To‘g‘ri muftalar. Muftalar kalta (GOST 8954-75), uzun (GOST 8955-75) va
konpensatsiya qiluvchi (GOST 8956-75) muftalar ko‘rinishida ishlanadi (5.21-rasm).
Bu muftalar bir-biridan faqat uzunliklari bilan farq qiladi.
O‘tish muftalari(GOST 8957-75). Bunday muftalarning bir tomoni
ikkinchi tomoniga nisbatan katta yoki
tayyorlanadi (5.22-rasm).
kichik diametrlarni o‘tuvchi qilib
Tirsakli muftalar(GOST 8947-75). Bunday muftalar ikki xil ko‘rinishda
ishlanadi. 1- bajarilishida tirsakning ikkala uchiga truba burab kiritilsa (5.23-rasm, a),
2-bajarilishining bir tomoniga truba, ikkinchi uchiga fiting burab kiritiladi (5.23-rasm,
b). To‘g‘ri tirsaklardan tashqari o‘tkir hamda o‘tmas burchakli tirsaklar ishlab
chiqariladi
Troyniklar (5.24-rasm). Troyniklar to‘g‘ri (GOST 8948-75) va o‘tish troyniklari
(GOST 8950-75) ko‘rinishida tayyorlanadi. Bir xil diametrli 3ta trubani o‘zaro
69 biriktirishda to‘g‘ri troyniklardan, uchala rezbali teshiklarining o‘lchamlari har xil bo‘lsa o‘tish troyniklaridan foydalaniladi.
Krestlar (5.25-rasm). To‘g‘ri (GOST 8951-75), o‘tish (GOST 8952-75) krestlari ishlab chiqariladi. To‘g‘ri krestlarda to‘rttala rezbali teshik o‘lchamlari
bir xil bo‘lsa, o‘tish krestlarida har xil bo‘ladi.
Qopqoqlar (GOST 8962-75). Trubalarning uchlarini berkitish uchun qopqoqlar ishlanadi, ular ikki xil ko‘rinishda bajariladi. 1-bajarilishida yumaloq yopiq gayka (5.26-rasm, a), 2-bajarilishida olti qirrali yopiq gayka (5.26-rasm, b) kabi ishlab chiqariladi.