shahar yo‘lovchilar transporti deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi. Demak, bundan yo‘lovchi transporti deganda yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi deya xulosaga kelish mumkin.
Jamoat transporti– oldindan belgilangan yoʼnalish boʼylab yoʼlovchi tashish va u bilan bogʼliq yoʼldosh xizmatlarni koʼrsatuvchi yoʼlovchi transporti boʼlib, unda tashuvchi tomonidan tashish usullari (transport vositasi), toʼlov miqdori va shakllari to‘g‘risida maʼlumotlar keng ommaga yetkazilib, qatnov muntazamligini (har qatnov tugagandan so‘ng keyingi tashish siklining takrorlanishi) taʼminlash va yo‘lovchilarning talablariga binoan tashish yo‘nalishini o‘zgartirmaslik kafolatlanadi
JAMOAT TRANSPORTIGA DOIR ASOSIY TUSHUNCHALAR
Jamoat transportining transportning boshqa turlaridan va yo'lovchilarni tashish usullaridan farqlari:
• aholining eng keng qatlamlariga hech qanday tabaqaviy, kasbiy, ijtimoiy va boshqa turdagi cheklovlarsiz, tashuvchining yagona talabi asosida, bir xil shart asosida, o‘rindiqlar mavjud bo‘lganda, o‘rnatilgan tarif bo'yicha xizmatga haq to‘lab tashish xizmatidan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
• harakatning qaytariladigan xususiyati, uning tegishli yo‘nalish bo‘yicha ko‘pchilik yo‘lovchilar uchun uzoq vaqt davomida muntazam va jadal takrorlanishi;
• transport xizmatlarini sotib olishda institutsional vositachilarning mavjud emasligi (yo‘lkira xujjatlarini sotib olish dalolatnomasining individual va bevosita xarakterliligi);
• ushbu sohani tartibga solish, transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki;
• bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq turli yo'lovchilar tomonidan birgalikda foydalanishga imkon beruvchi (xizmatning ommaviyligi), yetarli sig'imga ega transport vositasi (bu mezon taksilar, rikshalar kabi transport turlaridagi qatnovni istisno qiladi).