Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 Shaxsni xar tomonlama rivjlantirish prinsipi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

4.2. Shaxsni xar tomonlama rivjlantirish prinsipi 
 
Maolumki, mavjud jamiyatda yashaydigan xar bir shaxs xar tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, 
kishilar ruxiy, maonaviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan xolda tuilmaydilar. 
Bu sifatlarni kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga boliq. Jismoniy tarbiya esa 
tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muximlaridan biridir. 
Ijtimoiy muxit xar tomonlama garmonik rivojlanishni, xar doim va xar yerda inson organlari va sistemalarining 
biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo‘yadi. 
Shuning uchun xam inson tarbiyasida qo‘llaniladigan tarbiyaning xar qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni 
bilan ilojsiz bolangandir. Busiz xar tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa 
tarbiya turlari bilan boliqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi 
o‘sha eski baxs xozir xam davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko‘rinishi va uning 
funksiyasiga tashqi taosir bilan o‘zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini xozir xam inkor etadilar.
Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina xar tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘ya 
olishni mumkunligi ilmiy asoslangan. 
Kishining ruxiy, maonaviy qobiliyatini o‘sishga eng avval o‘sha ijtimoiy sharoit, so‘ngra esa insonni o‘zning 
muxitni o‘zgartirish yoki o‘sha o‘zgartirish uchun olib borilgan faoliyatni rolp o‘ynashligini I.M. Sechenov va I.P. 
Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi ilmiy tadqiqotlar orqali allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining 
tashqi muxit bilan aloqasida shartli reflekslarning moxiyati katta ekanligini, xam jismoniy, xam psixik faoliyat, bosh 
miya po‘stloq qismida sodir bo‘ladigan «vaqtli aloqa» orqali sodir bo‘lishligining amaliy isboti shoxidimiz.
Ular taolim va tarbiya jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni xosil qilish” deb tushuntiradilar. 
Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli reflekslardagi vaqtli aloqalarini yuzaga keltirish shaxsning faqat maonaviy 
shakllanishigagina emas, balki jismoniy jixatdan kamolotga erishishiga fiziologik poydevor bo‘lishi mumkinligini 
isbotladilar. 
Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish prinsipining jismoniy tarbiya mktaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natija-ning 
o‘zi shaxsni xar tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo‘lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, axloqiy, 
ruxiy, estetik, va maonaviy sifatlar xam qo‘shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mexnat va Vatan mudofaasiga 
tayyor bo‘ladi. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz aozolarining xal qiluvchi vaqtda, mexnat vaxtasidami, mudofadami, 
qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘ladilar. 
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat aozolarining barcha faoliyatlari maolum 
maonodagi kasbga, xunarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bunga ayniqsa mexnat va xarbiy faoliyat davomida duch kelamiz. 
Xar qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka boliq. Armiya safidami yoki mexnat frontidami umumjismoniy 
tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan
xayot uchun kerakli zarur bo‘lgan xarakat va mexnat malakalari yetarli bo‘lsa, boshqa faoliyatni oson va tez 
o‘zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyat xar tomonlama garmonik 
rivojlantirishning omilidir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin