Pedagogik vazifalar: Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish va uning asosiy yo`nalishlari, uslubiyot xonalarining, ish mazmuni va uni tashkil etish, mudira va tarbiyachilarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish to‘g‘risida ma’lumot beradi va yo‘l yo‘riq ko‘rsatadi.
Talabalarga tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari tog‘risida ma’lumot berish.
Amaliymashg‘ulotlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Mashg‘ulotlarning bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadan o‘tkaziladi. Ekskursiyalar o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha
guruhlarda qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.