Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

4. Vint chizmasini bajarish (5.32-rasm). Vintning o‘lchamlari standartga muvofiq tanlanadi. Vint sterjeni uchidagi faskasi o‘lchami GOST 10549-63 yoki ST SEV 215-75 bo‘yicha aniqlanadi. O‘lchamlar va sirtning tozalik belgilari qoyiladi. Asosiy yozuvda vintning shartli belgilanishi ko‘rsatiladi.






Shpilka va shpilka uyasining chizmasini bajarish (5.33-rasm). 5.2- jadvaldan shpilkaga oid kerakli ma’lumotlar olinadi. Bunda shpilkaning detalga burab o‘rnatiladigan rezbali uchining uzunligi (l1) o‘lchami turlicha bo‘lishini unutmaslik kerak. Demak, shpilka burab kiritiladigan detal materiali turiga qarab d rezba diametri va l1 uzunligi o‘rtasidagi mutanosiblik quyidagicha bo‘ladi: GOST 22032-76 dagi shpilkada l1=d, GOST 22034-76 dagi shpilkada l1=1,25×d, GOST 22032-76 dagi shpilkada l1=1,6×d, GOST 22038-76 dagi shpilkada l1=2×d va GOST 22040-76 dagi shpilkada l1=2,5×d. Shpilkaning qolgan o‘lchamlari standartdagi jadvallardan olinadi.
Faskalarining o‘lchamlari GOST 10549-63 yoki ST SEV 215-75 ga, rezbaning ichki diametri esa GOST 9159-59 ga muvofiq aniqlanadi. Shpilka uyasini ochadigan parma diametri GOST 885-60 ga muvofiq rezba diametri va qamiga asosan aniqlanadi. Parmalash chuqurligi l1+6×P ga teng qilib olinadi. Bu еrda l1 –shpilkaning o‘rnatiladigan uchi uzunligi, P – rezba qadami. Uyaning rezba ochilmagan qismi o‘lchami 2,5×P qilib olinadi.




Fitinglar chizmasini bajarish. Fitinlarning ko‘rinishlarini chizishda oldin fitinglardan biri, masalan, o‘tish muftasining rezbali diametrlari d, d1 va uzunligi L hamda qovurg‘alar soni, elementlarining o‘lchamlari chizmachilik ma’lumotnomasidagi jadvallardan foydalanib chiziladi. 5.34-rasmda biriktiruvchi
to‘g‘ri muftaning chizmasi berilgan bo‘lib, uning qismi, shakli va konstruktiv o‘lchamlarini 5.3-jadvaldan olinadi.

Biriktiruvchi fitinglarning yaqqol tasvirlari va ortogonal proyeksiyalari 5.35-rasmda berilgan. Uning o‘lchamlari ham 5.3-jadvaldan olinadi


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin