Йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлашда Давлат башқаруви


JAMOAT TRANSPORTI TURLARI



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə4/11
tarix05.09.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#141632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Yolovchilarni tashish jamoat transporti

JAMOAT TRANSPORTI TURLARI
  • Avtobus lotincha "omnibus” so‘zidan olingan bo‘lib “hammaga”, “hamma uchun” ma‘nosini anglatadi. 1662-yil 18-martda Parijda omnibus deb ataladigan birinchi jamoat yoʻlovchi transporti yoʻnalishi Blez Paskal tashabbusi bilan paydo boʻlgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda turli dizayndagi ko’p o’rindiqli yo‘lovchi ot aravalari qo‘llanila boshlandi.
  • Birinchi avtobus 1801 yilda qurilgan. Bug'da ishlaydigan mashina Angliyaning Kemborn shahri ko'chalari bo'ylab harakatlandi. Uning ixtirochisi Britaniyalik Richard Trevitik birinchi ingliz parovozini ham loyihalashtirgan. Avtomobil 8 tagacha yo'lovchini sig'dira olgan.
  • 28 yil o'tgach, 1829 yilda 28 yo'lovchi sig‘dira oladigan, yuqori tezlikka ega avtobusning takomillashtirilgan modeli ishlab chiqildi. 19-asrning oxirida elektr energiyasining portlovchi tarqalishi avtobuslarga ham ta'sir ko'rsatdi. 1886 yilda London ko'chalariga birinchi elektr avtobusi chiqdi.
  • Dunyodagi birinchi omnibus 1826 yilda Fransiyaning Nant shahrida ishlay boshlagan degan tarixiy noto‘g’ri tushuncha mavjud. Biroq, 1826 yilda Nantda “hamma uchun” degan ma'noni anglatuvchi “omnibus” so'zi birinchi marta qo'llanilgan desak to'g'riroq bo'ladi (1.1.1-rasm).
  • JAMOAT TRANSPORTI TARIXI
  • 1886 yil London ko‘chalarida birinchi elektr dvigatelli avtobus harakatlandi (1.1.2-rasm), 1903 yil 12 aprelda esa, mazkur shaharda jamoat transporti sifatida birinchi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
  • Nemislar inglizlarning g'oyalarini rivojlantirdi. 1895 yilda Germaniyaning "Benz" zavodi dunyoga birinchi ichki yonuv dvigatelli avtobusni taqdim etdi (1.1.3-rasm). Ichki yonuv dvigatelli avtobus tashqi tomondan katta aravaga o'xshardi, uning sig‘imi 8 yo'lovchini tashkil etib, 13 km/soat tezlikka erishgan. Mazkur transport vositalari Germaniyaning Doyts, Zigen va Netfen shaharlarini bog‘lovchi yo‘nalishlarda ishlatilgan.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin