O`quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni. Fanning mazmuni.
Fanni o’qitishdan maqsad- Talabalarni maktabgacha ta`limda “maktabgacha ta`limda innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish” fanini o’qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalarini amalga oshirishning kasbiy metodik ko’nikmalari va malakalari bilan qurollantirish. Talabalarga maktabgacha ta`limda innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanlarini o’qitishga zamonaviy yondashuvlarni o’rgatish, ayni kunda amaldagi davlat ta’lim standartlari, maktabgacha ta`limning tizimlari haqidagi bilim, ko’nikma va kompetensiyalarini shakllantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ta'lim muassasalari o'quv muassasalarining o'quv amaliyotiga innovatsion faoliyatni tashkil etish va joriy etish, shuningdek, pedagog kadrlar bilan innovatsion metodik ishlarni tashkil etish ta'lim sifatini oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Fanning vazifasi –Talabalarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalari mustaqil va ongli hal etishga tayorlash, shunigdek, ta’lim nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom etirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish