Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 8 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 59 August, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Brugsha
va
Ketle
indekslari yordamida o`rganilgan. Olingan natijalarga ko`ra, 11-14 yoshli
bolalarda ko`krak qafasi aylanasi bo`y uzunligiga nisbatan kattalashgan (Brugsha
indeksi), shuningdek, tana vazni bo`y o`sishidan ortda (Ketle indeksi) qolganligi
aniqlangan.
Mamlakatimiz va xorij olimlarining ilmiy-uslubiy adabiyotlarini oʼrganish
shundan dalolat beradiki, umumtaʼlim maktablarida va oliy ta‟lim muassasalarida
jismoniy tarbiyaning olib borilishi boʼyicha qator ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Jumladan, T.S.Usmanxodjaev, V.K.Balsevich, V.А.Bogdanova va boshqalarning
ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Sogʼlomlashtirishga yoʼnaltirilgan
jismoniy tarbiya darslarini tashkillashtirish muammolari esa D.Аntonyus va
boshqalarning tadqiqotlarida oʼrganilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Adabiyotlarda
keltirilishicha,
dunyoning
ko`plab
mamalakatlarida
semirib ketgan bolalar va o`smirlar sonining barqaror o`sishi qayd etilmoqda.
Talabalik davrida yuzaga keladigan ko`plab kasalliklar arterial gipertenziya,
yurakning ishemik kasalligi, yurak va qon tomir tizimining boshqa kasalliklari,
bronxial astma, endokrin va ruhiy kasalliklarni semirib ketish bilan bog`liqligi
aniqlandi.
Adabiyotlarda keltirilishicha, so`nggi yillarda talabalarda ovqat hazm
qilish tizimi bilan bog`liq kasalliklar sonining ortib borishida bir qator omillarning
ta‟siri aniqlangan:
Stress omillarining kompleks ta‟siri – o`quv yuklamalarining oshirilishi,
oilada e‟tiborning kamayishi. Bunday o`zgarishlar vegetativ nerv tizimida
buzilishlarga, stress gormonlarning ko`p ajralishining ko`payishiga sabab bo`ladi;
Dori-darmonlar, ko`p qabul qilish natijasida oshqozon-ichaklarda
so`rilish jarayonlarining me‟yorda bormasligi. Shuningdek, alkogolizm va
narkomaniya oqibatlari;
Oziq-ovqat sifati va tarkibining yetarli emasligi. (ovqatni tartibsiz qabul
qilish, ovqatlanishlar orasidagi vaqtning uzayishi, rafinatsiyalangan mahsulotlarni
ko`p iste‟mol qilish);
Hayot tarzining o`zgarishi (kamharakatlilik).
Ma‟lumki, talabalar salomatligini himoya qilish, ularning jismonan sog‟lom
bo‟lishi har qanday davlat uchun ustuvor vazifa, chunki aynan bu
yosh avlod mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy, reproduktiv
salomatligi va harbiy salohiyatini belgilab beradi. Talabalarning