32
4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski
konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori
talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish
tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar,
shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina
metallar ishlatiladigan bo’ldi.
5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi.
Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab
qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham AQSH,
Yaponiya, GFR hamda Fransiyada rivojlanmoqda.
6.Kosmosning o’zlashtirilishi.
Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi
boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi mumkin
emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob tariqasida
boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga
axborot haqidagi fan ham hisoblanadi.
Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan
aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat
jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab
ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga,
ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib
bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib
borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani
ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa
mutaxassislar vujudga keladi.
XX1 asrni Buyuk Britaniya mutaxassislari “sotnik” telefonlar davri bo’ladi. 500
yil xizmat qilgan gazeta sinadi deb jar solmoqda.
Dostları ilə paylaş: