Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 Trenirovka jarayonida texnik maxoratni oshirish



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

15.6. Trenirovka jarayonida texnik maxoratni oshirish
va funksional tayyorgarlik 
 
Texnik maxorat – sport kurash sharoitida maksimal natijaga erishishga qaratilgan sport mashqlarining eng 
ratsional xarakat strukturasini puxta o‘zlashtirishdan iborat. 
Xarakatlarni o‘zlashtirish, mustaxkamlash va takomillash-tirishda ong juda katta axamiyatga ega, unga xattoki 
avtomat-lashtirilgan xarakatlar xam tobe bo‘ladi. Undan tashqari xar qanday maqsadga muvofiq xarakat markaziy nerv 
sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida keladigan maolumot-lar asosida to‘xtovsiz korreksiya qilish 
jarayonida shakllanadi. 
Shu boisdan trener xarakat malakasining takomillashi-shini boshqarish borishdan tashqari sportchining 
psixikasiga taosir qila bilishi kerak. 
Amalda texnik maxoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi: 1)texnika asosan xarakatning 
zamonaviy ratsional strukturasiga to‘ri keladi va shuning bilan birga sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy 
xususiyatlariga mos keladi; 2)sportchi xarakatining texnikasi uning funksio-nal imkoniyatiga to‘liq mos kelmaydi va 
zamonaviy texnika modeliga nisbatan ozmi-ko‘pmi kamchiliklari mavjud bo‘ladi. 


Shuning uchun xarakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondoshish zarur. Birinchi xolda u 
to‘ri xarakatlarning son jixatdan yanada rivojlanishiga boliq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulpslarining 
ko‘payishi, koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit xarakat faoliyatining ritmi bilan o‘zaro 
munosabati va shuning asosida maolum xarakat faoliyatini shakllantirish. Ikkinchi xolda xarakat texnikasini takomil-
lashtirish xarakat malakasini ancha o‘rgatish va xarakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroi qismlarga 
almashtirish bilan boliq bo‘ladi. 
Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xarakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener 
va sportchilar texnik maxorat darajasini aniqlashning oboek-tiv ko‘rsatkichlariga, uning takomillashib borishini 
kuzatish o‘lchovlariga ega bo‘lmasliklarida va shuningdek, ijro etish texnikasining mukammal modelining aniq 
emasligidadir. 
Shuning uchun trener xam, sportchi xam xarakatlarni muntazam to‘rilab borish va ularning ijro etilishini 
kuzatib borish uchun texnik vositalar yordamida tez maolumot olish metodlariga ega bo‘lishlari shart. 
Texnik takomillashtirishning usullari 
I. Qismlarga ajratish usuliyati xarakat tuzilishini soddalashtirishdan iborat bo‘lib, anglab olish jarayonini 
osonlashtiradi, butun koordinatsiyada xar bir elementning tuzilishini bilib olishga yordamlashadi. 
Bunda quyidagi vositalar tavsiya qilinadi: xarakat shak-lini o‘zlashtirish uchun immitatsiya mashqlari; 
o‘zlashtirilgan xarakat shakllarini bajarishga qaratilgan maxsus mashqlarni zarur bo‘lgan tezlikda, maolum zo‘r berish 
va meoyorda bajarish. 
II. Mashqni to‘liq bajarish ususli musobaqa sharoitida nerv-muskul faoliyatining shartiga va rejimiga muvofiq 
yaxlit xarakat malakasining shakllanishiga yordam beradi. 
Bu usulda quyidagilar tavsiya qilinadi: yaxlit xarakatni osonlashtirilgan sharoitda bajarish, yaxlit xarakat 
tuzilishini soddalashtirish, umumiy bajarish tezligini kamaytirish (yarim kuch bilan va x.k.) muskul zo‘r berishini 
yengillashtirish, yengillashtirilgan snaryad qo‘llash, xarakat amplitudasini qisqartirish, chamalash va cheklovchi 
narsalardan foydalanish, yaxlit mashq sharoitini asta-sekin murakkablashtirib (tezli-gini, qarshilik kuchini oshirib
muxitning o‘zgaruvchan sharoi-tida va x.k.) bajarish, musobaqadagidek yuqori nerv qo‘zalish sharoitida texnik 
maxoratni takomillashtirish (o‘zini jalb qila bilish, maksimal zo‘r berishni rivojlantirish va uni taqsimlay olish va x.k.). 
Texnik maxoratni takomillashtirishda ideomotor mashq qilishga axamiyat berish lozim. O‘rganishda 
xarakatlarni xayoliy ijro etish shu xarakat to‘risidagi tasavvur obrazini yaxshilaydi. Ideomotorni xususiyati trenirovka 
qildirish bo‘lib xarakatlarni qayta o‘zgartirish, xatolarni tuzatish va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin