Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARI, O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISH



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə7/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARI, O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISH


1. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o’quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o’rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismo­niy tarbiya va sport tadbirlarining yo’llarini o’rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.Shu sababdan bu fan O’zDJTI va Respub­lika oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari hamda pedago­gika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmog’i lozim.


Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’llari bilan qurollantirishdan iboratdir.
Shu maqsadda u o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;

  • davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini o’rganish;

  • yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;

  • egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalarni o’quv amaliyoti jarayonida tajribadan o’tkazish;

  • ilmiy-nazariy tadqiqotlar o’tkazishga davat etish;

  • reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o’quv rejasidagi «Jismoniy tarbiya va sport tarixi», «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», pedagogika, psixologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta’minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog’liqdir. Shu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tug’iladi.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo’nalishlar tashkil etadi:
- jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari;
- boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;
- boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;

  • jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;

  • horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro sport va Olimpiya harakatlari.

Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlab etishtirishdagi barcha yo’l-yo’riqlar o’z ifodasini topadi. Eng muhimi, O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi.
«Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fani o’zining tarixiga ega. Bu haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.
1954-1958 yillarda «Organizasiya fizicheskoy kul’tu­ri» degan nom bilan birinchi o’quv qo’llanmasi vujudga keldi. 1961 yilda professorlar Nikiforov I.M. va Polshanskiy V.S. (Moskva) tahririda «Organizasiya fi­zicheskoy kulturi v SSSR» nomli qo’llanma jismoniy tarbiya o’quv yurtlari talabalari uchun nashr kilindi.
1965 yilda yana shu olimlar taqririda «Organizasiya fizicheskoy kulturi» o’quv qo’llanmasi to’ldirilgan holda nashr etildi.
1977 yilda «Upravlenie fizkulturnim dvijeniem» nomi bilan birinchi marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, profes­sor Kulunkovich K.A. (Belorussiya Davlat jismoniy tar­biya instituti) rahbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar, davlatni idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda taraqqiyot jarayonlari bu darslikning yangilanishini va takomillashishini taqozo qildi. Shu sababdan 1987 yilda professor Pereverzin I.I. (Markaziy jismoniy tarbiya instituti) boshchiligida «Upravlenie fizicheskoy kulturoy i sportom» degan yangi darslik vujudga keldi. Bu darslik o’zining mazmuni, tu­zilishi jihatidan avvalgi darslik va o’quv qo’llanmalaridan tubdan farq qilsada, jismoniy tarbiya harakatining barcha sohalarida erishilgan ilmiy-uslubiy xulosalarga tayangan bo’lsa-da, sobiq Ittifoq miqyosidagi ko’pgina jismoniy tarbiya tizimi olimlari, professor-o’qituvchilari tomonidan yaxshi baho olmadi. Buning sababi shundaki, darslikda boshqarish tizimlari, vazifalari (funksiyalar) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o’tkazish kabi muhim faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki alohida xududlargina nazarda tutilgan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlarining talabala­ri uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqqan «Organizasiya fiziches­koy kulturi» va 1972 yilda Bunchuk M.B. (Ukraina) tomonidan tayyorlangan «Organizasiya fizicheskoy kul­turi» o’quv qo’llanmasi hisoblanadi.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari talabalari uchun «Istoriya i organizasiya fizicheskoy kulturi i sporta» (Stolbov V.V., Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Fizkulьtura harakatini kengaytirish yo’llari» Abdumalikov R., Yunusov T.T., Akramov A.K. (Toshkent, 1988), «Sportivnaya postup Sovetskogo O’zbekistona» (Ibragimov M.I., Balakin S.S., 1985) o’quv qo’llanmalari tayyorlandi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomoni­dan «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo’llari» (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida dosent R.Abdumalikovning «Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasi (1994), «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning na­zariy asoslari» o’quv qo’llanmasi (1995) muhim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchilikdagi naza­riy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifati­da xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo’ladi.
2. Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respub­likasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liklarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni jismo­niy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog’lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab etishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qilinadigan ishlarning mazmuni va rahbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifa­tida tan oladi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo’lib o’tgan yozgi XXV Olimpiya o’yinlarida O’zbekistonning 17 nafar sportchisi sobiq SSSR tarkibida so’nggi bor qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /engil atletika/ oltin medal, Sirsov S. /og’ir atletika/, Asrabaev /o’q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bo’lishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da o’tkazilgan XXVI Olimpiya o’yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, K.To’laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo’lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya o’yinlarida M.Abdullaev boks bo’yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mi­xaylov (boks) bronza medallarini qo’lga kiritdilar. O’z­bek kurashi bo’yicha Xalqaro kurash assosiasiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati o’tkazildi. Umuman, Respub­lika sporta taraqqiyotning yangi bosqichga ko’tarildi.
3. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida (1991-2001) erishildi. Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport sohasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi ko’rsatkichlarga qarab ham bilsa bo’ladi (1-23 jadval).
4. Sobiq Ittifoqning inqirozi uning tarkibida bo’lgan barcha respublikalarning, jumladan O’zbekistonning mustaqil davlat bo’lishiga olib keldi va birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ – O’zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo’yicha qo’mita mavjud. Bu qo’mita o’z nufuzidagi sohalar bo’yicha qonunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni ham shu qo’mita tomonidan ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul kiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
YUqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi markaziy kengashi, «Xalq demokratik partiyasi», «Fidokorlar», Milliy tiklanish, «Adolat» sosial-demokratik partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan» va boshqa jamg’arma va uyushmalar mavjud.
5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinsiplar) mavjud bo’lib, u O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasida «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari» quyidagicha belgilangan.

  • insonparvarlik;

  • demokratizm;

  • fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;

  • jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.

Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik prinsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy tar­biya va sport bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullanishini ta’minlash kabi ishlar kuzda tutilgan.
Demokratizm prinsipi jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi xalqchillik, ko’pchilikning xohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va rahbarlarni saylash, shuningdek ularning o’z jamoalari oldida muntazam hisobot berib borishlaridan iborat.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi prinsipi asosan o’quv yurtlaridagi jismo­niy tarbiya darslari, sport to’garaklari mashg’ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko’zda tutadi. SHuning­dek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bun­da turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu prinsiplarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko’maklashishi hisobga olingan.
6. Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p max­sus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o’ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nolar mavjud. «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy madaniyat», «Sport» kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati «Jis­moniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» fanida etarli darajada bayon kilingan. SHu sababdan ularga alohida to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsa-da, qisqacha tavsif berish joizdir. YA’ni:
jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarki-biy qismi sifatida jismoniy mashklar bilan shug’ulla-nish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foy-da,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to’g’ri hamda chiroyli o’sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko’rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to’ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug’ullanish esa jismoniy madani­yat harakati demakdir.
– Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bun­da maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g’oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi.
«Boshqarish» atamasi barcha sohaga tegishli bo’lgan umumiy ma’nodagi so’z bo’lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatida «boshqarish» muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, sport tashkilotlari, sport klublari, jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig’in-anjumanlarni o’tkazishga, yo’lboshchilik qilish ma’nosida ishlatiladigan atamadir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin