Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jixatdan takomil-
lashtirishga, uning xayoti uchun muxim bo‘lgan asosiy xarakat malakasini, maxoratini, ular bilan boliq bo‘lgan 
bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu taorifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning 
mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi taokidlab o‘tilgan. 
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan bu o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita aloxida maonoga ega bo‘lgan «jismoniy 
bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi. 
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit 
«o‘z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi xaqida gapirgan edi. 
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda 
turmushda qo‘llash maxorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. 
Pestalotsii bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoy-dil yoqlab chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni
jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan maonosi deb tushun-tirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya xaqidagi taoli-
motning asosiy oyasi tom maonodagi jismoniy taolim oyasi edi. 
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrim xarakatlarni ajratib olishlari va ularni o‘zaro 
taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to‘siqlarga moslash-tirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik 
va qatoiyat bilan o‘tishni (yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mexnat 
sarflangan xolda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yoxud ko‘rkam va ayrat bilan xarakat qilishni 
o‘rganishlari kerak, deb xisoblardi. Bu yerda gap, bir tomondan, to‘ri xarakat ko‘nikmalarini xosil qilish xaqida, 
ikkinchi tomondan, xarakatlarni bajarishga ongli munosabatda bo‘lish negizida ko‘nikmalardan turli xayotiy 
vaziyatning turli tasavvur xamda maxoratni qaror toptirish xaqidagi bormoqda.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik 
chidamlilik, egiluvvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. 
Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan mustaxkam bolangan. Masalan, agarda o‘quvchilar yugurish 
mashqlarini ko‘p marotabalab, uning bajarilish texnikasini o‘zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning 
o‘zida xam kuch, xam chidamlilik va ayrim xollarda tezkorlik xam tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, o‘sha yugurish 
mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), u xolda mashq texnikasi mustaxkamlanadi va 
takomillashadi, shu vaqtning o‘zida esa taolim, bilim berish vazifalari xam xal qilinadi. 


Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, xattoki shuullanuvchilarning ruxiy xolatiga, ularning emotsiyasiga 
(xis tuyusiga), irodasiga, axloqining namoyon bo‘lishiga xam taosir ko‘rsatadi. Ana shular xisobiga tarbiyaviy 
vazifalarning xal qilinishi uchun kerak bo‘lgan sharoit yuzaga keldi. 
Jismoniy tarbiya jarayonida xamisha xam tarbiyaviy, xam taolimiy elementlarning mavjudligi uni bir butun 
pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab, xar biri aloxida 
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari xam, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlari xam aks etadi. 
Jismoniy tarbiyaning sotsial qonunlaridan foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy 
tuzumidan kelib chiqadi. Bu jismoniy tarbiyaga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamiyatda esa tarbiya xukmron 
sinflarning manfaatlariga bo‘ysundirildi. 
Jismoniy tarbiya  abadiy kategoriyadir, shu maonodaki tarbiyaning bu yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan 
beri mavjud bo‘lib, bunday tuzum xam ijtimoiy ishlab chiqarishning va inson xayotining zaruriy shartlaridan biri 
sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959). 
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy xodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson 
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning maonaviy kamo-
lotiga xam kuchli taosir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xusu-siyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy 
qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real xayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan 
jismoniy tarbiya umuman yo‘q. Xar bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada jismo-niy tarbiyani amalga oshirishning 
konkret tarixiy tipi rivoj topadi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin