bo‘lib, sarson-sargardon kishilar ko‘payib borayotgan bir sharoitda
0 ‘zbekistonda inson uchun eng oliy ne’mat - yashash va osoyishta
hayot kechirish huquqi to ia ta’min etildi. Bir so‘z bilan aytganda
xuddi ana shu murakkab yillarda 0 ‘zbekistonda umuminsoniy qad-
riyatlaming ustuvorligi yanada mustahkamlanib,
yangi demokratik
jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o'tkazilib, hayotga tobora
chuqurroq kirib bora boshladi.
0 ‘zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga
mos keladigan, eng ilg‘or tajribalar asosida vujudga kelgan zamo-
naviy usüllar joriy qilina boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklari
ustuvorligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishil-
di. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat
ko‘rsatadigan yangidan-yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.
1991-2007-yillarda fuqarolaming huquqlarini aks ettiruvchi, hi-
moya qiluvchi, ulaming turli sohalardagi
faoliyatini tartibga soluv-
chi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga tenglashtirilgan
1000 ga yaqin qarorlari tizimi vujudga keldi. Ikki mingdan ortiq
Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan-
ligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar
ko‘lamini ko‘rsatadi. Ulaming aksariyati fuqarolar haq-huquqini mu-
hofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to‘la qaror
toptirish asosida fuqarolaming ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy
himoyalashni ta’minlashga qaratilgandir. Endi hamma gap ana shu
qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlaming hayotga to‘la tatbiq
etilishiga, ulami og‘ishmay amalga oshirishda qolgan.
Bu fuqarolar
turli tabaqasi ma’naviy-axloqiy yetuklik darajasidan tortib, ulaming
tub islohotlar mohiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat
tamoyillarini o ‘zlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga
bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli jarayondir.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng inson huquqlari
bo‘yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo'llayotgan tamoyil
larga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.
Respublikada mustaqillik yillarida inson huquqi va erkinlik-
lariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq ora-
sida targ‘ib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Dek-
laratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida
Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida
Xalqaro
Pakt va fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi
zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jara-
yonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi bo‘lib xizmat
qilmoqda.
2 3 0
Ayni chog‘da 0 ‘zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq
asosiy Pakt va Konvensiyaga qo‘shilgan. Bu borada shuni aytish
kerakki, 0 ‘zbekiston 1996-yilning aprel oyida BMT komissiyasiga
siyosiy va inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro Pakt normalarini baja-
rish borasida milliy ma’ruza matnini taqdim etdi.
0 ‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda bevosita yoki o ‘z vakillarini saylash, o‘zini
o‘zi
boshqarish asosida, referendumlar o‘tkazish kabi demokratik
huquqiy institutlar orqali qatnashadi. U o ‘z siyosiy huquqlarini kasa-
ba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy
tashkilotlarda real ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin.
Shuning uchun ham «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»
va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy-me’yoriy
hujjatlardan kelib chiqib, Oliy Kengash 1991-yil IV sessiyasida
« 0 ‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to ‘g‘risidagi»,
«Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi» (1996-y.) Qonunlar qabul qilindi.
Jamoat tashkilotlari rolini oshirish, ular faoliyati samaradorligini
ta’minlash asosida fuqarolami o ‘z-o‘zini boshqarishga tayyorlash,
mahalliy davlat organlari ishini asta-sekinlik bilan jamoat tashki
lotlari zimmasiga yuklashning o‘zi insonning yashash huquqini ka-
folatlash,
unga erkinlik berish, ozod tunnush tarzini yaratishning
debochasidir. 0 ‘zbekistonda mustaqillikning endigina bir yilligi
nishonlangan payidayoq jamoa birlashmalari faoliyatini qonun bilan
kafolatlash bu mamlakatimizda jahon andozalariga mos, ayni payt-
da kelajakka qat’iy ishonch bilan qarayotgan, o‘z istiqbolini aniq
ko‘rayotgan siyosat mavjudligini ko‘rsatadi.
Yuqorida zikr etilgan qonunlar fuqarolaming ajralmas huquqi
hisoblangan jamoat birlashmalari tuzish,
siyosiy partiyalarga birla-
shish huquqlarini belgilab berdi.
1995-yil 30-avgustida qabul qilingan «Fuqarolaming huquq
va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shi-
koyat qilish to‘g ‘risida»gi Qonun ham inson huquq va erkinliklari
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini mukammallashtirishda muhim aha-
miyatga egadir.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq davlat inson huquqlarini mu-
hofaza etishga alohida e’tibor berganligi bejiz emas. Binobarin, ush-
bu tushuncha rivojlangan demokratik davlatlarda oliy qadriyat sifati-
da e ’tirof qilib kelinmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisnind^l 996-
yil 28-avgustida bo‘lib o ‘tgan sessiyasida shu masalaga alohida
to‘xtalib,
Dostları ilə paylaş: