Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya darsini taxlili



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
13.3.11. Jismoniy tarbiya darsini taxlili 
Xar qaysi o‘qituvchi o‘zining va kasbdoshining darsini taxlil qila olish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lishi 
zarur. To‘ri tashkil qilingan pedagogik kuzatish va darsning taxlili jismoniy tarbiya mutaxassisini fikrlash faoliyatini 
va o‘qituvchilik maxoratini shakllanishi va yuksalishiga zamin yaratishi amalda isbotlangan. 
Taxlil ikkiga: umumiy va maxsus bo‘ladi. dasrning umumiy taxlili deganda: dars zichligi, darsda jismoniy yukni 
bajari-lishi va darsning o‘quv tarbiyaviy yo‘nalishidagi komponentlari umumlashtirish orqali yakuniy baxolanishi 
tushuniladi. 
Odatda maktab pedagogika kollektivi vakili, maktab ilmiy bo‘lim mudiri yoki maktab direktori darsini aloxida 
komponentini (o‘qituvchi, o‘qituvchi faoliyatini, darsda o‘zlash-tirishi va shunga o‘xshashlarni...) ajratib olib darsni 
ayrim qisman taxlil qilish mumkin. 
Taxlilining bu shakli dars uchun to‘la baxo berish imkonini bermaydi. 
1. Darsning taxlilidan maqsad: 
- maktab o‘qituvchisining ish faoliyati bilan tanishish va uni o‘rganish; 
- maktabda jismoniy madaniyat fanini o‘qitishning xolatini va o‘quvchi nazariy bilimlari, amaliy xarakat, 
malaka va ko‘nikmalarni qanday darajadaligini o‘rganish; 
- maktabda ommaviy fizkulptura solomlashtirish va sport ishlarini uni borishini taxlillash; 
- ilor ish tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatishdir. 
Taxlil uchun darsni kuzatish va taxlil natijalarini qayd qilish oson jarayon emas. Amalda dars taxlili uchun 
oldindan savollar yozilgan anketalardan, chizmalardan, grafiklardan, kartochkalardan foydalandik, bu taxlilni 
yuzakiligiga yo‘l qo‘ymaydi, darsni tub mazmunin, qo‘yilgan vazifalarni xal qilinishini to‘ri baxolashga sharoit 
yaratadi. 
2. Jismoniy madaniyat darsini taxlilida yoritilish lozim bo‘lgan masalalar: 
- o‘qituvchilar va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi; 


- darsning mazmuniga, tashkil qilinishi, o‘tkazilishiga to‘la darsni kiritish (tayyorlov) asosiy va yakunlov 
qismlari bo‘yicha baxo berish; 
- o‘qituvchini va o‘quvchini faoliyatini baxolash; 
- darsning tashkiliy daqiqasiga unda qo‘llaniladigan iboralar, atomlar, nutq, muomala, madaniyatiga baxo 
berish; 
- darsning taxlilini yakuniy matnga, o‘qituvchiga maslaxat lozim bo‘lsa tavsiya va ko‘rsatmalar. 
3. Taxlilchini dars boshlanguncha bajaradigan ishlari. 
Taxlil uchun darsni kuzatilishini boshlanguncha taxlilchi sinfning pedagogik xarakteristikasi, o‘quvchilarning 
yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkich-lari, soligini xolati, o‘zlashtirish, natijalarini 
o‘rganadi. O‘qituvchining umumiy va kasbi bo‘yicha ish staji, xaqida umumiy bo‘lsada maolumot oladi. Darsning 
o‘tkazish joyi, muddati, darsni mavzulari, reja grafigi bo‘yicha tartib nomeri, ro‘yxat bo‘yicha sinf o‘quvchilarining 
(qizlar, bolalar) sonini, darsning jadval bo‘yicha nomeri, darsni boshlanishi va tugallanishi muddatlarini qilish shart. 
4. O‘quvchilarni dars davomidagi intizomi, xulqi, o‘zla-rini tutishi vu ularning faoliyatini tashkil qilishni 
o‘zlashtirni taxlili: 
- jismoniy mashqlarni bajarishga o‘quvchilarni munosa-bati, materialga qiziqishini uyota olish masalalari; 
- dars intizomini buzilish sabablari; 
- darsga o‘qituvchini munosabati; 
- o‘qituvchining ko‘rsatma va buyruqlarini ishorasi; 
- onglilik-faollik darajasi; 
- o‘quvchilarni mashq bajarishlarini baxolash (ritm, surat, temp, intensivlik meoyor); 
- darsda ularning xakalik, navbatchilik va gruppalarga bosh bo‘lishdek majburiyatlarini bajarishga 
munosabatlari. 
5. Darsda o‘qituvchining raxbarlik roli, o‘zini tutishi va faoliyatini taxlili; 
Raxbarlik roli: o‘ziga ishonish, qatoiyat, tirishqoqligi, talabchanligi, o‘quvchilar orasida obro‘yi, ular bilan 
muloqoti va ularga munosabati, sinfni qo‘lda tutishi. 
O‘zini tutishi: bardamligi (emotsional xolati), sustkash-ligi, o‘zini tarbiyalash, bolalarga nisbatan ziyrakligi, 
sezgir-ligi, ishchanlik fazilati. 
Nuqti: ovozi, buyuruqlarini, ko‘rsatmalarini, to‘riligi, muomala va nutq madaniyati. 
O‘qituvchining tashqi qiyofasi: kiyim bosh (spor formasi), xipchanligi, epchilligi, qomati. 
O‘qituvchining o‘quvchi bilan yakkama-yakka muloqati: aktivligi, passivligi (sustligi), ishonchi, dadilligi, 
qatoiyan, ulgurishi. 
6. Fizkulptura darsida tarbiyaviy ishni amalga oshiri-lishi: diqqatni tartiblanishni va mashqni bajarilishiga 
qiziqish uyotish, intizom, qattiq tutish, o‘rtoqlik, kollekti-vizm va boshqa sifatlar. Axloqiy tarbiyanng xilma-xil uslub-
lanishidan foydalana olish (tushuntira olish, ishontira olish, maolum axloq normalariga rioya qilishga o‘rgati olishi, 
rabatlantirish va boshqalar) ularning maqsadga muvofiqligi, unumligi. 
O‘quv predmeti bo‘yicha dunyoqarashini shakllantirish, xarakat malakasi va ko‘nikmasini shakllantirishiga 
boliq bo‘lgan bilimlar bilan taominlashi. Dars jarayoni davomida fizkulptura aktivini tayyorlash, o‘qituvchini 
mashulotlaridan ozod qilingan o‘quvchilar bilan ishlashi. 
7. Taxlilchini saviyasini taxlilini sifatiga taosiri: Darsni kuzatish va uning taxlilini ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, 
o‘quv tarbiya faoliyatini barcha tomonlarini ko‘z o‘ngida tutish uchun, maosul darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lish talabini qo‘yadi. 
Kuzatilganki, bir vaqtni o‘zida moxiyatiga yetib va baxolash mavjud vaziyat (xolat) uchun maqsadga mos 
keladigan qarorni nazarda tutib, fikr ayta olish dars o‘tkazayogan o‘qituvchi fikrini o‘qiy olish (u nima qilmoqchi), 
tavsiyanoma belgilash, xujjatlarni kuzatish protokollaridan, rejalar so‘roq, varaqalari va boshqalarni to‘ri tuzata olish 
va undan foydalanish. Darsga beriladigan tavsiyanomadagi maslaxatlar-ni, matnini tushunarliligi masalalari taxlilini 
sifatiga taosir etadi. Biz quyidagi foydalanishga tavsiya qilayotgan dars pedagogik taxlilning tayyor sxemasi 
fizkulptura metodislari, metod birlashmalar boshliqlari, viloyat, noxiya, shaxar, xalq taolimi nazoratchilari, 
umumtaolim maktablarining jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari va oliygoxlarining jismoniy tarbiya kulliyoti 
talabalari bilan amaliyotda bir necha yil davomida ko‘rindi va ish jarayonida qo‘llash mumkin degan xulosaga kelindi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin