Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə2/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

Boltli birikma
“Bolt odatda biriktirilishi lozim bo‘lgan qismlarda ochilgan teshikdan
o‘tkazilib, ularni birga ushlab turish uchun oxiri gayka bilan maxkamlanadi. 17.18
shaklda ikki metal bo‘laklari olti qirra kallakli bolt, olti qirra gayka va
shayba bilan biriktirilgani ko‘rsatilgan. Agar birikuvchi qismlar yuzasi oldida
silliq bo‘lsa shayba shart emas.”3

Boltli birikmada biriktiriluchi (ikki va undan ortiq) detallar bolt, gayka va


shaybalar yordamida o‘zaro biriktiriladi (6.1-rasm). 6.1-rasm, a da boltli
birikmaning yaqqol tasviri, b da esa ortogonal proyeksiyasi ko‘rsatilgan. Boltli
birikmalar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadi.
Boltli birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (6.1-rasm, b),
soddalashtirilgan (6.2-rasm, a), shartli (6.2-rasm, b, c) ko‘rinishlarda chizilishi
mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik
chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq
ko‘rsatilgan turi chiziladi.

Boltli birikmaning tarkibidagi detallarning o‘lchamlarini shartli harfli


parametrlari 6.3-rasmda ko‘rsatilgan.


Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: qalinliklari H1=50 mm, H2=30 mm
bo‘lgan ikki detalni diametri d=24 mm li bo‘lgan bolt yordamida biriktirilsin va
uning ishchi chziasi bajarilsin(6.4-rasm).
Ushbu boltli birikmaning ish chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi.
1-bosqich. Dastlab boltning parametrlari formulalar yordamida aniqlanadi:
D=2d=2×24=48 mm; h=0,7d=0,7×24=16,8 mm; l=H1+H2+1,3d=50+30+1,3×24=
=50+30+31,2=111,2 mm; с=0,15d= =0,15×24=3,6 mm. Keyin gayka va
shaybaning o‘lchamlari aniqlanadi: D=2d=2×24=48 mm; h=0,8d=0,8×24=19,2
mm; Dsh=2,2d=2,2×24=52,8; s=0,15d=0,15×24=3,6 mm. So‘ngra biriktiriladigan
detalda bolt erkin kirishi uchun D1=1,1d=1,1×24=26,4 mm o‘lchamda silindrik
teshik ochiladi.
Biriktirish detallarining o‘lchamlari aniqlangandan keyin chizma qog‘ozida
hoshiya chizig‘i (ramkasi) va asosiy yozuv o‘rni chiziladi hamda biriktiriladigan
detallarning simmetriya o‘qlari va ko‘rinishlari bajariladi (6.3-rasm, a).
2-bosqich. Endi silindrik ochiq teshikka bolt o‘rnatiladi va shayba hamda
gaykalar yordamida birikma hosil qilinadi. Bunda bolt va silindrik teshik konturlari
orasida tirqish (zazor) qoladi. Shuningdek, bolt va gaykalarni soddalashtirilmagan
holatda chizishni tavsiya qilamiz. Birikmaning frontal va profil proyeksiyalarida
zarur qirqimlar bajariladi. Bunda bolt, shayba va gayka qirqib ko‘rsatilmaydi (6.3-
rasm, b).
3-bosqich. So‘nggi bosqichda boltli birikmaning zarur o‘lchamlari qo‘yiladi.
Bu yerda jami beshta o‘lcham bo‘ladi, ya’ni, biriktiriluvchi detallarning qalinligi
(balandligi) va eni (zarur bo‘lsa uzunligi ham ko‘rsatiladi), bolt diametri va bolt
kallagidagi kalit (klyuch) o‘lchamlari qo‘yiladi. Chiziq turlariga rioya qilingan
holda chizma taxt qilinadi (6.3-rasm, c).
6.1-jadvalda boltli birikmaga oid variantlar berilgan. Talaba undan o‘z
variantini olib, yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar asosida mustaqil ravishda
boltli birikma ish chizmasini bajaradi.



Briktiruvchi elementlarning turlari.
Shayba asosan gayka, vint yoki bolt kallagi ostiga qo‘yiladi
va ularning teshigida rezbasi bo‘lmaydi (5.18-rasm). Ular biriktiruvchi va
biriktiriluvchi detallarning yuzalarini buzilishdan saqlaydi hamda ularga ta’sir
qiladigan zo‘riqishni bir me’yorda uzatish va tarqatish uchun xizmat qiladi.
Shaybalar xomaki va toza turlarga bo‘linadi.
ularning o‘rtasi va tashqi sirtida faskalari
bo‘ladi.Toza va xomaki shaybalardan tashqari, yana zarb, tebranish yoki
silkinishlar ta’sirida gaykalar o‘z-o‘zidan buralib ketishidan saqlash uchun
prujina (GOST 6402-70) shaybalar ishlatiladi (5.19-rasm, b).
Shaybalarning olchamlari standartlashtirilgan. Lekin ularni bolt yoki
shpilkaning rezbasi nominal d diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish
mumkin.
Teshikning diametri d0=l,l×d, tashqi diametri d2=2,2×d, qalinligi
s=0,15×d va faskasi c=0,25×d ga teng qilib olinadi.
1-bajarilishdagi teshik diametri d=14 mm, 0,1-gruppacha materiali (0,8 kp
markali po‘lat)dan tayyorlangan qoplamasi qalinligi 6 mkm bo‘lgan shaybaning
shartli belgilanishiga misol


1-bajarilishdagi

teshik

diametri

10

mm,

65G

markali

po‘latdan

tayyorlangan, 02 qoplama qalinligi 6

mkm, prujina

shaybaning

shartli













belgilanishiga misol: Shayba 10.65G.025 GOST 6402-70.






















10%

va

12%

qiyalikdagi

balka

(shveller

va

qo‘shtavr)larning

qiyaliklarini to‘g‘rilash uchun gaykalar yoki bolt kallaklari ostiga qo‘yish uchun bir
tomoni qiyshiq yuzali (GOST 10906-78) shaybalar ishlatiladi (5.19-rasm, c). Teshik diametri 20 mm, St po‘latdan tayyorlangan, qoplama qalinligi 9 mkm bo‘lgan qiyshiq shaybaning shartli belgilanishiga misol: Shayba 20.02. St 3.019 GOST 10906-78.
Sharnirli birikmalarning barmoqlari uchun tez sug‘urib olinadigan tirak shaybalar (GOST 11648-75) ishlatiladi (5.19-rasm, d). Bunda shaybalar diametri 2 mm dan 20 mm gacha 65G markadagi sifatli konstruksion po‘latdan yoki Br KMts 3-1 qalaysiz bronzadan qoplamali va qoplamasiz qilib tayyorlanadi. Ichki diametri d=9 mm, Br KMts 3-1 markali bronzadan tayyorlangan 07 qoplama qalinligi 6 mkm bo‘lgan tirakli shaybaning shartli belgilanishiga misol: Shayba 9 Br KMts 3-1.076 GOST 11648-75.
Olti qirrali gayka va boltlarni stoporlash uchun panjali stoporlash shaybalari ishlatiladi (5.19-rasm, f va h). Bunday shaybalar A sinf aniqlikdagi, diametrlari 3 mm dan 48 mm gacha bo‘lgan biriktirish detallari uchun ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari to‘xtatuvchi kurakchali shaybalar (GOST 13463—77*) ham mavjud (5.20-rasm, a) bo‘lib, undan ham ajraluvchi birikmalarni hosil qilishda foydalaniladi (5.20-rasm, b).



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin