1. Ishqalanish kuchi deb nimaga aytiladi?
2. Ishqalanish paydo bo‘lishining sabablari nima?
3. Tinchlikdagi ishqalanish deb nimaga aytiladi?
4. Tinchlikdagi ishqalanishning kundalik hayotdagi ahamiyati
II guruh uchun savollar:
1. Sirpanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
2. Misollar keltiring
3. Uning formulasi qanday?
4. Ishqalanish koeffitsienti qanday kattalik?
III guruh uchun savollar:
1.Dumalanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
2. Misollar keltiring
3. Uning formulasi qanday?
4.Nima ucnun ko‘proq dumalanish ishqalanishdan foydalanishga harakat
qilamiz?
O‘quvchilar
javoblari tinglanadi, to‘ldiriladi va xatolari to‘g‘rilanadi.
Tog‘ri
javoblar
uchun
rag‘bat
kartochkalari
berib
boriladi.
(Bunda guruh a’zolarining to‘liq qatnashishiga e’tibor beriladi).
O‘tgan dars umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.
II. Yangi mavzuni tushuntirish (10 daqiqa):
Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish
foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin.
Ishqalanish foydali
bo‘lganda uni oshirishga, zararli bo‘lganda
esa kamaytirishga
harakat qilinadi.Ishqalanish bo‘lmaganda nima bo‘lishini tasavvur
qilib ko‘raylik. Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar ham, hayvonlar
ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoqlarimiz
bilan yerdan turtilamiz. Ishqalanish kam bo‘lgan
muz ustida
yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo‘lmaganda edi, buyumlar
qo‘limizdan sirpanib tushib ketardi.
Vagon g‘ildiriklarini aylanishdan to‘xtatish uchun
ishqalanish kuchidan foydalaniladi.
Avtomobilga tormoz
berilganda, ishqalanish kuchi uni to‘xtatadi. Tinchlikdagi
ishqalanishsiz
u harakatlana olmas edi, g‘ildiraklaraylanaverardi, avtomobil esa
joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil
shinalarining sirti
bo‘rttirib ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: