126
Aholisi 266 mln (1998 y), 291,5 mln kishi (2003 y) bo’lib, aholi soniga ko’ra
dunyoda 3- o’rinda turadi. Tug’ilish koeffisienti 14 ‰, o’lim 9‰ . 15 yoshgacha
bo’lganlar jami aholining 21 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 13 % ini tashkil etadi.
O’rtacha umr 74-80 yosh. 1 ayolga 2 bola to’g’ri keladi. YAMD 34280 $
(2001y).AQSH aholisini asosan Yevropadan ko’chib
kelganlar, Afrikadan qul
qilib olib kelingan negrlar tashkil etar edi. Hozirda aholisining 95 % ini AQSH da
tug’ilganlar tashkil etadi. Hozirda negr aholi 29,2 mln kishini (12%) ispan tilida
so’zlashuvchi amerikaliklar 17 mln, indeyeslar esa 1,4 mln kishini tashkil etadi.
Davlat tili ingliz tili.
Ma’lumki, XVI asrda SHimoliy Amerika Ispaniya, Angliya, Fransiya
mustamlakasi edi. XVII asrning 1- yarmida negrlar keltirilgan. AQSH –
rasmiy
jihatidan 1776-yil Angliyaning 13 mustamlakasini birlashishidan tashkil topgan.
AQSH da 50 ta shtat va 1ta federal okrug (Kolumbiya) dan tashkil topdi.
Aholisining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 30 kishi. AQSH uchun shahar
aglomerasiyalari xos xususiyat bo’lib, hozirda AQSH da 7 ta millioner shahar va
40 ta millioner aglomerasiyalar mavjud. Ularda AQSH aholisining yarmi
yashaydi. AQSH uchun megopolislar xosdir. Davlat tuzumiga ko’ra – AQSH
federativ respublika. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1990 – yillargacha AQSH
dunyoda militarizmning markazlaridan biri bo’lgan va bir qator harbiy-siyosiy
bloklarga bosh bo’lgan. Masalan, NATO, SEATO, ANZYUS, SENTO.
AQSH da qonun chiqaruvchi organ –
AQSH kongresi, kongres vakillar
palatasi va senatdan iborat. Siyosiy partiyalari:
1.
Respublikachilar partiyasi.
2.
Demokratik partiya.
3.
Kommunistik partiya.
AQSH XIX asrning oxiridayoq sanoat mahsulotining hajmi bo’yicha Buyuk
Britaniyadan o’zib ketib dunyoda birinchi o’ringa chiqib oldi va hamon birinchi
o’rinda. AQSH sanoatning deyarli barcha sohalari bo’yicha dunyoda etakchi, ayniqsa
aviaraketa – kosmos, hisoblash texnikasi, harbiy, AES lar quvvati va h.k.
AQSH sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish
va xududiy konsenrasiyasi
(to’planganligi) bilan ajralib turadi. Masalan, Michigan (avto), Kaliforniya (kosmos),
Texas (kimyo), Arizona (makka) va h.k. AQSH da barcha sanoat tarmoqlari mavjud,
lekin AQSH sanoatini avvalo avtomobilsozlik, aviaraketa-kosmos, elektrotexnika va
neft sanoati belgilaydi.
AQSH qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning hajmiga ko’ra dunyoda etakchi.
Masalan: g’alla yalpi hosilining 1/3 qismi, g’alla eksportining yarmiga yaqini AQSH
ga to’g’ri keladi.
AQSH barcha transport turlarining rivojlanganlik darajasiga ko’ra ham jahonda
etakchi.
Uning
xarakterli hususiyatlari
–
transportning
barcha turlarini
rivojlanganligi, yuk va yo’lovchi tashish hajmining kattaligi,
yuklarning uzoq
masofaga tashilishi, avtotranspotning alohida mavqega ega ekanligi. Masalan: 90-
yillarda mamlakatda avtomobillar avtoparklarda 200 mln ga etdi. AQSH
xo’jaligining xozirgi geografik qiyofasi uchun iqtisodining asosan okean bo’yi va
ko’lbo’yida to’planganligi xosdir. Misol: uch megopolis mamlakat jami sanoat
mahsulotining 60 % ini beradi. Mamlakat xo’jaligining rivojlanishiga tabiiy resurslar
127
xam katta ta’sir etadi. Misol: rivojlangan davlatlar orasida AQSH ko’mir, neft, tabiiy
gaz, uran, temir, marganes, oltingugurt, fosforit va gidroenergiya
zapaslari jihatidan
1- o’rinda.
AQSH dehqonchiligida asosiy donli ekinlar 1- navbatda bug’doy ekiladi. Bug’doy
jami ekin maydonining 2/3 qismiga ekiladi. Bundan tashqari makkajo’xori, oqjo’xori,
soya, qand lavlagi, shakar qamish, sabzavot va mevalar muhim o’rin tutadi. AQSH
chorvachiligidagi etakchi yo’nalishlar: sut-go’sht uchun qoramol, cho’chqachilik,
parrandachilik (broyler) keng tarqalgan. 1994-yil AQSH da 101 mln qoramol (3-
o’rin), 54 mln cho’chqa, 10,4 mln qo’y bor edi. AQSH qishloq xo’jaligida yiliga 300
mln t. dan ortiq boshoqli va dukkakli don (1986-yil 31,7 mln t) etishtiriladi. Shu
jumladan 1986 –yil 56,8 mln t. bug’doy (O’zbekistonda yiliga 4,5-5 mln t.) 3,7 mln t.
paxta tolasi etishtirilgan. (O’zbekistonda don mustaqilligini ta’minlash uchun 6 mln
t.bug’doy kerak).
AQSH da transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo’nalishdagi
transkontinental magistrallar tashkil etadi. Temir yo’llarining umumiy uzunligi
245 000 km, avtoyo’llar esa 5 mln km.
AQSHda tashiladigan jami yukning 18,2 % i dengiz transportida, 25,4 % i avtomobil
transportida, 30,3 % i temir yo’l transportida, 16,5 % i quvur transportida, 9,3 % i
ichki suv transportida, 0,3 % i havo transportida tashiladi.
AQSHda tashiladigan jami yo’lovchining 88,2 %
i avtomobil transportida, 0,3 % i
temir yo’l transportida, 11,3% i havo transportida, 0,2 % i boshqa transport turlarida
tashiladi.
AQSH 1990 yil yiliga 365 mln t neft (dunyoda 2-o’rinda) qazib olgan bo’lsa, 400
mln t. chetdan sotib oldi (sotib olish bo’yicha dunyoda 2- o’rinda Yaponiya 160 mln
t.). 90-yillari AQSH 500 mln m
3
qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) lekin sotib olishda
1- o’rinda. 860 mln t. ko’mir qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) va chetga sotgan. 55
mln t. temir qazib olgan va chetdan sotib olish hisobiga 98 mln t. (2001 y) po’lat
eritgan (2-o’rinda).
Asosiy eksporti: “kapital”, mashina va jihozlar, g’alla, ko’mir, sanoat
mahsulotlari, to’qimachilik mahsulotlari,
oziq-ovqat, qurol-yaroq, qishloq xo’jaligi
texnikalari, samolyotlar (Boing), kemalar, sholi, paxta tolasi, tamaki.
Asosiy importi : neft, tabiiy gaz, temir, shakarqamish, tabiiy kauchuk.
Dostları ilə paylaş: