57
3.Moyliekinlar:
kungaboqar,eryong’oq,soya,kanakunjut,kunjut,zig’ir,gorchisa,zaytun,tung
(tung
daraxti janubda o’sadi,undan metallarni korroziyadan,yog’ochni esa chirishdan
saqlaydigan lak tayyorlanadi).
4.Efir
moyli
ekinlar-(yalpiz,geran,atirgul,lavanda,koriandr)
konditer
va
parfyumeriyada ishlatilinadi.
5.Tolali o’simliklar-g’o’za,uzun tolali zig’ir,jut,kanop,sizal.
6.Dorivoro’simliklar-
kiyiko’t,isiriq,chakanda,zubturum,marmarak,na’matak,aloe,jenshen.
7.Oshlovchi (taran).
8.Narkotik (nasha,ko’knori).
9.Bo’yoq beruvchi.
Tolali ekinlarda paxta katta ahamiyatga ega.Jahonda har yili 15-16 mln.t. paxta
tolasi ishlab chiqariladi.Paxta qimmatbaho,lekin vegetasiyasi uzoq davom etadi.Paxta
quyosh nuri va suvni ko’p talab etadi.Paxta ekiladigan yerlar maydoni va paxta hosili
jihatidan Osiyo mamlakatlari 1-o’rinda turadi.2-o’rinda Amerika mamlakatlari,3-
Afrika mamlakatlari turadi.
Paxta tolasi yetishtirish bo’yicha yetakchi davlatlar:
1.Xitoy (4,2mln.t.y.) 4.Pokiston
2.AQSH 5.O’zbekiston
3.Hindiston
Asosiy eksportchilar-AQSH,O’zbekiston,Braziliya.
Importchilar-Horijiy Yevropa,Yaponiya,Rossiya.
Tolali zig’ir-tuproqda va havoda namni ko’p bo’lishini,o’rtacha issiqlik va
tuproqni o’g’itlashni talab qiladi.Beda bilan almashlab ekilsa yaxshi hosil
beradi.Zig’ir
asosan
Xitoy,
Rossiya,Belorussiya,Boltiqbo’yi,Polsha,Fransiyada
ekiladi.
Sizal asosan Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ekiladi.Kam eksport
qilinadi.
Jut asosan Bengal qo’ltig’i bo’yida etishtiriladi.Jahonda jutning asosiy qismini
Bangladesh beradi.
Tabiiy kauchuk asosan to’qimalarida tabiiy kauchuk olish uchun ishlatiladigan
sutshira-lateks ko’p bo’lgan o’simliklardan olinadi.Tabiiy kauchuk-geveya,tovsag’iz
(Qozog’iston),gvayula kabi o’simliklardan olinadi.Tabiiy kauchukning asosiy qismini
(85%)
Janub-Sharqiy
Osiyo
mamlakatlari,ko’proq
Malayziya,Indoneziya,Tailand,keyingi o’rinda Braziliya beradi.
Tabiiy kauchukni dunyo bo’yicha yalpi hosilini 46%ini Malayziya, 23%ini
Indoneziya beradi.
Asosiy eksportchilar ham shular.
Importchilar: Yaponiya,AQSH,Horijiy Yevropa.
Dostları ilə paylaş: