Mavzu: Ozarbayjon Respublikasi.
Ozarbayjon Respublikasi Zavkavkazening sharqida joylashgan bo’lib, hududi va
aholisi soniga ko’ra Guruziya va Armanistondan katta. Maydoni 86,6 ming km
2
siyosiy – ma’muriy jihatidan Nanichevan avtonom respublikasi 64 rayondan
tashkil topgan. Ozarbayjon shimoldan Dog’iston respublikasi, sharqdan kaspiy
dengizi, janubdan Eron, g’arbdan esa Armaniston, Guruziya bilan chegaradosh.
Iqtisodiy – geografik o’rni baholanganda Kaspiy dengizi sohillari yuqori
baholanadi, chunki, Kaspiy orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan,
Qozog’iston, Tukrmaniston, Eron rempublikalari bilan bog’langan. Ozarbayjon
hududining asosiy qismini Qura – Araks pasttekisligi va Shirvan tekisligi
egallagan. Ozarbayjon hududi Qora dengizdan kichik Kavkaz tog’lari orqali
to’silganligi sababli iqlimi arid, sug’orib dehqonchilik qilishni talab etadi. Asosiy
daryolari Qura, Araks va uning irmoqlaridir. Minchechaur,Araks kabi suv
omborlari va Samur – Apsheron kanalini qishloq xo’jaligidagi ahamiyati katta.
100
Tabiiy boyliklardan Ozarbayjon hududida nef’t, tabiiy gaz, temir rudasi, alunit
uchraydi. Asosiy boyligi nef’t, shuning uchun HGMT da Boku nef’tchilar shahri
deb tan olinadi.
Nef’t asosan Apsheron yarim oroli va uning atrofidan, Kaspiy dengizi tubidan
qazib olinadi. Neftyanie Kaini koni Ozarbayjondagi eng yirik gaz konidir.
Ozarbayjon nef’tining 60% i dengiz tubidan qazib olinadi. Shunga qaramay
mamlakatda nef’t qazib olish yil sayin kamaymoqda. Sababi nef’t qazib olish
Ozarbayjonda XIX asrning o’rtalaridan boshlangan, tabiiy gaz qazib olish esa
1928 yildan boshlangan. Shuningdek Boku nef’ti 5 ming metr chuqurlikdan qazib
olinadi. Boku nef’tining tan narxi qimmat, lekin sifati yaxshi, toza aralashmalarsiz
bo’lganligi uchun uni “oq nef’t” deyishadi.
Temir rudasi Dashkesan konidan qazib olinadi, uning bir qismi Ozarbayjonda, bir
qismi Guruziyada eritilinadi. Alunit esa Alunit dog’da qazib olinada va Sungant
shahrida eritiladi. Mamlakatda boshqa tabiiy resurslar uchramaydi.
Aholisi – 7553000 (1996 y), 8,2 mln kishi (2003 y) bo’lib, aholi zichligi 1km
2
ga -87 kishi. Tug’ilish koeffisenti 14‰ li, o’lim 6‰ li, bir ayolga 1,9 bola to’g’ri
keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 29%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar
16%, o’rtacha umr 69-75 yosh. YAMD 2890 dollar (2001 y).Aholisining asosiy
qismi ozarbayjonlar, qisman ruslar. Urbanizasiya darajasi bo’yicha MDH ning
Evropa qismida eng past ya’ni 54 % ni tashkil etadi. Ozarbayjon respublika
sifatida 1920 yil tashkil topgan, lekin mustaqillikka erishgandan so’ng (1990y) bir
qator milliy nizolar bo’lib o’tdi. Tog’li – Qorabog’ agronom oblast markazi
Stepana – kert – Xankendi bo’ldi va Agronom oblast bekor qilindi. Naxichevan
va Dog’iston mojarolari.
Millioner shaharlari: faqat Boku – 1081000. Yirik shaharlari: Genja
(Kirovobod) – 282 000, Sumgant – 236 000, Minchechaur – 91 000 kishi. Davlat
tili – ozarbayjon, boshqarilish shakli – respublika. Ozarbayjon respublikasi asosiy
sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, ximiya sanoati va mashinasozlik sanoati
bo’lib, ularning taraqqiy etishi neft qazib olish bilan bog’liq.
Neftni qayta ishlash sanoati Bokuda joylashgan bo’lib, u butun Ozarbayjon
neftini hatto chet el neftini (Qozog’iston, Turkmaniston) qayta ishlaydi. Shuning
uchun Boku ilgari Qora Boku deb atalgan. Qayta ishlangan neft mahsulotlari
Armaniston, Gruziya, Rossiya va chet ellarga sotiladi.
Ximiya sanoati esa neft chiqindilaridan sintetik kauchuk, smola, shina,
erituvchi moddalar va motor moylarini ishlab chiqaradi. Ximiya sanoatini yirik
markazlari: Boku, Sumgant va Neftechalada joylashgan.
Mashinasiozlik sanoati mahsulotlarining 25 % ini neft va gaz sanoati jihozlari:
burg’u mashinalari va burg’u ustunlari, suzuvchi burg’u moslamalari va nasoslari,
burg’u quduq jihozlari tashkil etadi. Mashinasozlik sanoati yana priborlar (GRP,
gaz kranlar va h.k), elektro va radio texnikalarni ishlab chiqaradi. Mashinasiozlik
sanoati markazlari: Boku, Mingechaur, Genja, Xankendi.
Qora metallurgiya sanoatining markazlari Sumgant shahri bo’lib, u erdan neft
sanoati uchun quvurlar va prokat ishlab chiqariladi.
101
Aholi va sanoatni elektr energiyasi bilan ta’minlashda Minchechaur va
Shamxor GES lari, Ali-Bayram (tabiiy gaz), Boku va Sumgant IES lari (mazut)
ning ahamiyati yuqori.
Baliq ovlash Kaspiy sohillarida rivojlangan bo’lib, baliq-konserva sanoati
Boku, Sumgant, Bank, Lenkoran shaharlarida mavjud.
Qishloq xo’jaligi intensiv xarakterga ega. Dehqonchilik ustun turadi.
Ozarbayjonda paxta, sholi, bug’doy, uzm tamaki, choy etishtiriladi. Bog’dorchilik
va ipakchilik rivojlangan. Choy va subtropik ekinlar Lenkoran pasttekisligda
etishtiriladi. Katta va Kichik Kavkaz tog’ etaklarida Ozarbayjon uzumzorlarini
60% i joylashgan. Talish tog’i.
Asosiy eksporti: neft, neft mahsulotlari, gaz, neft sanoati uskunalari va
jihozdari, neft quvurlari, meva-cheva konservalari.
Asosiy importi: metall, ko’mir, mashina, o’rmon.
Ozarbayjonda dengiz bo’yi turizmi rivojlanmoqda.
Pul birligi – manat.
Dostları ilə paylaş: |