Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Usuliyatlarning turli xillaridan foydalanish talabi



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə49/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

9. Usuliyatlarning turli xillaridan foydalanish talabi. Usuliyatlarning hech qaysisi biri gegemon, etakchi yoki universal bo‘la olmaydi. Ularning barcha turlaridan foydalanish, ta’lim-ning samarasini oshiradi. Har bir usuliyatning o‘ziga xos yaxshi tomonlari bo‘lishini e’tibordan so’qit qilib bo‘lmaydi.
Ta’lim usuliyatlarini tavsifi. O‘quvchilarning bilimla-rini oshirish, malaka va ko‘nikmalarni egallash uchun ta’lim metodlari uch guruhga ajratiladi. Har bir guruh bir necha xil metodlarni o‘z ichida mujassamlashtirgan. Mujassamlashtiril-gan usuliyatlarni jismoniy tarbiya ta’limi jarayonidagi o‘rniga ko‘ra so‘zdanfoydalanish, ko‘rgazmalihisqilishvaamaliyusuliyatlar deb guruhlanadi va ulardan pedagogik jarayonda keng foydalaniladi.
So‘zdan foydalanish usuliyati
O‘qituvchi o‘z faoliyatini asosan so‘z yordamida (konst-ruktivlik, tashkilotchilik, izlanuvchanlik orqali) amalga oshiradi, shuningdek o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqat va munosabat o‘rnatadi. So‘z ta’lim jarayonini faollashtiradi, aytarli to‘la va aniq tasavvurning shakllantiradi, ta’limning vazifasini chuqurroq his qilish va fikrlashga yordam beradi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quv materialidan foydalanadi, uning o‘zlashtirilishi natijasini baholaydi va tahlil qiladi, bu bilan o‘quvchini o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatadi. Va nihoyat, so‘z bo‘lmaganda, o‘qituvchi ta’limning barcha jarayoniga xos holat-larni, o‘quvchining xulqi yurish-turishi va boshqa shu o‘xshash jarayonlarni boshqara olmagan bo‘lar edi.
SHunday qilib, o‘qituvchi so‘zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga ega: birinchisi - so‘zning ma’nosi orqali o‘qitilayotgan materialning mazmunini ifodalash; ikkinchisi-dan emotsionallik - o‘quvchining hissiyotiga ta’sir etishi funksiyalari.
So‘zning ma’nosi harakat vazifasini hal qilishda o‘quvchi-lar uchun uni mazmunini tushunarli ifodalaydigan bo‘lsin. B.A. Ashmarin quyidagi uslubiy tavsiyalarni taklif etadi.
1. So‘z ma’nosining mazmuni o‘quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga muvofiqlashgan bo‘lishi; YAngi harakat faoliyatini o‘zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, bu bilan harakat faoliyati asosini anglash va so‘ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib etish.
2. So‘zdan foydalangan holda o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini tushuntirish. Masalan, bolalar tirma-shib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, kqpincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o‘rganish xohishi pasayishi yuz beradi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari tushunarli so‘zlab berilsa, o‘zlashtrishga salbiy munosabatni yo‘qqa chiqarish mumkin.
3. So‘zning harakat faoliyatidagi alohida harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdagi zarurligi. Ayniqsa, yo‘llanma beruvchi mashqlarni bajarishda buni yoddan chiqarmaslik lozim. Bunday mashqlar aytarli emotsional bo‘lmay, ularni o‘zlashti-rilayotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog‘liqligini anglash kerakligi talab qilinadi.
4. O‘qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirish-dagi nutqiga katta ahamiyat berish, asosiy zo‘riqish talab qilinadigan daqiqalarini eslatish. Odatda bu maqsadda ko‘rsat-ma aytish tarzidagi ifoda va iboralar (“qo‘llarni”, “boshni”, “aleop”. va h.k.lar)dan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerakligi. Obraz vositasida ifodalash mashqin ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilarga faoliyatni ancha tushunarli qiladi. O‘quvchilar bilimlari va harakat tajribasini hisobga olgan holda, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kerakli detallarga o‘quvchi diqqatini qaratadi mumkin.
6. O‘quvchilarga xali avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari haqida (tuzatishga to‘g‘ri kelib qolgan paytlardagisi bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofiq emas. O‘qituvchi o‘quvchining avtomatlashgan harakatlari haqida gapirsa, o‘quvchi ijro vaqtida harakatni o‘sha fazalari ustida o‘ylaydi, natijada avtomatlashgan harakatlar tarkibida uzilishlar sodir bo‘ladi.
So‘zning emotsionallik xizmati o‘quv va tarbiyaviy vazi-falarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Emotsional jihatdan rango-ranglik so‘zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o‘qituvchining o‘z faniga, o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi, o‘quvchi qiziqishini oshiradi, o‘zining yutug‘iga ishontiradi qiyinchiliklarni engish uchun ishonch tug‘diradi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin