Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
 
2-BOB. JISMONIY TARBIYa TIZIMI 
 
Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko‘zlangan natijaga erishiladi. 
Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash 
shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat aozosini manan boy va xar tomonlama garmonik rivojlan-
tirishning maqsad va vazifalariga mos bo‘lsin (A.D. Novikov 1967). 
Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar 
qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining oboektiv xususiyatlari namoyon 
bo‘ladi. Mamlaka-timiz xalqlarining xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi 
Âàòàí mudo-faasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. 
Shunday qilib, Ùçáåêèñòîída jismoniy tarbiyaning maqsadi Ùçáåêèñòîí xalqini jismonan kamolotga erishgan
xuquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mexnatga va Âàòàí mudofaasiga tayyor qilib arbiyalashdir. Bu maqsad 
mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. 
Jismoniy-madaniy, maonaviy va ommaviy-teatrlashti-rilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan 
namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy axamiyati bepoyondir. 
Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta axamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan 
maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketayotganligi, yo‘nali-shini, fizkulptura amaliyoti, vazifalarini 
xal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda 
jismoniy bilim (maolumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari xal qilinsa, uning xayoti davomida 
foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan 
vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi. 
Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik dara-jasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baxolanadi: 
- jamiyat aozolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; 
- jamiyat aozolarining salomatligi va jismoniy tayyor-garligi bilan; 
- jismi madaniyatining mashulotlarining moddiy-texnik taominlanganligi va ularni sifati bilan; 
- jismoniy madaniyatga raxbarlik qilayotgan xodimlar-ning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi 
va iqtidori bilan; 
-jamiyat aozolarining sportdagi natijalari bilan baxo-lanadi. 
Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy isloxotlar yurtimiz farzandlarining 
jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kerakligi talabini qo‘ymoqda. Xar bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismo-nan 
barkamol o‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzand-larini xalq ozaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go‘ro‘li, Barchinoy 
kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar. 
Jisman barkamollik – tarixan o‘zgarib turadigan xar qanday tarixiy davr uchun o‘zining ideal tasnifiga ega 
bo‘lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda axolining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy xayoti dunyo 
qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda oboektiv 
imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt oyaligicha qolib real xaqiqatga aylanmay qolgan. 
Jismonan barkamollik salomatlikning meoyori va xar tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi xaqidagi 
tarixan shakllangan tasavvur, ular mexnat, jamoatchilik, xarbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom 
etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi. 
Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq maono va ijtimoiy moxiyat kasb etadi. Faqat jisman 
kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda 
isbot-langan. Faqat jismoniy mashq bilan shuullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga 


yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari – maonaviy, maorifiy axloqiy, ruxiy, estetik mexnat tarbiyasini olishdan 
uzoqlashtiradi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin