Mashulot nagruzkasini asta-sekin maksimal darajaga oshirish. Sport mashuloti jarayonida yuqori natijaga
erishish uchun, nagruzkani dinamikasi (xajmi va shiddati bo‘yicha) maksimumgacha oshirish zarur. «Maksimal
nagruzka» tushuncha-sini ko‘plar organizm funksional inkoniyatining nixoyasida turgan «o‘ta oir nagruzka» bilan
chalkashtiradilar. Maksimal nagruzka organizmga maksimal talab qo‘yadi va funksiyalar faoliyatining ortishiga
yordamlashadi.
Nagruzkaning asta-sekin va maksimal oshirilishi bir-biriga zid xam bo‘lishi mumkin. Nagruzkani maksimal
oshirish-dan oldin organizmni asta-sekin bunday nagruzkaga ko‘nik-tirish lozim. Organizmni ko‘niktirish uchun esa,
mashulotning xar bir bosqichida mashq qilishning-maksimal samarasiga erishish kerak, faqat shundagina moslashuv
mexanizmlari egiluvchan va xarakatchan bo‘ladi.
Mashulot nagruzkasini oshirish davomida «sport turi-ning moxiyatiga qarab uning xajm va shiddati o‘zgaradi.
Nagruzka xajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik izchil o‘zgar-tirishlar kiritilishi lozim.
Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida nagruzka asta-sekin oshib borsa, tezkor kuch talab qiluvchi turlarda
(o‘ta stressli nagruzkalar bundan mustasno) to‘lqinsimon xarakat xarakterlidir.
Nagruzkaning to‘lqinsimon o‘zgarishi. Sport mashuloti uchun to‘lqinsimon dinamika xosdir.
Quyidagi masshtabdagi «to‘lqin»lar mavjud:
1) kichik to‘lqinlar mayda turkumdagi (2-7 kun) nagruzka-larning dinamikasini ifodalaydi;
2) o‘rtacha to‘lqinlar
– bu bir necha (3-6) kichik to‘lqin-larning moxiyatni ko‘rsatadi va o‘zicha o‘rta turkumni
ifoda-laydi;
3) katta to‘lqinlar katta turkumlarni tashkil qiluvchi mashulot bosqichlari va davrlaridagi o‘rta turkumlarning
to‘lqinsimon o‘zgarishini ifodalaydi.
Nagruzka (xajm va shiddati)ning to‘lqinsimon o‘zgarishini L.P. Matveea «kechikuvchi transformatsiya»
xodisasi deb tushun-tiradi, yaoni nagruzkaning son, sifat va vaqtni ifodalovchi tomonlariga qayta moslashish bir
vaqtda sodir bo‘lmaydi. Bunda tabiiy bioritm, tabiiy muxit, musobaqa kalendari va boshqa-larni xisobga olish zarur.
Chunonchi, o‘rta va ayniqsa katta «to‘lqin»larning boshlanishida xajm ko‘rsatkichlari (xafta va oy ichida mashulot
ishlarining umumiy soni) yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi, keyin xam barqarorlashadi va kamayib boradi. Shuning
asosida esa, turli shiddat ko‘rsatkichlari (mashulotning motorn zichligi, xarakatlarning tezlik, kuch tomonlari va
boshqalar) katta axamiyatga ega bo‘ladi. kichik «to‘lqinlarda» ko‘pincha xajm va shiddatning qarama-qarshi
munosabatlari kuzatiladi: mikrotsiklning birinchi yarmida ikkinchi yarmiga nisbatan mashulotlar katta shiddatda, lekin
kichik xajmda olib boriladi. Bu umumiy munosabatlar mashulot jarayonida u yoki bu mashqlarning o‘rni va
axamiyatiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: