Jizzax davlat pedagogika instituti


-Bob Shipilkali brikmalar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə8/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

3-Bob
Shipilkali brikmalar
Shpilkali birikmada biriktiriluchi (ikki va undan ortiq) detallar qalinligi boltli
birikmadagi detallarga nisbatan ancha katta bo‘ladi, ya’ni bolt o‘rnatishning iloji
bo‘lmaydi. Shuningdek, bolt kallagi halaqit beradigan joylarda ham shpilkali
birikmadan foydalaniladi. Shpilkali birikma biriktirish detallari shpilka, gayka va
shaybalarning o‘zaro birikuvidan hosil qilinadi

6.5-rasm, a da shpilkali birikmaning yaqqol tasviri, b da esa orthogonal proyeksiyasi ko‘rsatilgan. Shpilka ikki uchiga rezba ochilgan silindrik sterjen bo‘lib, uning bir uchin biriktiriluvchi detal (shpilka uyasi)ga burab kirgaziladi. Ikkinchi uchiga keying biriktiriluvchi detal kiygizilib, shayba va gayka bilan mos kalit (klyuch) orqali mahkamlanadi. Shpilka uyasi deb birikuvchi detallardan biriga ochilgan uchi berk rezbali teshikka aytiladi. Uya avval parma bilan rezba diametrining ichki diametriga, ya’ni d=0,85d ga teng qilib o‘yiladi (6.6-rasm, a). Uyaning tubidagi konus parma uchidagi konus izi bo‘lib, u 120° ga teng. Keyin bu uyaga metchik yordamida rezba o‘yiladi (6.6-rasm, b). So‘ngra shpilkani burab kirgazish qulay bo‘lishi uchun uya og‘ziga faska ochiladi (6.6-rasm, c).
Shpilka uyasining chuqurligi birikuvchi detallarning qanday materialdan
tayyorlanganligiga bog‘liq. Agar detal po‘lat, bronza qattiq qotishmalardan
tayyorlangan bo‘lsa uyaning chuqurligi l,5d.... l,75d, cho‘yandan va boshqa
yumshoq qotishmalardan ishlangan bo‘lsa uyaning chuqurligi l,75d... 3d qilib
o‘yiladi.
Shpilkali birikmalarda shpilkaning uzunligi l birikuvchi H2 detalning qalinligiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: l=H2+1,3d. Bu yerda 1,3d ga shaybaning qalinligi s, gaykaning balandligi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi (6.5-rasm, b). Shpilkali birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (6.5-rasm, b), soddalashtirilgan (6.7-rasm, a), shartli (6.7-rasm, b, c) ko‘rinishlarda chizilishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan turi chiziladi. 6.7-rasm Shuningdek, soddalashtirilgan birikmada shpilkali rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi, faskalar umuman tasvirlanmaydi, shpilka va birikuvchi detal orasidagi tirqish (zazor) ko‘rsatilmaydi (6.7-rasm, a).
Shpilkali birikmaning tarkibidagi detallarning o‘lchamlarini shartli harfli parametrlari 6.8-rasmda ko‘rsatilgan.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin