5.3. Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o‘zi tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, uning o‘zini aktiv
aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki tajribani yana qaytadan
takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi. Ushbu tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni xam ana shunda.
Jismoniy tarbiya jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sunoiy qaytadan
o‘sha sharoitni yaratishda nazoratdagi masalaga oid bo‘lmagan muammolar xam yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy
tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni oboektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperi-mentlari deb nomlangan eksperiment xillaridan foydala-niladi.
Tabiiy eksperiment xayotiy sharoitda olib boriladi. Undan tajriba ishtirokchilar butunlay bexabar (samaraligi
xam shunda) bo‘lishi xam mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur
materialini o‘zlashtirilishi anoanaviy o‘qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan usuliyatlar bilan olib
borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorligni yuqori bo‘lganligini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Modulli eksperimentmetodidan kuzatuvchi xayotda uchray-digan oddiy sharoitdan bir oz o‘zgargan muxitda
tajriba o‘tkaziladi. Masalan, muskul kuchini o‘stirishda sportga yangi kelganlar bilan ish olib borilib, ular xaftada uch
marta, aloxida guruxlarga bo‘linib, birinchi guruxi yotgan shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi esa o‘zining tanasi
oirligidan foydalanib, uchinchi guruxi faqat gantel ko‘tarish bilan maolum belgilangan muddat davomida mashq
qiladi. Xar qaysi guruxning moduli aloxida (shtanga, gavdasi oirligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar
muskullarining kuchini ortirishga yo‘nalti-rilgan. Eksperimentdan so‘ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va
uning mashqlari, uslubiyati effekti eolon qilinadi.