Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


-BOB. JISMONIY TARBIYaNI TARBIYaNING BOShQA YO‘NALIShLARI BILAN BOLIQLIGI



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

3-BOB. JISMONIY TARBIYaNI TARBIYaNING BOShQA YO‘NALIShLARI BILAN BOLIQLIGI 
3.1. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya 
Jisman yetarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.
“Xar qanday mexnat  bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mexnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida 
asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o‘ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o‘zaro faoliyatiga, muskullar 
faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko‘rsatgani-dek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy boliq. 
Aqlning o‘sishi va rivojlanishi o‘z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli xal qilinadiki, shuullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli 
ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashulotlariga qiziqib, tashabbus ko‘rsatib ijodiy yondashsalar, 
organizmda xarakat malakalarini to‘ri shakllanishi, funksional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus 
bilimlarga tayanishlari lozim bo‘ladi. 
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shuul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va 
tayyorlangan-lik xamda soxa bo‘yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo‘lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan 
foydalanish ko‘r-ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Mashulotga ongli munosabatda bo‘lmaslik talantni 
so‘nishiga sabab bo‘ladi. Eng xavflisi shuullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shuullanishgagina odat 
shakllanadi – jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko‘payadi. 
Sport trenirovkasi sirlariga sho‘nish, uni tushunish, shuullanuvchi maxoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat 
xar tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jaxon rekordlarini o‘rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura-
shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa 
mashaqqatli mexnat, o‘tkir intellekt soxibi bo‘lishlik talab qilinadi. 
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o‘zaro boliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulu rus 
fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Men butun xayotim bo‘yi aqliy va jismoniy mexnatni 
sevdim, ko‘proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo‘lgan fikrni xal qilish uchun aqlimni qo‘lim bilan 
bolaganimda o‘zimni juda yaxshi xis qilar edim”, - deb yozgan edi ulu rus olimi I.P. Pavlov. 
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o‘zaro uzviy boliq xolda amalga oshirilishi lozim.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin