Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha


Maktabgacha tayyorlov guruhi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə27/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga ko‘prod mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdari iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba'zi - ba'zida eslatib turadi. Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shu kabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba'zi bir murakkabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi.
Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba'zan esa asboblar — termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin.
  1. Amaliy metod va uning turlari (3.1 –shakl)


O‘yin. Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlaridan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stolbosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin