Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha


Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə21/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni


Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta'lim - tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bolajon» tayanch dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o‘simliklar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o‘rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.

BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI FANINING METODLARI




Reja:


  1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha

  2. Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali metodi

  3. Amaliy metod va uning turlari

  4. Tabiatda bolalar mehnati

  5. Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki metodi. Suhbat

Mashg‘ulotning maqsadi:


Talabalarga tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish va ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish.


  1. Yüklə 1,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin