Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

1.4. Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari
va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati 
 
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va xunariga oid maolum tushunchalar va 
iboralardan foydalana-dilar. Fanning maolum soxasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi 
tushunchalarning mazmuniga boliq. Ularning mazmuni va xajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va 
amaliyotining ko‘pdan-ko‘p xodisalari va masala-larini to‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi 
fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi. 


Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llanila-digan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy 
rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima 
uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, 
jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb xisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘ri aks 
ettiradigan barcha tushunchalar o‘z axamiyati jixatidan birdek muximdir, bular to‘risida darslikning tegishli boblarida 
to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muxim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga 
to‘xtaldik xolos. 
Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va uning 
xizmatining o‘zgarishi jarayonidir. 
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi 
imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga organizm va uning yashash 
sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-
sekinlik bilan miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda jisman 
rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muximi, muxit va organizm rivojla-
nishining bir butunligi qonunidir. 
Yuqoridagilarni o‘quvchilarga qo‘llaganimizda, o‘qish sharoiti, mexnat va mustaqil ishlash, dam olishni 
xisobga olishga to‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga taosir ko‘rsatadi. 
Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy-xayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari xam jismoniy rivojlanishning 
muxim zamini ekanligi, shuning uchun xam yuqori natijalarga erishish xar qaysi shuullanuvchi (individ) uchun nasib 
bo‘la-vermasligini, ammo xar qanday shaxs o‘z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga 
muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali ijobiy taosir eta olishligini eotirof etish lozim. 
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga 
to‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining 
aozolarini bichimini o‘lchami bo‘lib, shuullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi xaqidagi antropometrik 
maolumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi. 
Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va 
qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p jixatdan boliqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z 
jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish – jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muxim vazifasidir. 
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini xal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mexnat bilan tarbiya 
jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muximdir. 
Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan 
faoliyatdan foydalana boshlandi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin