tashkilotiga aylanib qoldi. Bu tashkilotlarga kirish uchun qilichbozlik san’atidan
sinovdan o`tibgina qolmasdan, shu bilan birga shunga muvofiq mulk senziga ham
ega bo`lish lozim edi.
XV asrning oxirlariga kelib shahar patritsiyati o`z rezidensiyalarini
lansknextlar kuchi bilan himoya qila boshladi. Bu hol o`qchi uyushmalar va
qilichbozlar qardoshliklarining harbiy amaliy ahamiyatining pasayishiga olib keldi.
Otish va qilichbozlik mashg`ulotlari shahar aslzodalarining foydali va ko`ngilli
tomoshalaridan biriga aylanib qoldi.
Shahar bayramlari
professional darbozlar, pantomimlar, harakatli o`yinlar,
raqslar hamda vino va ovqatlar bilan to`yguncha beriladigan ziyofatlar bilan
to`ldirib borildi. Burjuaziyada latif nutq so`zlashda, qiliqlarning nafisligida, qad-
qomatning xushbichimligida dvoryanlarga taqlid qilish istagi paydo bo`ldi. Barcha
noqulaylik va qo`polliklar burjuaziya “mujiklar dag`alligi” deb hisoblar va bu
“dag`allik” unda takabburona nafrat qo`zg`atar edi.
Shahar patritsiyatining martabasi baland dvoryanlar
bilan yaxshilanib borgan
aloqasi dvoryanlarning faqat mehnatkashlarnigina emas, balki byurgerlarni ham
mensimay qo`yishi uchun shart-sharoit yaratdi. Raqs tushish va to`p o`ynash uchun
mo`ljallangan maxsus shahar uylari paydo bo`ldi, bu uylarga faqat patritsiylar va
ular tomonidan taklif qilingan dvoryanlargina kirishi mumkin edi.
Oyin vaqtida
bunday uylarning keng zallari tasma yoki to`r bilan teng ikki bo`lakka ajratilar,
yog`och raketkalar yoki kuraklar bilan qurollangan o`yinchilar esa, ikki guruhga
bo`linishar edi. Patritsiyan yoshlari raqslarga tushish va to`p o`ynashdan tashqari
otda
yurishga, ov qilishga va usti yopiq hovuzlarda cho`milishga qiziqar edilar.
O`z navbatida byurgerlar ham jon kuydirib, oz imtiyozlarini himoya qilar va
mehnatkashlarning qilichbozlik uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklarida
qatnashishlariga yo`l qo`ymas edilar. Ular patritsiylar va dvoryanlarga taassub
etishga
harakat qilib, o`zlari uchun jamoat hammomlari va to`p o`ynaladigan
jamoat uylari qurdilar. Bu joylarga kirish haqi bunday inshootlarni saqlab turish
harajatlarini qoplamas edi. Hammomlar buzuqlar makoniga, to`p o`ynaladigan
uylar esa, qimor o`yinlari klubiga aylanib ketdi.
Dostları ilə paylaş: