A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
TADQIQOT INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB
MASALALARI”
o‘quv kursining
“Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo‘yilgan zamonaviy talablar
va uning mashg‘ulot samaradorligini oshirishdagi ahamiyati”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna
Toshkent 2021
1-Mavzu: Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo‘yilgan zamonaviy
talablar va uning mashg‘ulot samaradorligini oshirishdagi ahamiyati
Reja:
1. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik bosqichlari .
2.
Dars ishlanmasini tuzishning e’tiborli jihatlari.
3.
“Tabiatda va texnikada ishqalanish” mavzusi bo‘yicha tayyorlangan
bir soatlik ochiq dars ishlanmasi namunasi.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va tashkil etilganligi
bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan,
shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli
bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga
erishishni ta`minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash,
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Dars ishlanmasi – oʻqituvchi ijodkorligini aniqlovchi omilidir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini
erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak
mashg‘ulotning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni
hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil
etadi.
O‘quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan
foydalanib mutaxassislik fani bo‘yicha dars rejasi va ishlanmasi ishlab chiqiladi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan
boshlanadi.
Tashxis
didaktik
jarayon
kechadigan
barcha
sharoitlarni
oydinlashtirish,
uning
natijalarini
belgilashdir.
Unda
o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati,
uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish,
mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash
va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda
mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda
tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta
o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi
darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta`sir ko‘rsatishlarini aniq va tushunarli
belgilab olish bilan farq qiladi.
Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun
o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u
darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan
predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib
chiqqan holda tuziladi. Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni
ko‘rsatadiki, oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va
o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek, ijobiy natijaga erishishlariga
imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.
Darsning asosiy struktura qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga
qo‘shib olib borish mumkin. O‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni
e’tiborga olishi kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat bo‘lishi, ularni qanday
ketma-ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv materialini qanday taqsimlash, bu
qismlar bir-biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini
amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k.
Yuqorida aytilgan fikrlarga tayanib darsning rejasini tuzishda mavzuning
didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni o‘ylab tuzishdan boshlash
kerak. Agar u dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo‘lsa, masalan:
ishqalanishning ahamiyati haqidagi mavzu bo‘lsa, o‘qituvchi oldin o‘quvchilarga
qay holda, mavzu algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o‘tgan darsdan
nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishi
mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi,
yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya
qilishligini o‘ylab ko‘rishi kerak. Shundan keyin o‘qituvchi qaysi o‘quv materiali
bilan darsning har bir bo‘limining strukturasini to‘ldirish zarurligini, o‘qitishning
qaysi metod va usullarini, qanday ko‘rgazmalar tayyorlash va qo‘llash
mumkinligini hisobga oladi. Darsning har bir bo‘limini bajarish uchun qancha vaqt
talab qilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy
didaktik maqsadini yechadigan bo‘limga qaratilishi zarur. Darsga tayyorgarlik
ko‘rishda darsda o‘quvchilarga beriladigan vazifani bajarish usularini ko‘rsatish,
ya’ni masalalarni yechib qo‘yish, sxematik yozuv va ko‘rgazma ishlarni
tayyorlash, o‘qituvchining o‘zi uchun ham foydalidir. Darsning maqsadi, uning
strukturasi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi tuziladi. Darsning
rejasida uning mavzusi va asosiy didaktik maqsadi, foydalaniladigan ko‘rgazma
qurollar va uni jihozlash ko‘rsatiladi. Tartib bo‘yicha dars bo‘limlarining
strukturaviy nomi va uning mazmuni, mumkin qadar vaqtning taxminiy bo‘linishi
ham ko‘rsatiladi. Dars ishlanmada texnologik xarita mumkin qadar to‘laroq
yoritiladi. Suhbatni olib borishga yordam beradigan savollar o‘quvchilarga havola
etiladi va o‘quvchilardan kutadigan javoblar uchun o‘quv ishining metod va
usullari yoziladi. Masalalar yechishga oid tavsiya va ko‘rsatmalar beriladi.
Shunday qilib o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim:
1. O‘quv dasturi va o‘qituvchi rejasida darsning o‘rnini aniqlash.
2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.
3. Dars mazmunini aniqlash.
4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish.
5. Dars rejasini tuzish.
6. Dars ishlanmalar (konspektini) tuzish.
7. Dars o‘tish metodlarini aniqlash.
8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash.
9. Darsda va uyga beriladigan misol va masalalarni yechib chiqish.
10. Ko‘rgazma qurollarni tayyorlash va h.k.
Tuzilgan fizika darsining reja yoki ishlanmasi o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan
bajaradigan ish turining umumiy yo‘nalishi va ketma-ketligi namunalarini
ko‘rsatib turadi. O‘qituvchi dars o‘tishda tuzgan reja yoki dars ishlanmasidan erkin
foydalanadi. Ba’zan, tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‘iladi, masalan,
o‘quvchilar o‘qituvchining bayonini o‘zlashtirolmagan bo‘lsalar, qo‘shimcha
tushuntirish o‘tkazadi, o‘quvchilar qiynalgan bo‘lsalar zaruriy yordam ko‘rsatadi,
bilimlarni mustahkamlash uchun bajarilgan mashqlar yetarli bo‘lsa, ba’zilarini
qoldirish mumkin, ya’ni bilimlarni o‘quvchilar qanday tushunganligini bilish
maqsadida so‘rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko‘rish mumkin. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar yanada kuchaydi.
O‘tkazilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bugungi
o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida o‘qituvchining kuchli
bilimi va interfaol usullar orqali erishish mumkin. Bu esa dars mobaynida
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatga bog‘liqdir. Hozirgi pedagogika
fani oldida ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish muammolari turibdi.
Shunday vaziyatda, ba’zan o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi ham tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi. Lekin bularning ichida eng muhimi va o‘quvchi uchun eng
ahamiyatlisi o‘qituvchining bilimdonligi, yangilik va dunyoviy bilimlarga
chanqoqligi, uning so‘zi bilan ishining muvofiq kelishi, o‘quvchilarni izlanishga,
bilimlarni mustaqil egallashiga, har bir fanning mohiyatini tushinishga, ishga
ijodiy yondashishga undashi va erkin fikrlashi hamda mustaqil ishlashiga sharoit
yaratishi, pedagogik texnologiya va interfaol metodlarni to‘g‘ri tanlab ishlata olishi
bilan belgilanadi. Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko‘p yillik ish tajribalari
va kuzatishlar, o‘qituvchi hamisha o‘z ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma va
malakalarini takomillashtirib borishi lozimligini ko‘rsatadi. O‘qituvchi pedagogik
mahoratining kundan-kunga o‘sib borishi, o‘quv jarayonida yangi pedagogik va
axborot texnologiyalarini qo‘llay olishining kuchayishi uning pedagogik
faoliyatida amalga oshadi.
Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O‘tilgan matеriallarni mustahkamlash darsi.
3. O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tеkshirish va baholash
darsi.
4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nеchtasini birga qo‘llanish).
Dars turlari o‘qitish usuli bilan bog‘langandagina dars tuzilishini tashkil qila
oladi. Ya’ni dars tuzilishining o‘zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham
o‘zgaradi. Dеmak, darsning shu qismiga kеlib, darsning shakli ham, usuli ham
o‘zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi.
Olimlarning fikricha, darslar quyidagi uchta tiplardan iborat boʻlishi lozim:
1. kirish darslari.
2. oʻquv materiali mazmunini yorituvchi darslar.
3. umumlashtiruvchi darslar
Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o‘tishi va shu orqali-darsning shakli
hamda usullarining o‘zgarishi dars bosqichi dеb yuritiladi.
Masalan, aralash dars turining tuzilishi:
1) uy vazifalarini so‘rash, tеkshirib ko‘rish;
2) yangi matеriallarni bayon qilish;
3) yangi matеriallarni mustahkamlash;
4) uy vazifalari topshirishni o‘z ichiga oladi.
Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa
o‘qituvchining o‘quv matеrialini to‘g‘ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam
esda qoldirishga, takrorlashga va uning o‘zlashtirilishini nazorat qilib borishiga
yordam bеradi.
Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning quyidagi
shakllaridan foydalanilmoqda. Dars-o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli
hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan
o‘quvchilarning doimiy guruhiga ega bo‘ladi.
2. Dars jarayoni asosan 45 daqiqa davom etib, qat’iy jadval asosida olib
boriladi.
3. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyat birligiga asoslangan bo‘lib,
bevosita o‘qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.
4. Dars mashg‘uloti o‘tilayotgan va o‘zlashtirilayotgan materialning
mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim
tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi
bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratishga hizmat qiladi.
Ta’limning shakl, metod va vositalari ta’lim jarayonining mazmuni asosida
belgilanadi. Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:
– Kasbiy layoqat va eruditsiya (lot. — bilimdonlik);
– Psixologik-pedagogik tayyorgarlik;
– Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o‘rgatish
mahorati;
– O‘quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;
– Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, Internetning
global tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
– Pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;
– Ilmiy –pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;
– Pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bilish;
– Fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
– Ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
– Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, “Ta’lim to‘g‘rsida” gi qonun
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi vazifalarni hamda uzluksiz ta’lim
tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilish.
Tarbiyalash mahorati – o‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligi,
uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy
saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga, uning
vatanparvarlik, obro‘ va burchni his etishga, keng gumanitar va gumanistik
tayyorligiga, shuningdek o‘quvchilar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning
amaliy ko‘nikmalariga asoslanadi. O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni
ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar-pedagogning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi
gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik,
haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmuomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning
ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Shaxsiy sifatlar o‘qitish va
tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona
nazorat qilish va baholash mahorati-psixologik-pedagogik jihatdan o‘qitish va
tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagog ta’lim oluvchilarning
bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va
mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo‘llash
mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Darsning asosiy struktura qismlarini turli xilda va
turli metodlar bilan birga qo‘shib olib borish mumkin. O‘qituvchi dars rejasini
tuzishda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat
bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv
materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog‘lanishda, ular
darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam
bera oladimi va h.k.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan
mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda
qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish-bu
o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini
umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga
olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga
olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish
uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga
ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan
munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati
o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol
bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga
urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari
ta’lim amaliyotida keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini
tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar
kamdan-kam hollarda, o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan
qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa
ko‘rsatmaydilar. Natijada mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib
qoldi.
Dostları ilə paylaş: |