Ma’lumki, ko‘p hollarda suv transportining tashish tannarxi boshqa transport turlariga qaraganda arzonga aylanadi. Lixtenshteyn va O‘zbekiston dunyodagi yagona dengiz transportiga chiqish uchun kamida ikki davlat chegarasini kesib o‘tishga majbur bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Bu esa, mamlakat uchun tashish xarajatlarini oshishiga olib keladi. Biroq bosqa tomondan mamlakatimiz O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari (shimol va shimoli-g’arbdan Qozog’iston, janubi-g’arbdan Turkmaniston, janubdan Afg’oniston, janubi-sharqdan Tojikiston va sharqdan Qirg’iziston) bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi. Biz bilan qo‘shni (uzoq qo‘shni) hisoblanuvchi davlatlar o‘zaro aloqalarini rivojlantirishda transport harakatini bizning chegaralarimiz orqali o‘tkazmasligi iqtisodiy sarf-xarajatlarni oshirib yuboradi. Bundan unumli foydalanish, ya’ni, barcha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash hisobiga eksport, import va tranzit salohiyatlarni oshirishga erishish mumkin.
AVTOMOBIL TRANSPORTIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YO‘L TARMOQLARINING ZIChLIGI
AVTOMOBIL TRANSPORTIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR
Тoshkent shahrida yo‘l tarmoqlari zichligi 1 km.kv.ga 7.24 km. to‘g’ri keladi, umumqabul qilingan xalqaro me’yorga muvofiq 10 km. bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda transport yalpi ichki mahsulotning 6,4 %ni (rivojlangan mamlakatlarda 8-12%), jami investitsiyalarning 7,4 %ni, xizmatlar bozori umumiy hajmining 29,5 %ni tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari xarajatlarining o‘rtacha 10% transportga to‘g’ri keladi, shu bilan iqtisodiy tarmoqlarning oraliq iste’molining taxminan 10,3% va jami qo‘shilgan qiymatning 9,3% ni tashkil etadi.
2008-2018 yillar uchun sohaning qo‘shilgan qiymati ko‘rinishidagi maqsadli ko‘rsatkichi 4 022,9 dan 23 135,4 milliard so‘mgacha yoki 5,8 baravarga o‘sdi. Shu bilan birga, transportning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yilda 2008 yilga nisbatan 11,5 dan 6,4 %gacha, transport sektorining asosiy kapitaliga investitsiyalar ulushi 26,4 dan 6,4 %gacha kamaydi. Yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlarining nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramay, transportning (yalpi ichki mahsulotdagi) ulushi va transportga investitsiyalarning pasayish tendensiyasi davom etmoqda.