoda neft importi bo’yicha 2-o’rinda turadi.
U yiliga 210-220 mln t. neft sotib oladi (umumjahon neft savdosini 14 % i ).
Neftni asosan OPEK davlatlaridan keltiradi.
Ko’mirni asosan Avstraliya,JAR, AQSH va Kanadadan keltiradi.
Yaponiya elektr-energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 2-o’rinda
turadi. U yiliga 950 mlrd kVt/s elektr – energiyasi ishlab chiqaradi. Bu butun
jahon elektr-energiyasini 7,5 % i demakdir. Mamlakatda gidro, geotermal,
quyosh, qalqish va to’lqin elektro stansiyalari mavjud, lekin elektr-energiyasining
asosiy qismini IES va AES lar beradi. Yaponiyada 30 dan ortiq AES lar bor,
dunyodagi eng yirik AES (Fukusima) shu davlatda joylashgan.
Metallurgiya sanoati. Yaponiya po’lat ishlab chiqarish xajmi bo’yicha
dunyoda 1-o’rinda turadi. U yiliga 98 mln t. po’lat eritadi, umumjahon po’latini
13,6 % i. Lekin po’lat eritish salmog’i yil sayin kamayib bormoqda. Masalan,
Yaponiya 1990 yil 110 mln t. po’lat eritgan edi. Buning asosiy sababi
mashinasozlikning metalga bog’liqligi kamayishi va fantalab sanoat tarmoqlarini
kuchayishidir.
Organik sintez va neft-ximiya sanoati tarmoqlari asosan dengiz portlarida,
ayniqsa Ichki Yapon dengizi bo’ylarida to’plangan. XX asrning 2-yarmida II-
jahon
urushiga
qadar
Yaponiyada
avtomobilsozlik
bo’lmagan
edi,
avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga erishgan. U avtomobil “jangi”da
AQSH ni yutib chiqib dunyoda 1-o’rinni egalladi. Yaponiya yiliga 13 mln dona
avtomobil ishlab chiqaradi, bu dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan (50 mln dona)
avtomobillarni 26 % i demakdir. Yaponiyaning “Xonda”, “Nissan” va “Toyot”
kabi zamonaviy avtomobillaridunyoga mashxur. Avtomobilsozlikni eng yirik
markazlar: Tokio, Osaka,Nagoya,Kavasaki kabi shaharlar hisoblanadi.
Hozirgi Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektrotexnika va
elektronika sanoatidir. Ayniqsa radioelektronika sanoati – rangli televizorlar,
videomagnitofonlar, radiotexnikalar ishlab chiqarish ustunlikka ega. Televizorlar
ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda 3 – o’rinda turadi, u yiliga 15 mln
donadan ortiq televizor ishlab chiqaradi.
Metal kesuvchi dastgohlar ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda
birinchi o’rinda (yiliga 195 mln dona), traktorlar ishlab chiqarish bo’yicha
dunyoda ikkinchi o’rinda (yiliga 150 ming dona) turadi.
Yaponiyada ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan
birga yuqori texnologiyaga asoslangan buyumlar ishlab chiqarish ustun.
Mashinasozlik sanoati tarmoqlari eng rivojlangan xududi – Tokio rayoni bo’lib, u
butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni 3/1 qismini beradi.
107
Kema ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda birinchi o’rinda turadi.
Kemasozlik sanoatining eng yirik markazlari: Iokogama, Osaka, Kobe va
Nagasaki kabi shaharlarda joylashgan. Ularda kemasozlikning xilma-xil
tarmoqlari rivojlangan. Yaponiyada dunyodagi eng yirik supertankerlar, xilma-xil
kit ovlovchi kemalar, traulerlar va kichik kemalar ishlab chiqariladi.
Ximiya sanoatining rivojlanishi va sanoat mahsulotining hajmiga ko’ra
Yaponiya dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3- o’rinda turadi. Bu
sanoatning asosiy xom ashyosi koks chiqindi, neft va tabiiy gaz hisoblanadi.
Organik sintez ximiyasi keng ko’lamda rivojlanmoqda. Ximiya sanoatida; mineral
o’g’itlar, medikamentlar, kosmetika, plastmassa, sun’iy tola, bo’yoqlar, noorganik
ximikatlar ishlab chiqarish ustun turadi.
Qo’riq yerlar faqat Xokkaydo orolida saqlanib qolgan. Orollar meridional
yo’nalishda joylashganligi uchun ularning iqlimiy sharoiti ham turlicha.
Yaponiya qishloq xo’jaligida ikkinchi jahon urushidan keyin o’tkazilgan
agrar islohot keskin o’zgarish yasadi. Ya’ni yirik yer egaligi tugatilib, yerlar
fermerlarga bo’lib berildi.
Hozirgi Yaponiya qishloq xo’jaligi yuqori rentabelligi va mehnat
unumdorligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligini ixtisoslashuvi va intensivligi
jihatidan boshqa rivojlangan davlatlardan ancha ajralib turadi. Qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishi yuqori darajada mexanizasiyalashganligi va ximiyalashganligi
jihatidan Yaponiya dunyoda yuqori o’rinlarni egallaydi.
Yaponiya qishloq xo’jaligida jami aholining 4,7 %i (6mln kishi) bant,
ishlanadigan erlar esa mamlakat maydonining 16 %ini tashkil etadi. Dehqonchilik
chorvachilikdan 2 barobar ustun turadi. Jami ekin maydonini yarmiga sholi
ekiladi. Mamlakatda yetishtiriladigan jami g’alla hosilini 85-90% ini sholi tashkil
etadi, yiliga 12-15 mln tonna atrofida sholi hosili yig’ib olinadi. O’zbekistonda
500 ming tonna. Sholi yalpi hosili bo’yicha Yaponiya dunyoda 8-o’rinda turadi, u
Osiyoning “sholikor davlatlari” qatoriga kiradi. Lekin Yaponiya o’zini g’alla bilan
ta’minlay olmaydi. Bug’doy importi bo’yicha bu davlat dunyoda 4- o’rinda turadi.
Umumjahon bug’doy importini 6% i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi. Bug’doyni
asosan AQSH,Kanada va Avstraliyadan keltiradi. Sholini esa janubi-sharqiy
Osiyo va AQSH dan keltiradi. Yaponlarning asosiy “non”i haligacha sholi
hisoblanadi. Engil sanoatning asosiy tarmoqlari ip-gazlama va sun’iy tola
to’qimachiligidir. Paxta tolasi importi bo’yicha Yaponiya dunyoda Xitoydan keyin
2-o’rinda turadi. Dunyo bo’yicha barcha paxta importini 14 % i Yaponiya
xissasiga to’g’ri keladi. Paxta tolasi asosan AQSH, Avstraliya va Janubiy Osiyo
davlatlaridan keltiriladi. Paxta tolasidan bo’lgan buyumlar eksporti bo’yicha
Yaponiya dunyoda 4-o’rinda turadi. Jun gazlama va ipak gazlama sanoatlari
deyarli o’smayapti.
O’rmon sanoati tarmoqlarini Shimoliy Xonsyu va Xokkaydo orollaridagi
o’rmon massivlari xom-ashyo bilan qisman ta’minlaydi. O’rmon xom-ashyosini
asosiy qismi chetdan (Braziliya, Tropik Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo) keltiriladi.
Yaponiya sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlanishida importning salmog’i juda
yuqoridir. Masalan : jami misning ¾ qismi, temir rudasining 9/10 qismi,
toshko’mirning 8/10 qismi chetdan keltiriladi. Shuning uchun ham keyingi
108
vaqtlarda FTI ning eng so’ngi yutuqlariga tayangan holda dunyo okeani mineral
resurslaridan foydalanish samarasi ortib bormoqda. Chunonchi , okean tubidan
marganes qotishmalarini qazib olish, dengiz suvidan uran ajratib olish va h.k.
Qishloq xo’jaligi
Yaponiyaning tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulaydir.
Tog’ yonbag’irlarida podzol va o’rmon qo’ng’ir tuproqlari tarqalgan. Sholi asosan
Xonsyu orolini markaziy va janubiy hududlarida ekiladi, bug’doy, arpa, javdar esa
Xonsyu orolini shimoli va Xokkaydo orolida ekiladi. Tog’ yonbag’irlarida choy,
tamaki, qand lavlagi, soya va sitrus mevalari etishtiriladi. Shaharlar atrofida
sabzavotlar va mevalar etishtiriladi.
Yaponlar azaldan gulchilik bilan shug’ullanib keladilar. Yapon diniy
(sintoizm) marosimlarida bonsey va ikebana tarixiy an’anaviy san’at hisoblanadi.
Yaponiyada chorvachilik juda sust rivojlangan, buning asosiy sababi
yaylovlarning kamligidir. Butun er maydonining 1,6 % ini yaylovlar tashkil etadi.
Chorvachiligidagi rivojlangan tarmoqlar: baliqchilik, broyler parrandachiligi,
cho’chqachilik, sut-go’sht qoramolchiligi.
Baliq ovlash – Yaponiya xo’jaligining muhim tarmog’idir. Baliq asosan
Yapon dengizi va Tinch okeanining shimoliy qismlaridan ovlanadi. Bulardan
tashqari Yaponiya sohillari va Ichki Yapon dengizida marikultura, quruqlikda esa
akvakultura usulida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari etishtiriladi. Yaponiya
baliq ovlash bo’yicha dunyoda 1- o’rinda turadi(yiliga 13-14 mln t.). Mamlakat
baliq ovlovchi flotida 10 minglab traulerlar mavjud. Eng yirik baliq ovlovchi
portlari: Iokosuka, Kitakyusyu, Nagasaki, Kagosima, Niigata, Abasiri kabilar.
Ikkinchi jahon urushiga qadar Yaponiya o’z ipakchiligi bilan dunyoga
mashhur edi, endilikda ipakchilik inqirozga yuz tutdi.
Yaponiya sohillarida yashovchi aholi qadimdan molyuska chig’anoqlari
orasidan marvarid (gavhar) yig’ish bilan shug’ullanib kelgan. Hozirda chig’anoqli
molyuskalar okean sohillaridagi mahsus plantasiyalarda etishtirilmoqda. Bunday
plantasiyalar ayniqsa Xonsyu orolini jinubiy sohillarida ko’p uchraydi. Ulardan
yiliga 500 mln donadan ortiq marvarid chig’anoqlari yig’ilmoqda.
Shunday qilib Yaponiyada qishloq xo’jaligini boshqa rivojlangan davlatlar
qishloq xo’jaligiga nisbatan yaxshi rivojlanganligiga asosiy sabab er resurslarini
tanqisligidir. Ya’ni aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ekinzorlar maydoni AQSH
da 80 sotix ni, Avstraliyada 3 gektarni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich
Yaponiyada 4 sotixni tashkil etadi.
Transporti
Yaponiyada daryo va quvur transportidan tashqari barcha transport turlari
yuqori darajada rivojlangan. Ichki yuk tashishda avtomobil, temir yo’l va kabataj
kemalari asosiy o’rin tutadi.
Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 1,2 mln km bo’lib (umumjahon
avtoyo’llarning 4,8 %i) uning 43% i qattiq qoplamli, 5 ming km esa tez qatnov
yo’llaridir. Avtomobillar soniga ko’ra Yaponiya dunyoda AQSH dan keyin 2-
o’rinda turadi (1000 kishiga 500 ta). Mamlakatda tashiladigan jami yukning 7,4
%i, yo’lovchilarning 57 % i avtotransport hissasiga to’g’ri keladi.
109
Temir
yo’llarning umumiy uzunligi 30 ming km bo’lib, ularning yarmi
elektrlashtirilgan. Eng muhim temir yo’li “Sinkansen” magestrali bo’lib, u Kyusyu
orolidan Xonsyu orolini shimolidagi Aomori shahrigacha 1100 km ga
cho’zilgan. Bu yo’lda qatnovchi “Poezd-o’q” (“Xikari”) soatiga 240km tezlikda
xarakatlanib, yiliga 120 mln yo’lovchi tashiydi. Bunda u 66 ta tunnel va 3000 ta
ko’prikdan o’tadi. Xonsyu va Xokkaydo orollari orasidagi Sugari bo’g’oziga
dunyodagi eng uzun (54 km li) tunnel qurilgan (1970-1988 yillar). Mazkur
“Seykan” tunnelini 23 km suv ostidan o’tgan. Bu yo’l “Tokio- Sapporo”
oralig’idagi poezd qatnovini ancha tezlashtirdi.
YAponiyada tashiladigan jami yukning 91,7 % i dengiz transportida, 7,4 % i
avtomobil transportida, 0,7 % i temir yo’l transportida, 0,2% i havo transportida
tashiladi.
YAponiyada tashiladigan jami yo’lovchining 56,9 % i avtomobil transportida,
33,9 % i temir yo’l transportida, 8,7% i havo transportida, 0,5 % i boshqa
transport turlarida tashiladi.
Yaponiya yo’lovchi tashuvchi temir yo’llarning zichligiga ko’ra dunyoda 1-
o’rinda turadi. Temir yo’llarning eng serqatnov qismi Tokio- Osaka oralig’idir.
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti muhim
ahamiyatga ega. Mamlakatda tashiladigan barcha yukning 91,7 % ini dengiz
transporti hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar orasida eng
katta va eng zamonaviy savdo flotiga ega. U dunyoda yuk tashish tonnasi bo’yicha
6-o’rinda turadi (yiliga 22 mln reg. t.). mamlakatda 100 dan ortiq portlar bo’lib,
ular ichida eng yiriklari Tokio, Tiba, Iokagama, Nagoya, Kobe, Kavasaki, Osaka,
Xerosima, Kitakyusyu kabilardir. Dunyoda 2700 ta port bor.
Havo transporti mamlakatning asosiy xalqaro va ichki aloqalarida muhim
ahamiyatga ega. Yaponiyada tashiladigan jami yukning 0,7 % i, yo’lovchining 8,7
% i havo transporti hissasiga to’g’ri keladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega.
Buning asosiy sababi mamlakat iqtisodini ko’p sohalarni chet el xom-ashyosiga
tayanishi
va
tayyor
sanoat
mahsulotlarini
eksport
qilinishidir.
Yaponiya jahonning juda ko’p mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirib bormoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi (oborot) ning katta
qismi (1/3 qismi) AQSH hissasiga to’g’ri keladi. Yaponiya eksportini 1/3 va
importini ¼ qismi AQSH ga to’g’ri keladi. AQSH dan tashqari asosiy savdo
sheriklari: Xitoy, Avstraliya, Germaniya,Indoneziya va “Osiyo yo’lbarslari”
davlatlari.
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, Yaponiya eksportida kapitalning
salmog’i to’xtovsiz oshib bormoqda. kapitalni asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiy
davlatlari (avvalo “Yapon modeli” asosida rivojlanayotgan “Osiyo yo’lbarsi”
davlatlari) G’arbiy Evropa davlatlari va AQSH ga to’g’ri keladi. Keyingi
vaqtlarda Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari o’sib
bormoqda.
Yaponiya milliy valyutasi-sena, erkin almashinadigan valyuta (SKV) bo’lib,
u xalqaro valyutalar qatoriga kiradi. Uning qiymati xozirda (2006 yil 1- aprel
ma’lumoti) quyidagicha: 1$ = 118,9 ien, 1¥ = 1s 26 tiyin.
110
O’zbekiston jahonning 140 dan ortiq davlati bilan iqtisodiy aloqalar olib
bormoqda. qo’shma korxonalar soni 2003 yil 3539 taga etdi. O’zbekiston –
Yaponiya hamkorligi bo’yicha 14 ta xujjat imzolangan. Ular asosan “ta’lim
sohasida”, “turizm”, “mintaqaviy xavfsizlik”, “iqtisodiy hamkorlik” kabi
yo’nalishlarda. O’zbekiston iqtisodiyotiga Yaponiya tobora ko’proq investisiya
kiritmoqda. Masalan: Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi va Sho’rton gaz-
kimyo majmuasi qurilishida Yaponiya faol ishtirok etdi. O’zbekistonga –
Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste’mol mahsulotlari, aloqa
kommunikasiya vositalari import qilinsa, O’zbekistondan Yaponiyaga paxta, ipak,
tog’-kon, metallurgiya maxsulotlari eksport qilinmoqda. 2001 yil ma’lumoti
bo’yicha O’zbekistonga Yaponiyadan import qilingan mahsulotlar hajmi 100 mln
AQSH dollaridan oshiqni tashkil etdi. O’zbekiston esa Yaponiyaga 10-20 mln
AQSH dollari hajmida mahsulot eksport qilgan.
Dunyo bo’yicha import qilinayotgan yoqilg’i va xom-ashyoni 10 %idan
ortig’i Yaponiya xissasiga to’g’ri keladi. Yoqilg’i va xom-ashyo importi bo’yicha
bu mamlakat dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3- o’rinda turadi.
Yaponiyaning asosiy importi: yoqilg’ilar, rudalar va boshqa xom-ashyolar, oziq-
ovqat, sanoat mahsulotlari, to’qimachilik, ximiya, mashina va asbob-uskunalar,
o’rmon, qishloq xo’jalik mahsulotlari.
Asosiy eksporti: mashina va uskunalar, avtomobillar, qorametallurgiya
mahsulotlari, kemalar, apteka, kapital, ximiya, to’qimachilik va ishlov beruvchi
sanoatning boshqa mahsulotlari, ilmiy – tadqiqot ishlari uchun jihozlar,
elektronika va elektrotexnika buyumlari.
Xo’jaligini iqtisodiy geografik farqlari.
Yaponiya aholisini joylashishi va xo’jaligini rivojlanish darajasi jihatidan
xududi ikki qismga bo’linadi: ya’ni “tashqi” (“Quyoshli”) va “ichki” (“Soyali”).
“Tashqi” Yaponiyaga Xonsyu orolining markaziy qismidagi dengiz bo’yi
pasttekisliklari kiradi. Bu qism Tinch okeani sohili bo’ylab (15-65 km) Kambar
polosada joylashganligi uchun “Tinch okeani mintaqasi” ham deb ataladi. Bu
mintaqa mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy o’zagidir. Mazkur o’zakda
mamlakatning asosiy sanoat, savdo, transport, moliyaviy, ilmiy, energetika
markazlari joylashgan. Qurilish maydonlari etishmaganligi uchun ko’plab yirik
korxonalar “dengiz hisobida” gi joylarga qurilgan. Bu mintaqa mamlakatning
faqat “sanoat mintaqasi” bo’libgina qolmay, balki muhim transpot va intensiv
qishloq xo’jaligi rayoni hamdir.
Mamlakatning asosiy sanoat rayonlari (Tokio, Osaka,Nagoya, Kitakyusyu)
va yirik shaharlari xullas, aholi va ishlab chiqarish shu mintaqada joylashgan.
Tinch okeani mintaqasi butun mamlakat hududini 1/3 qismiga yaqinini egallagan,
jami aholining 2/3 qismidan ortig’ini o’z ichiga oladi. Bu mintaqada Yaponiyada
ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotini 85 % i ishlab chiqariladi, elektr
energiyasini 70 %, metallurgiya mahsulotini 80 % , jami qishloq xo’jalik
mahsulotini 50% dan ortig’i etishtiriladi.
Bu mintaqada Tokio, Osaka,Nagoya aglomerasiyalari va bir qator shaharlar
o’zaro tutashib, Tokaydo megapoliysini tashkil etadi.
111
Quyida “tashqi” Yaponiyadagi ayrim shaharlar haqida qisqacha to’xtalib
o’tamiz. Tokio-Konto tekisligida joylashgan bo’lib, 1869 yildan buyon mamlakat
poytaxti hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik shaharlardan biri bo’lib, shaharning
o’zida 9 mln kishi, aglomerasiyasi bilan birga 20 mln dan (24 mln kishi) ortiq
aholi yashaydi. Tokio (yaponcha “Sharqiy poytaxt” demakdir) eng muhim sanoat,
savdo, transport va madaniyat markazidir. Shaharda avtomobilsozlik,
elektrotexnika, elektronika, neft-kimyo, poligrafiya, to’qimachilik, oziq-ovqat
sanoat korxonalari, mamlakatdagi yirik ilmiy-tadqiqot markazlari joylashgan.
Iokagama – dengiz kanali orqali Tokio bilan qo’shilgan. Shaharda
mamlakatning eng yirik kemasozlik markazi, neft-kimyo, po’lat eritish va ko’p
metall talab mashinasozlik korxonalari joylashgan.
Nagoya shahrida yirik metallurgiya, og’ir mashinasozlik va kimyo sanoati
majmuasi joylashgan. Shuningdek, to’qimachilik va avtomobilsogzlik rivojlangan.
Osaka shahrida to’qimachilik va to’qimachilik mashinasozligi, elektronika,
kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika sanoatlari rivojlangan.
Kobe – qora metallurgiya va kemasozlik shahri. Po’latdan tashqari kimyo va
mashinasozlik sanoatlari ham rivojlangan.
Kioto – Yaponiyaning ilgargi poytaxti bo’lib, xozirda bu shaharda
mashinasozlik, kimyo va qorametallurgiya sanoatlari rivojlangan.
Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) – yirik port shaharlardan biri bo’lib, shaharda
asosan qora metallurgiya, og’ir mashinasozlik, kimyo va to’qimachilik sanoatlari
rivojlangan.
“Ichki” Yaponiyaga Janubiy Kyusyu, Shimoliy Xonsyu, Xokkaydo, Sikoku,
Ryukyu orollari kiradi. Bu qismda avvalo aholi nisbatan siyrak joylashgan, sanoat
korxonalari ayrim shaharlardagina mavjud. Ichki Yaponiyada qishloq xo’jaligi
ustun turadi, undan tashqari tog’-kon sanoati va o’rmon xo’jaligi rivojlangan.
Xakodate (Xokkaydo oroli) va Nagasaki (Kyusyu oroli) shaharlarida
mamlakatdagi eng yirik baliq konserva sanoati joylashgan.
So’ngi vaqtlarda Yaponiya davlati “ichki” qismini rivojlantirishga qaratilgan
regional siyosat yuritmoqda. Tinch okeani mintaqasidagi ekologik va demografik
vaziyatni yumshatish maqsadida texnopolislarni “ichki” qismda bunyod etilishi,
Seykan
temir
yo’l
tunnelini
qurilishi
regional
siyosatni
amalga
oshirayotganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib biz Yaponiya xo’jaligi bilan tanishar ekanmiz, quyidagi
xulosalar bilan o’z fikrimizni yakunlaymiz: maydoni O’zbekiston respublikasi
maydonidan 77 000 km
2
ga kichkina, aholisi soniga ko’ra O’zbekistondan 5
barobar katta bo’lgan, yoqilg’i va xom-ashyoga juda kambag’al. Yaponiyani
jahonning eng qudratli va nufuzli davlatga aylanishiga quyidagi yagona omil ya’ni
o’ta malakali va ma’naviyatli xalqi sabab bo’ldi. Ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha
Yaponiya xatto AQSH dan ustun turadi. Bunga asosiy sabablar: ta’limning yuqori
darajadligi, malakali ishchi kuchi, mehnatsevar xalqi, o’z ishiga o’ta mas’uliyat
bilan qarashi, tartib-intizomliligi, dunyoda bolalar o’limining eng kamligi,
aholisini umr ko’rishini eng yuqoriligi, bolalar tarbiyasiga yoshligidan katta
e’tibor berilishi, fanga jaratiladigan mablag’larni juda ko’pligi (dunyo bo’yicha
birinchi o’rinda), ilmiy xodimlar sonining ko’pligi (Buyuk Britaniya, Fransiya va
112
Germaniyani
birga
hisoblaganda
ham
Yaponiyada
ulardan
ko’p),
universititetlarning ko’pligi (butun G’arbiy Evropadagi universititetlardan ko’p)
kabilardir.
Shu boisdan ham prezidentimiz I.A. Karimov kadrlar masalasini 3-ustuvor
yo’nalish tarqasida eng dolzarb masalalar qatoriga kiritdi. “Ta’lim to’g’risida” va
kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi o’zbekiston respublikasi qonunlari,
hamda O’zbekiston respublikasi prezidentining “ta’lim – tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish
to’g’risida” gi farmonini bajarish borasidagi asosiy ishlar davr talablariga to’liq
javob beradigan yuqori malakali mutahassislarni tayyorlashdir.
Dostları ilə paylaş: |