Jizzax davlat pedagogika instituti


Eskiz bajarish bosqichlari va chizmani taxt qilish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə7/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

Eskiz bajarish bosqichlari va chizmani taxt qilish. Eskizlarni GOST da
tasdiqlangan formatlarda chizish tavsiya etiladi. Eskiz chizish ikki qismdan iborat:
1.Eskiz chizishga tayyorgarlik. 2.Eskizni chizish.
1. Eskiz chizishga tayyorgarlik. Detalning o‘ziga qarab eskiz chizishdan avval uni diqqat bilan har tomonlama ko‘rib chiqish lozim, buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
a) detalning nomi, mehanizmdagi ish vaziyati aniqlanadi (5.36-rasmdagi detalning nomi “Tayanch” deb ataladi va uning tuzilishi a va b larda ko‘rsatilgan);
b) detal qanday sirtlardan tashkil topganligi fikran ajratilib tahlil qilinadi (5.36-rasm, v);
d) detalning bosh ko‘rinishi (frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasviri)
tanlanadi;
e) zarur bo‘lgan tasvirlar (ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlar) soni aniqlanadi;
f) detalning qanday materialdan tayyorganligi aniqlanadi;
g) yuzalarning g‘adir-budurligi darajasi va tozalik klasslari aniqlanadi;
h) qog‘ozning formati va boshqalar belgilanadi

2. Eskizni chizish. Avval eskiz formatining ramka chizig‘i chiziladi va uning
pastki o‘ng burchagida asosiy yozuv (burchak shtamp) hamda texnikaviy talab
yozuvlari uchun joy qoldiriladi. Eskizlarni chizish quyidagi bosqichlardan iborat.
Birinchi bosqich. Eskiz chizish burchak shtapm uchun joy qoldirib
qog‘ozning ramka chiziqlarini chizishdan boshlanadi. Har bir ko‘rinishning
simmetriya o‘qlari o‘tkaziladi. Detalning tashqi ko‘rinishi ingichka chiziq bilan
chiziladi. Detall elementlarining o‘q va markaz chiziqlari chiziladi (5.37-rasm, a).
Ikkinchi bosqich. Detalning tashqi ko‘rinadigan kontur chiziqlari chiziladi
(5.37-rasm, b).
Uchinchi bosqich. Detalning icki ko‘rinmaydigan kontur chiziqlari shtrix
chiziq bilan chiziladi. Zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Ortiqcha
chiziqlar o‘chiriladi va kesim yuzalarining shtrihlash chiziqlari o‘tkaziladi. Eskiz
sinchiklab tekshirilgandan so‘ng ingichka kontur chiziqlar ustidan qalam yurgizilib
chiqiladi (5.37-rasm, v). Chiqarish va o‘lcham chiziqlari o‘tkaziladi. Strelkalar,
shartli belgilar (aylana, kvadrat, radius va boshqalar), sirtlarning g‘adir-budurlik
belgilari qo‘yiladi.
To‘rtinchi bosqich. O‘lchash asboblari bilan detaldan zarur bo‘lgan
o‘lchamlar olinadi va eskizga qo‘yiladi. Detalni o‘tkazishga oid bo‘lgan shartli
belgilar qo‘yiladi, burchak shtampi yozuvlari yoziladi (5.37-rasm, g). Eskizning
asosiy yozuv o‘rni chiziladi. Zarur bo‘lganda chizma maydonining bo‘sh joyiga
izoh yozuvlari yoziladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin