Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Nagruzka va dam olishning navbatlashuvini



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Nagruzka va dam olishning navbatlashuvini ko‘rib chiqib biz mavxum nagruzka to‘risida fikr yuritdik. Biroq, 
amaliy mashulotda nagruzka xajmi, shiddati to‘xtovsiz-navbatlashadi, shuning uchun navbatlashuvining real tizimi 
turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, agar butun A nagruzka qo‘llanilsa, albatta, shu nagruzkadan keyin to‘liq 
tiklanishni kutish zarur emas, balki boshqa allaqachon tiklangan B nagruzkani berish mumkin va shu bilan bir vaqtda 
A nagruzka uchun aktiv dam olish nuqta yuzaga keladi. 
Mashulot nagruzkasini asta-sekin maksimal darajaga oshirish. Sport mashuloti jarayonida yuqori natijaga 
erishish uchun, nagruzkani dinamikasi (xajmi va shiddati bo‘yicha) maksimumgacha oshirish zarur. «Maksimal 
nagruzka» tushuncha-sini ko‘plar organizm funksional inkoniyatining nixoyasida turgan «o‘ta oir nagruzka» bilan 
chalkashtiradilar. Maksimal nagruzka organizmga maksimal talab qo‘yadi va funksiyalar faoliyatining ortishiga 
yordamlashadi. 
Nagruzkaning asta-sekin va maksimal oshirilishi bir-biriga zid xam bo‘lishi mumkin. Nagruzkani maksimal 
oshirish-dan oldin organizmni asta-sekin bunday nagruzkaga ko‘nik-tirish lozim. Organizmni ko‘niktirish uchun esa, 
mashulotning xar bir bosqichida mashq qilishning-maksimal samarasiga erishish kerak, faqat shundagina moslashuv 
mexanizmlari egiluvchan va xarakatchan bo‘ladi. 
Mashulot nagruzkasini oshirish davomida «sport turi-ning moxiyatiga qarab uning xajm va shiddati o‘zgaradi. 
Nagruzka xajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik izchil o‘zgar-tirishlar kiritilishi lozim. 
Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida nagruzka asta-sekin oshib borsa, tezkor kuch talab qiluvchi turlarda 
(o‘ta stressli nagruzkalar bundan mustasno) to‘lqinsimon xarakat xarakterlidir. 
Nagruzkaning to‘lqinsimon o‘zgarishi. Sport mashuloti uchun to‘lqinsimon dinamika xosdir. 
Quyidagi masshtabdagi «to‘lqin»lar mavjud: 
1) kichik to‘lqinlar mayda turkumdagi (2-7 kun) nagruzka-larning dinamikasini ifodalaydi; 
2) o‘rtacha to‘lqinlar – bu bir necha (3-6) kichik to‘lqin-larning moxiyatni ko‘rsatadi va o‘zicha o‘rta turkumni 
ifoda-laydi; 
3) katta to‘lqinlar katta turkumlarni tashkil qiluvchi mashulot bosqichlari va davrlaridagi o‘rta turkumlarning 
to‘lqinsimon o‘zgarishini ifodalaydi. 
Nagruzka (xajm va shiddati)ning to‘lqinsimon o‘zgarishini L.P. Matveea «kechikuvchi transformatsiya» 
xodisasi deb tushun-tiradi, yaoni nagruzkaning son, sifat va vaqtni ifodalovchi tomonlariga qayta moslashish bir 
vaqtda sodir bo‘lmaydi. Bunda tabiiy bioritm, tabiiy muxit, musobaqa kalendari va boshqa-larni xisobga olish zarur. 
Chunonchi, o‘rta va ayniqsa katta «to‘lqin»larning boshlanishida xajm ko‘rsatkichlari (xafta va oy ichida mashulot 
ishlarining umumiy soni) yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi, keyin xam barqarorlashadi va kamayib boradi. Shuning 
asosida esa, turli shiddat ko‘rsatkichlari (mashulotning motorn zichligi, xarakatlarning tezlik, kuch tomonlari va 
boshqalar) katta axamiyatga ega bo‘ladi. kichik «to‘lqinlarda» ko‘pincha xajm va shiddatning qarama-qarshi 
munosabatlari kuzatiladi: mikrotsiklning birinchi yarmida ikkinchi yarmiga nisbatan mashulotlar katta shiddatda, lekin 
kichik xajmda olib boriladi. Bu umumiy munosabatlar mashulot jarayonida u yoki bu mashqlarning o‘rni va 
axamiyatiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin