132
Mis qazib olishda 10- o’rinda;
Fosforit qazib olishda 6- o’rinda;
Oltin qazib olishda 1- o’rinda (yiliga 630 t.)
Ko’mir qazib olishda 8- o’rinda (yiliga 180 mln t. qazib oladi,
Yevropa va
Yaponiyaga eksport qiladi). Olmos, platina va uran qazib olishda 1- o’nlikka kiradi.
Aholisi soni 44 mln kishi (2003 yil), 47,3 mln kishi (2006 yil) bo’lib, u
demografik tanglikda. 2003 yil ma’lumoti bo’yicha Janubiy Afrika Respublikasida
tug’ilish koeffisienti -23‰, o’lim 14‰. Agar aholining tabiiy ko’payishi shu xolatda
ketsa, 2025 yil aholi soni 35 mln kishiga tushib qoladi. Chaqaloqlar o’limi 57‰. 1
ayolga 2,8 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar soni 34 %, 64 yoshdan
o’tganlar 5% . o’rtacha umr 53-54. YAMD butun Afrika materigi bo’yicha o’rtacha
2120 $. Janubiy Afrika Respublikasida eng yuqori 10910 $ tashkil etadi. 15 yoshdan
49 yoshgacha bo’lgan aholining 20 % i “VICH” bilan zararlangan. Bu ko’rsatkich
Afrika materigida 6,5 % ni, butun dunyoda esa 1,2 % ni tashkil etadi. Botsvanada eng
yuqori 39 %.
Aholdisining 4/5 qismini tub joy xalqlari (zumus, bantu, bur, kasa), 12 % ini oq
tanlilar (ingliz, golland, fransuz), qolganini Osiyodan ko’chib kelganlar va mulatlar
tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km
2
joyga 36 kishi. Urbanizasiya darajasi 45 % . Hayot
darajasi o’rtacha. Millioner shaharlari yo’q, lekin millioner aglomerasiyalari mavjud:
Yo’xannesburg, Keyptaun, Durban, Pretoriya.
Davlat tili afrikans va ingliz.
Janubiy Afrika respublikasi siyosiy-ma’muriy jihatdan 9 ta provinsiyadan tashkil
topgan. Federativ respublika. Kap xududini dastlab 1662
yil gollandlar bosib olgan,
XIXasr boshida esa inglizlar bosib olgan. 1961-yildan boshlab Janubiy Afrika
respublikasi mustaqil deb e’lon qilingan. Janubiy Afrika respublikasi 1915-92 yillar
Namibiyani mustamlaka qilgan. Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Millatchilar partiyasi (1948 yil).
2. Konservativ partiyasi (1982-yil)
3. Progressiv – federal partiyasi
Davlat boshlig’i prezident, boshqaruv organi esa 3 palatali parlametdan iborat.
Janubiy Afrika respublikasi rivojlangan industrial – agrar ko’chirma kapitalizm
davlatidir. U Afrika xududining 4,1 %
ini egallagan, aholisining 6 % ini o’z ichiga
olgani holda, butun Afrikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotini 40% ini,
po’latni 80 % ini beradi. Qit’adagi jami temir yo’llarning 1/3 qismi, avtomobillarning
deyarli yarmi Janubiy Afrika Respublikasiga to’g’ri keladi.
Vitvatersrant rayoni nafaqat Janubiy Afrika respublikasini, balki butun
afrikaning eng yirik sanoat rayonidari. Bu rayon “Afrika Ruri” nomini olgan. Janubiy
Afrika respublikasining iqtisodiy poytaxti Yoxannesburg shu rayonda joylashgan
bo’lib, eng yirik va zamonaviy shahar. Vitvatersrant rayoni – toshko’mir, uran, oltin,
platina, xromid, olmos, asbest konlari asosida tashkil topgan.
O’tgan XXasrda 100 yildan ortiq vaqt davomida JAR iqtisodini asosini oltin qazib
olish tashkil etadi. Olmos qazib olish va uni zaxirasi bo’yicha JAR dunyoda 5-
o’rinda turadi. Afrikada birinchi olmosni 1869 yil hozirgi Kimberli shahri o’rnidan
bir cho’pon bola topgan. Shuning uchun tarkibida olmos bo’lgan tog’ jinsi kimberlit
deyiladi. 3 t. kimberlitdan 1 karat (0,2 gr) olmos olinadi. Dunyoda qazib olinayotgan
133
barcha olmosning (yiliga 100 mln karat) 10 % i JAR ga tegishli. JAR yiliga 3,5 ming
t. uran qazib oladi va bu soha bo’yicha u dunyoda Kanada va AQSH dan keyin 3-
o’rinda turadi.
Mamlakatda yiliga 3,5 mln t.
xrom rudasi, 3,7 mln t. marganes, 10 mln karat
olmos va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi.
JAR da yiliga 100 mlrd kVt/s elektr energiyasi hosil qilinadi. Uning asosiy
qismini Vitvatersrand rayonidagi IES lar va Keyptaun AES i beradi. Asosiy sanoat
tarmoqlari:
qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, ximiya, engil, oziq-ovqat
sanoatlari.
Yirik sanoat markazlari: Yoxannesburg, Pretoriya, Keyptaun, Durban, Ist-London,
Port- Elizabet, Nyukasl.
JAR ni barcha hududini birday iqtisodiy rivojlangan deb bo’lmaydi. Chunki,
“aparteid” (alohida rivojlanish) siyosiy chuqurlashgan davrda, ya’ni 1976-1981 yillar
sovuq rezervasiyalar o’rnida 10 ta “qoralar mustaqil davlati” yoki bandustan tarkib
topgan. U erlarda sosan “qora tanlilar” yashaydi. Erlari kam unum, qishloq xo’jaligi
esa kam mahsul. Yirik shaharlari yo’q. JAR dagi unumdor erlarning 87 % i oq
tanllarga qaraydi.
Shunday qilib, JAR xo’jaligida iqtisodiy
rivojlangan mamlakatni ham, iqtisodiy
rivojlanayotgan mamlakatni ham ko’rish mumkin. Shuning uchun JAR iqtisodi 2
yoqlama mamlakat deyiladi. Qishloq xo’jaligida asosiy o’rinda dehqonilik turadi.
Mamlakatda yiliga 15 mln t. g’alla etishtiriladi. G’allaning 4/5 qismini makkajo’xori
tashkil etadi. JAR da yiliga 2 mln t. bug’doy, 500 000 t. sargo etishtiriladi. G’alladan
tashqari yana eryong’oq, tamaki, kungaboqar, paxta, sitrus mevalari ham etishtiriladi.
JAR da 13 mln bosh qoramol, 31 mln bosh qo’y, 1,5 mln bosh cho’chqalar
boqiladi. Chorvachilikning bunday rivojlanishida Evropaliklarning roli yuqori.
Transporti. Avtomobil transporti mamlakat ichkarisida yo’lovchi va yuk tashishda
muhim ahamiyatga ega. Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 40 ming km. Temir
yo’llarning yuk tashishdagi roli yuqori. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 23 ming
km dan ortiq.
Havo transporti yaxshi rivojlangan bo’lib, eng yirik universal porti Durban porti,
eng yirik ko’mir va ruda eksport qiluvchi mahsus porti Richards- Bey portidir.
Mazkur portlardan yiliga 50100 mln t. yuk o’tadi. Port-Elizabet va Keyptaun portlari
kichikroq portlardir.
Asosiy
eksportiN temir, marganes, xrom, nikel, oltin, mis, foforit, ko’mir, uran,
olmos, makkajo’xori, chorva mahsulotlari.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, ximiya sanoati mahsulotlari, bug’doy, sanoat
buyumlari.
Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya.
Pul birligi – rand.
Dostları ilə paylaş: