Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo aholisi geografiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo aholisi geografiyasi. 
Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va ayni paytda asosiy 
iste’molchisi hamdir. 
Aholining tabiiy o’sishi: tug’ilish, o’lim va tabiiy ko’payish hodisalarining 
yig’indisidan kelib chiqadi. Bu hodisalar aholining to’xtovsiz tiklanib va 
avlodlarning yangilanib turishini ta’minlaydi. 
Jahonda tug’ilish koeffisienti 21 ‰ bo’lgani holatda, bu ko’rsatkich – Gvineya 
Bisau, liberiya, KDR kabi davlatlarda 50 ‰. 
Aksincha, GFRda, Xitoy Makaosida - 8‰, YAponiya, Tayvan, Litva, 
Avstriya, Belorussiyada - 9‰ (2007 y). 
O’lim koeffisienti dunyo bo’yicha 9‰ bo’lgani holatida, bu ko’rsatkich 
Svazilendda 29‰, Botsvanada 27‰, angolada 22‰. 
Aksincha, Katar, Quvayt, BAA kabi davlatlarda 2 ‰ ga teng (2007 y). 
O’lim darajasi dastavval kishilar hayotining moddiy sharoitiga-ovqatlanishiga, 
mehnat va ro’zg’orning sanitariya-gigiena sharoitiga, sog’liqni saqlash ishlari 
taraqqiyotiga bog’liq. 
Tug’ilish darajasi –jamiyatning sosial-iqtisodiy tuzilishiga (rivojlangan yoki 
qoloqligi), jamiyat va oilada kishilar o’rtasidagi o’zaro a’loqalarga bog’liq. 
Odatda kishilarning moddiy farovonligi va madaniyati o’sgan sari, ayollarning 
ishlab chiqarishga va ijtimoiy faoliyatga ko’proq jalb etilgan sari, bolalarning 
o’qish muddatlari uzaygan sari, nikoh yoshi kechikkan sari (ilgari 14 yoshda 
uylagan, 9 yoshdan kuyovga bergan) bo’lsa, hozirda ayrim mamlakatlarda 30 
yoshdan o’tib oila qurmoqda. Masalan: Prosta Mariya filmida. G’arb 
mamlakatlaridagi korchalon xonimlar tug’ishni butunlay xohlashmayapti 
(implantasiya). 
Dunyo aholisining jinsiy tarkibi: 
YAngi dunyoda va Afrika, Avstraliyada erkaklar va ayollar soni deyarli teng. 
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Arabiston yarim oroli davlatlari va Liviyada 
erkaklar soni ko’p. Rossiya, SHarqiy va O’rta Yevropa davlatlarida aksincha, 
erkaklarga nisbatan ayollar soni ko’p. Masalan, BAA da 100 ayolga 147 ta, 


22 
Quvaytda 152 ta erkak to’g’ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada 
116 ayol, Rossiyada 113 ayol to’g’ri keladi (2005 y). 
Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42 
% i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i 
avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o’tkinchi tiplarga mansub. 
Aholining ko’payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta’sir etadi. Hozirda 
dunyo aholisining tabiiy o’sishi yiliga 90 mln. kishi, ya’ni tabiiy ko’payish 2%ni 
tashkil etsa, O’zbekiston aholisi 2,9%ga o’smoqda.
Jahonda aholisining tabiiy o’sish koeffisienti eng past bo’lgan mamlakatlar: 
Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6), 
Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.). 
Dunyo bo’yicha aholining yillik tabiiy o’sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu 
ko’rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , YAmanda 3,2 % 
, SHarqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 % ni tashkil etadi (2007 y). 
Hozirda dunyo aholisining tabiiy o’sishini 2 turga bo’lib o’rganiladi. 
Aholi ko’payishining 1-tipi: “Demografik tanglik”. Bu tur uchun tug’ilish, 
o’lim va tabiiy ko’payish ko’rsatkichlarining nisbatan past ekanligi xosdir. Bunga 
Shimoliy Amerika va Evropa davlatlari misol bo’ladi. Masalan: GFR, Daniya, 
Italiya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya, Latviya. Bu mamlakatlarda tug’ilishning 
kamayishiga shahar aholisining tez ortishi (shaharlarda tug’ilish qishloqlardan 
kam bo’ladi), ayollarning ishlab chiqarishga ko’p jalb etilishi, erkaklar 
salmog’ining nisbatan kamligi (15 mln.kishiga Horijiy Yevropada), katta 
yoshdagilar salmog’ining ortib, kichik yoshdagilar salmog’ining kamayishi sabab 
bo’ladi. Aholining tabiiy ko’payishi har 1000 kishiga 4 ta va undan kam. Masalan: 
Germaniyada oilaning o’rtacha me’yori 2,7 kishi. Har 4 oilaning 1tasi farzandsiz. 
Rossiyada ham tabiiy ko’payish ancha past bo’lib, ko’p bolali oilalarning 
kamayishi kam bolali oilalarning ko’payishi kuzatilinmoqda. Oilaning o’rtacha 
me’yori 3,2 kishini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tug’ilishning va tabiiy 
ko’payishning o’sishiga qaratilgan demografik siyosat olib borilmoqda. 
Aholi ko’payishining 2-tipi: “Demografik faollik yoki portlash”. Bu turi uchun 
tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqori, juda yuqori va o’limning kamligi xosdir. 
Aholi ko’payishining bu turi rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo’lib, asosiy 
sabablari: mustaqillikdan keyingi hozirgi zamon tibbiyoti, sanitariya-gigiena 
yutuqlaridan keng foydalanish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ekonomika 
taraqqiyot darajasining pastligi, qishloq xo’jaligining usturligi (bolalar ishi 
hisoblanadi), savodsizlik, sanitariya madaniyatining etarli emasligi, ayollarning 
oilada va jamiyatda erksizligi, nikohga erta kirishi, ko’p bolalikni 
rag’batlantiruvchi diniy, iqtisodiy (mat-geroy 10 ta bolali), milliy, mahalliy 
odatlar. 
Tug’ilish va tabiiy ko’payish yuqori bo’lgan mamlakatlar asosan Osiyo, Afrika 
davlatlardir. Bularda oilaning o’rtacha miqdori 6 kishi. Aholining tabiiy 
ko’payishi 1000:30 kishi. 90 yillari tug’ilish (1000:54) va tabiiy ko’payish 
(1000:41) eng yuqori bo’lgan davlat Keniya bo’lgan. Aholi ko’payishining sur’ati 
shunday saqlansa 17 yilda mamlakat aholisi 2 barobar ko’payadi. Buyuk Britaniya 
aholisining 2 hissa ko’payishi uchun 630 yil kerak bo’ladi. 


23 
Demografik portlash XX asrning 60 yillari paydo bo’lgan. Demografik 
portlash asosan Horijiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilinmoqda. Ma’lumki, aholisi 
soni 100 mln dan ortiq bo’lgan mamlakatlarning 7 tasi Osiyoda joylashgan. Bu 
mamlakatlarda demografik siyosat aholi tabiiy ko’payishini kamaytirishga 
qaratilgan (hatto konstitusiyaga kiritilgan). 
Demografik siyosat – Ma’muriy (er bermaslik, ishga olmaslik, uy joy bilan 
yaxshi ta’minlamaslik yoki aksi), iqtisodiy (oylikni to’la bermaslik, sosial 
ta’minotni yaxshilamaslik, bezdetniy, geroy ona va h.k. yoki aksi) targ’ibot va 
boshqa tadbirlar aholining tabiiy ko’payishiga o’zi hohlagan yo’nalishda ta’sir 
ko’rsatishdir. 
Dunyo aholisining tabiiy o’sishi regionlar bo’yicha:
Shimoliy Amerikada 1000/5 kishi. 
Lotin Amerikasida 1000/ 19 kishi. 
Horijiy Yevropada 1000/ 2 kishi. 
Horijiy Osiyoda 1000/ 18 kishi. 
MDH da 1000/7 kishi. 
Afrikada 1000/ 30 kishi. 
Avstraliya va Okeaniyada 1000/ 12 kishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin