shakli o‘quvchilar uchun nisbatan qiyinroq bo‘lib, ular o‘qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni xal
qilish, yechishni mustaqil qidirishga majbur bo‘ladilar.
Baxolash xarakat faoliyatining bajarilishining taxlili natijasidir.
Ko‘rsatma – qisqaligi bilan ajralib turadi va so‘zsiz bajarishni talab qiladi. Bu o‘quvchi diqqatini faqat vazifani
bajarish lozimligi va bir vaqtning o‘zida uni bajarish mumkinligiga qaratadi va o‘quvchining ishonchini oshirish uchun
xizmat qiladi. Ko‘rsatma orqali o‘quvchi vazifani xal etishning aniq mo‘ljalini, shuningdek, xech bir asoslashsiz
xatolarni tuzatish usullarini oladi.
Komanda – jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko‘p tarqalgan so‘zdan foydalanish usuliyati. U
faoliyatni so‘zsiz bajarish, xarakatni tugatish yoki tempni o‘zgartirishning buyrui shaklidir. Safdagi komandalar
(armiyada, darsda, trenirovka va boshqa mashulotlardagi), xakamlikdagi maxsus replika (so‘z tashlash)lar, start olish
komandalari va boshqalar tarzida uchraydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda komandalar qo‘llanilmaydi. Kichik
maktab yoshdagi bolalarda esa komandalar cheklangan bo‘ladi. Komandalarning samaradorligiga so‘zni zarur uru
bilan talaffuz eta bilish, nutq va o‘quvchilar xarakati ritmini xis qila olish va rivojlantirish, ovozning oxangi va kuchi,
uni turlicha o‘zgartira olish qobiliyati, qaddi qomati, qo‘llarining ifodali xarakatlantira olishi xamda o‘quvchilar-ning
intizomiga yuqori darajadagi taosir etadigan vosita-lardandir.
Sanoq – kerak bo‘lgan xarakat tempini yo‘lga qo‘yishda foydalaniladi. U bir necha usullar orqali amalga
oshiriladi; ovoz bilan xisoblash (“bir, ikki, uch, to‘rt!”), bir bo‘inli so‘zlar qo‘shib sanash (“bir-ikki-nafas oling!”) va
nixoyat, turli xildagi qo‘shib sanashlar, qarsak, ritmni ovoz berish va x.k.
Dostları ilə paylaş: