Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə36/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

2.3.4.Tabiat bilan tanishtirish ishiga rahbarlikning asosiy yo`nalishlari.
Uslubiy xonalarda tabiat bilan tanishtirish uchun zarur bo`lgan adabiyotlar, ko‘rgazma qurollar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan bo`lishi darkor.
Direktor bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun barcha shart-sharoitlarini yaratmogi zarur. Direktorrning ishi ijodiy hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim tashkiloti murakkab mudiraning ishi esa ko`p qirralidir. Direktor - davlat tashkilotining raxbari, shuning uchun u doimo o‘z ustidan ijodiy izlanishi, tabiat xaqidagi qonun va qarorlarni bilib, o`rganib borishi davlatimizning xozirgi bosqichida ichki va tashqi siyosatini bilishi hamda amaliy faoliyatda unga amal qilishi kerak. Direktor keng va chuqur ma’lumotli yuqori saviyali mutaxassis bo‘lishi, tarbiya jarayonini yaxshi anglab yetgan bo‘lishi zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalash mudira va metodistning o‘zaro hamkorligidagi uslubiy raxbarligi qanchalik uyushqoqlik reja asosida samarali amalga oshirilayot tanligiga bog‘liq bo`ladi. Uslubiy ishda uyushqoqlik, reja asosida, qo`yilgan vazifalarning imkoni boricha qiska muddatlarda hal etilishini ta’minlay bilishi, istiqbolini ko`ra olish va unga jamoani qiziqtira bilish muximdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti direktorlari o‘z qo‘l ostida ishlaydigan tarbiyachilarni umumiy bilimlarini xususan tabiat sohasiga oid bilimlarini tinmay oshirib borishi tabiat burchagini tashkil etish va uni yangi qo`shimcha materiallar bilan jixozlashda maslaxatlar berish, yo‘l–yo‘riqlar ko‘rsatishi, tarbiyachi bilan birga tabiatga ekskursiyalar uyushtirish tabiatga doir adabiyotlarni aniqlash va ularni to`plash ishiga aktiv yordam ko`rsatish lozim. Bundan tashqari ota - onalarni maktabgacha ta`lim tashkiloti maydonchasida tabiatshunoslikka oid ishlarda faol ishtirok etishga jalb etadi, bolalarni tabiatni sevish, uni asrab-avaylab o‘stiradigan kishilar bo‘lib yetishish ruhida tarbiyalanishiga bevosita rahbarlik qiladi. Direktor umumiy ota - ona yig‘ilishini o‘tkazadi, unda maktabgacha ta‘lim tashkiloti maydonchasida qilinadigan ishlarni ota - onalar bilan hamkorlikda bajarish rejasini tuzadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotida bunday uslubiy raxbarlik turli shakllarda olib boriladi: pedagogik kengash, mashg‘ulot, sayr, ekskursiya, o‘yin, tabiatni kuzatish, pedagogik xonani ishini tashkil etish yer maydonchasida qilinadigan ishlarni maslaxatlashib olish guruhlaridagi tabiat burchagini axvolini tahlil qilish. Bundan tashqari bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida doimo olib boriladigan ilmiy -tekshirish ishlari va ularning natijalarini xayotga keng joriy etmog`i zarur. Ma’lumki, maktabgacha ta`lim tashkiloti tabiat bilan tanishtirishning yangi - yangi uslul va shakllarni kuzatish, amaliy mashg‘ulot va siz vositasidagi ilmiy izlanishlar natijasidan xam keng foydalanishimiz kerak. Biz bu ishlarga yosh kadrlarni, talabalarni keng jalb etmog`imiz darkor. maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarning aqliy — nazorat saviyasi, pedagogik maxorati va tabiat qonunlarini ilmiy asosda tushinib olishlari bevosita mudira raxbarligida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin