131
2. Murosasizlar partiyasi (1963-yil)
3. Xristian demokratik partiyasi (1954-yil)
4. Sosialistik partiya (1986-yil)
5. Argentina kommunistik partiyasi (1918-yil).
Argentina Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Argentina
ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniyaning kapitali kuchli ta’sir
etadi. Asosiy rivojlangan sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash,
qora metallurgiya,
mashinasozlik, ko’n poyabzal, rangli metallurgiya tarmoqlaridir. Yirik sanoat
markazlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario.
1987-yil mamlakat 2,7 mln t. cho’yan, 3,4 mln t. po’lat, 2,7 mln t. prokat ishlab
chiqargan. 184 ming avtomobil ishlab chiqargan. 47 mlrd kVt/s elektr –energiyasi
hosil qilgan.
Qishloq xo’jaligi asosan La-Plata pasttekisligida rivojlangan. Donli ekinlar etakchi
o’rin tutadi, ayniqsa, makkajo’xori va bug’doy. 1986-87 yillar mamlakatda 32 mln t.
don etishtirildi. Bulardan tashqari
mamlakat shimolida paxta, shakarqamish, sholi,
tamaki, sitrus kabilar etishtiriladi. Qishloq xo’jaligida etakchi tarmoq qo’ychilik
bo’lib, u asosan Pategoniyada, pampaning g’arbiy qismida va tog’li rayonlarda
yaxshi rivojlangan. Ma’lumki, Argentina
jahonda XGMT da jun teri, go’sht eksport
qiluvchi mamlakat sifatida tanilgan. Argentinadagi eng rivojlangan sanoat tarmog’i
ko’n –poyabzal sanoati bejiz rivojlangan emas. Ma’lumki, Argentina maydoniga
ko’ra jahonda 1-o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi.
Maydoni yirik bo’lganligi sababli Argentinada temir yo’llar transporti yaxshi
rivojlangan. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 39,8 ming km ni tashkil etadi.
Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 54,6 ming km ga teng. Havo transportiham yaxshi
rivojlangan bo’lib, 10 ta xalqaro aeroport bo’lgan. Pul birligi – peso, real.
Asosiy eksporti: don, go’sht, jun, vino, mevalar va sanoat mahsulotlari chiqariladi.
Asosiy importi: mashinalar, asbob-uskunalar, yoqilg’i, ximiya mahsulotlari, elektr
stansiyalar uchun jihozlar.
Tashqi savdosi asosan AQSH, Horijiy Yevropa, Yaponiya, MDH ga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: