Jizzax davlat pedagogika instituti


Vintli va shurpli brikmalar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə10/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

Vintli va shurpli brikmalar
Vintli birikmalar. Mashina va mexanizmlardagi yirik bo‘lmagan detallarni
vint yordamida biriktirishga amaliyotda ko‘p duch kelamiz. Vintli birikmada
biriktiriluvchi detallardan biriga silindrik ochiq teshik, ikkinchisiga rezba ochiladi.
Yarim yumaloq, silindrik, yashirin va yarim yashirin kallakli vintli birikmalarda
biriktiriluvchi detalga vint erkin kirishi uchun GOST 12876-96 ga muvofiq maxsus
o‘yiq va uning davomida 1,1×d o‘lchamda silindrik teshik ochiladi. Biriktiriluvchi
detallarning ochilgan silndrik teshik va rezbalari mos ravishda o‘rnatiladi. So‘ngra
vint silindrik teshikdan o‘tkazilib, rezba ochilgan detalga burab kiritiladi va vint
kallagi rezbasiz detalni siqib vintli birikmani hosil bo‘ladi. Vintli birikmalarda
mustahkamlanadigan detallarda vintning kallagiga moslashtirilgan chuqurchalar
ishlanadi.
6.10-rasmda vintli birikmaning yaqqol tasviri, 6.11-rasmda esa vintli birikmaning ko‘rinishlari ko‘rsatilgan. Vintli birikmalarni konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (6.11-rasm, a)soddalashtirilgan (6.11-rasm, b) va shartli (6.11-rasm, c) ko‘rinishlarda tasvirlash mumkin. Yig‘ish chizmalarida vintli birikmalar soddalashtirib, rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi. Vint burab kiradigan rezbali teshikning oxirida 120° li konus chuqurcha va vint bilan mustahkamlanadigan detal orasidagi tirqish (zazor)
ko‘rsatilmaydi. Sxematik chizmalarda birimaning shartli tasviri chiziladi. Soddalashtirilgan va shartli tasvirlarida vintni otvyortka bilan burash uchun
ochilgan ariqcha (shlitsa) toretsida yo‘g‘onlashtirilgan to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida,
shartli ravishda, 45° ga burib ko‘rsatiladi. Vint burab kiritiladigan detal teshigining
tubidan vintgacha olti rezba qadami (6P)ga teng masofa qolishi kerak. Suningdek,
vintlar biriktiriluvchi detaldagi uyasiga ikki-uch qadam (2-3P) qolguncha burab
kiritiladi, ya’ni shpilka kabi oxirigacha burab kiritilmaydi.

Vintli birikmalarni vint rezbasining d diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish mumkin. Vintning uzunligini L=l1+H1 orqali aniqlanadi. Bu yerda l1 - vint kiritiladigan rezbali chuqurcha, Hl - biriktiriladigan detal qalinligi. Vintlarning uzunligiga silindrik, yarim yumaloq kallagi hamda yarim yashirin kallakli vintning shar (sfera) qismi kirmaydi. Yashirin kallakli vintning kallagi hamda yarim yashirin kallakli vintning kallagi shar qismisiz vint uzunligiga kiradi. O‘rnatish vintlari mashina va asboblarning ma’lum bir detallarini birini ikkinchisiga moslash (o‘rnatish) va mustahkamlash uchun ishlatiladi. O‘rnatish vintlarining yig‘ish chizmalaridagi konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan tasviri 6.12- rasmda berilgan. O‘rnatish vintlarining kallagi va uchi turli shaklda qilib ishlanadi.


Xulosa
Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Joriy nazoratda fanning o‘qitiladigan har bir mavzusi yuzasidan talabaning kundalik o‘zlashtirish jarayoni tekshiriladi, nazorat qilinadi va tahlil olib boriladi. Buning asosida o‘qituvchi keyingi pedagogik faoliyatini rejalashtiradi. Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning mavzularini o‘rganayotgan kishiga ikki karra yuklama qo‘yishidir. Ya’ni o‘rganuvchidan mavzuni nazariy jihatdan o‘zlashtirish bilan birgalikda unda bayon etilgan grafik amallarni bajara olishni, detal yoki buyumlarning chizmalarini taxt qilishni, buyumning berilgan chizmalarini o‘qishni bilishi talab etiladi. Ajraluvchi birikmalar mashina detallarini bir-biri bilan biriktirishda keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda ajraluvchi birikmalarning chizmalarini taxt qilishga to‘g‘ri keladi. Chizmachilik fani ishchi o‘quv dasturining “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limida ajraluvchi birikmalar bo‘yicha talabalar bajarishi lozim bo‘lgan quyidagi grafik vazifalar belgilangan.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin