Istiqbol rejalari bir guruh uchun tuziladi. Uni yil fasllari buyicha tuzish maqsadga muvofiq. Chunki bu tabiatning rang — barang xususiyatlarini hisobga olish va tabiat xodisalari bilan bolalarni tanishtirishga imkon yaratadi. Istiqbolli reja tarbiyachiga dastur materiallarini taqsimlashga yordam beradi. U bolalar bilimini, malaka va kunikmalarini ma’lum tizim asosida izchillik bilan borishini ta’minlaydi. Rejada jonsiz tabiat xakidagi bilim, usimliklar xakidagi bilim, xayvonlar xakidagi, tabiatda kattalar mexnati xakidagi ma’lumotlar kiritiladi. Rejada tabiat burchagiga qo`yilgan vaqtincha va doimiy yangi ob’yektlar xam kiritilishi kerak. Bularni avvaldan aniqlashtirishdan maqsad, o`simlik va xayvonlar uchun ozuqa, sharoit tayyorlab qo`yishdir.
Rejada ta’limiy o‘yinlar, kinofilm va diafilmlar, tabiatga doir adabiyotlar, tarbiyachilar uchun tabiatta oid lugat adabiyotlari kiritiladi. Istikbolli rejada bolalarning yer maydonchasi va tabiat burchagida bajaradigan mexnatlari uz ifodasini topadi. Bu ishlarni oldindan rejalashtirishdan maqsad zarur mexnat asboblari sharoitini oldindan tayyorlab qo`yishdir. Asosiy kuzatish jonli va jonsiz, tabiatda kishilar mexnatini fasllar bo`yicha o`zgarishini aniqlashdan iborat.
Tabiat bilan tanishtirish ishini rejalashtirishning asosiy shakli — kundalik ish rejasini tuzishdir. Bu reja yilning har xil faslini o`z ichiga oladi. Yosh tarbiyachilar bajaradigan ishlarini 2 xaftaga tuzib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Kundalik rejani tuzishda mashg‘ulot o`tishning rejalashtirishdan boshlash lozim. Mashg‘ulot — dastur mazmuni bo`lgan tabiat bilan tanishtirish ishini kunlik hayotda amalga oshirish va tabiatshunoslik ishining asosiy shaklidir. Kundalik rejada tabiat burchagidagi; kuzatish va mehnatning asosiy mazmuni o`z . aksini topishi kerak. Rejada kuzatishning maqsadi va kuzatish yullari va kuzatilgan ob’yektning natijalarini taxlil qilish xam kundalik rejada tabiat materiallari asosida harakatli o‘yinlarni bajarish xam kayd etiladi. Bajarish uchun kanday jixozlar zarurligi aniqlanadi. Tabiatshunoslikka doir ta’limiy o‘yinlardan foydalanishda ularning shakli, mazmuniga karab ishlatish rejalashtiriladi. Tabiatshunoslikka oid ishlarni rejalashtirganda har bir yosh guruxning xususiyati xisobga olinib, ularning asosiy shakllaridan foydalanilib tabiat bilan tanishtirish uslublari asosida tuziladi. Tarbiyachi bajarilgan ishni kundalik ish rejasida hisobga olib boradi.